£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


XI BOB. SOVET HOKIMIYATINING O‘ZBEKISTONDA AMALGA



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

XI BOB. SOVET HOKIMIYATINING O‘ZBEKISTONDA AMALGA 

OSHIRGAN IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY TADBIRLARI VA ULARNING

 

MUSTAMLAKACHILIK MOHIYATI

 

Tayanch  so‘z  va  iboralar:  Shovinistik  milliy  siyosat.  Milliy  davlat 

chegaralanishi.  O’zbekiston  SSR.  Er-suv  islohoti.  Industrlashtirish.  Yoppasiga 

jamoalashtirish.  Xalq  xo’jaligini  qayta  tiklash.  Paxta  yakkahokimligi.  Orol 

fojiasi. Sanoat. Transport. Ijtimoiy hayot.

 

1. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi. 

O‘zbekiston SSRning tuzilishi

 

Milliy siyosat    Bolsheviklar partiyasi   bosh   bo’lgan sovet hokimiyati Turkiston

 

mustaqilligi  uchun  kurashgan  vatanparvar  kuchlar  harakatini  daf  etishga  muvaffaq 



bo’lgach, endilikda bu hududda uzoqqa mo’ljallangan o’z makkorona rejalarini amalga 

oshirishga  kirishdi.  Shu  maqsadni  ko’zlab  u  XX  asrning  20-yillari  boshlaridan  bu 

zaminda  mustamlakachilarga  xos  «orani  buz,  hokimlik  qil»  qabilidagi  o’z  milliy 

siyosatini  hayotga  izchil  tadbiq  etish  yo’lini  tutdi.  Aslida  sovetlarning  milliy  siyosati 

chorizmning  ko’p  zamonlar  bu  yurtda  yuritib  kelgan  shovinistik,  ulug’  davlatchilik 

siyosatidan mohiyat e’tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-shamoyili o’zgargan 

edi, xolos.

 

Gap  shundaki,  chorizm  hukmronligi  davrida  chekka  o’lkalar  xalqlari 



ochiq-oshkora tarzda kamsitilar, ularning insoniy qadr-qimmati, or-nomusi, asliy 

milliy  qadriyatlari  tahqirlanar  edi.  Sovet  mutasaddilari  esa  o’zlarining 

niqoblangan  soxta  ishlari,  yolg’on-yashiq  va’dalari  bilan  mazlum  millat 

kishilarini o’z hukmlariga bo’ysundirishga intildilar.

 

Turkiston xalqlari o’z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intildi. 1920 



yil  yanvarida  bo’lib  o’tgan  Turkiston  Kompartiyasining  V  o’lka  konferentsiyasida 

Turkiston ASSR MIQ raisi T. Risqulov so’zga chiqib «Yagona Turkiston g‘oyasi»ni 

ilgari  suradi,  asosan  turkiy  xalqlardan  iborat  Turkiston  ASSRni  Turk  Respublikasi

Turkiston  Kompartiyasini  Turk  kompartiyasi,  deb  o’zgartirishni  taklif  qiladi.  Bu 

takliflar  konferentsiyada,  shuningdek,  o’lka  ijtimoiy-siyosiy  hayotida,  RKP(b) 

Markazqo’mi, uning Siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab 

bo’ladi. T.Risqulov takliflari millatchilik, og’machilik ruhidagi qarashlar deb baholandi.

 

T.Risqulov,  N.Xo’jaev va boshqalar tarkibida tuzilgan delegatsiya  Moskvaga 



borib,  sovet  hukumati  oldiga  Turkkomissiyani  tugatish,  Turkistonga  o’z  qurolli 

kuchlariga  ega  bo’lish  huquqini  berish,  Sharq  mamlakatlari  bilan  aloqa  o’rnatishda 

Turkiston  hukumatiga  mustaqillik  berish  kabi  talablarni  qo’ydilar.  Shu  boisdan 

«Turkiston  masalasi»  bir  necha  bor  Markazda,  RKP(b)  Markaziy  Qo’mitasi  Siyosiy 

byurosining 1920 yil mart-iyun oylaridagi majlislarida muhokama qilindi. Oqibatda natija 

shunday bo’ldiki, mazlum xalqlar «dohiysi» va «najotkori» Lenin, bu masalani 1920 yil 

29  iyulida  ko’rgan  RKP(b)  Markazqo’mi  Siyosiy  byurosi  turkistonlik  delegatsiya 

iltimosnomasiga ijobiiy baho bermadi. Buning aksicha, Sovet hukumati va partiya

 

219


 


rahbariyati  o’lkadagi  vaziyatni  tezlikda  bartaraf  etish  uchun  shoshilinch  tarzda 

«RKP(b)ning  Turkistondagi  asosiy  vazifalari  to’g’risida»  degan  nom  ostida  bir  necha 

qarorlar  qabul  qildi.  Jumladan,  o’lka  hayoti  ustidan  nazoratni  kuchaytirish,  sovet 

hokimiyati  negizlarini  mustahkamlashga  qaratilgan  «Turkistonda  hokimiyatni  tashkil 

etish to’g’risida» maxsus qaror qabul qilindi. Unda Turkistonda Butunrossiya Markaziy 

Ijroiya Qo’mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo’mitasining 

doimiy vakolatxonasi bo’lishi zarur deb ko’rsatildi. Unda shuningdek, federal hukumat 

bilan Turkistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari doirasi aniq-ravshan 

belgilab qo’yildi. Shunday qilib, o’lka xalqlarining o’z taqdirini o’zi belgilash, o’z milliy 

davlatchiligini o’z xohishlaricha, huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi 

barham  topdirildi.  Hamma  gap  shundaki,  Rossiya  Sovet  Federatsiyasi  hukumati 

Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishini emas, balki uni doimiy 

o’z nazoratlari ostida bo’lishini xohlardilar. O’lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning 

bitmas-tuganmas  boyliklari,  tabiiy  va  mineral  resurslari  Markaz  foydasiga  ishlashi 

ularning  birdan-bir  muddaolari  edi.  Hukmron  Markaz  tashabbusi  bilan  tashkil  etilgan 

Turkkomissiya,  O’rta  Osiyo  Byurosi,  O’rta  Osiyo  Iqtisodiy  Kengashi  singari  nufuzli 

organlarning  o’lka  hayotining  barcha  jabahalarini  o’z  nazoratiga  olish,  o’z  izmlariga 

bo’ysindirish yo’lida harakat etib kelganligining boisi ham mana shundadir.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish