£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Toshkent  qo‘zg‘oloni.  1892  yilning  yozida  Turkiston  markazi  Toshkentda  rus 

mustamlakchilarini talvasaga solgan va tarixga «vabo isyoni» yoki «toshotar voqeasi» 

sifatida  kirgan  qo’zg’olon  bo’ldi.  Iyun  oyida  Toshkentda  vabo  tarqaldi.  Shahar 

ma’muriyati  shoshilinch  choralar  ko’rdi.  Vabo  kasali  bilan  o’lganlarni  shahar 

ichkarisidagi  12  ta  qabristonga  ko’mish  man  etildi,  shahar  tashqarisida  4  ta  yangi 

qabriston ochiladi, deb e’lon qilindi. Shahardan chiqish va kirish nazorat ostiga olindi. 

Shaharda vabo kasaliga chalinganlar yo’q qilinar ekan, degan mish-mishlar tarqaldi.

 

Toshkent shahar ma’muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan to’g’ri bo’lgan bu tadbirlar 



haqida aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim 

qonun-qoidalarini hisobga  olmadi.  Va’da  qilingan  4  ta  yangi  qabriston  o’rniga  faqat 

bittasi  ochildi.  Boshqa  kasallik  bilan  o’lganlarni  shahar  ichkarisidagi  qabristonlarga 

ko’mish  ishlarini  rasmiylashtirish  ham  cho’zilib  ketdi,  suiiste’molliklar  kuchaydi. 

Odamlar noiloj o’likni eski qabristonlarga olib borib ko’mishga majbur bo’ldi. Politsiya 

bundaylarni topib hibsga ola boshladi.  Qabristonni ochib, o’lganlarning ruhi haqorat 

qilindi.

 

Shaharning eng taniqli kishilaridan hisoblangan Azizyor Eshon, Abulqosim xo’ja, 



bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshqa kishilar boshchiligidagi mingga yaqin kishi 24 

iyunda  shahar  boshlig’i  mahkamasi  tomon  yo’l  oldilar.  Ularga  hokim  to’ra-shahar 

boshlig’i polkovnik S.R.Putintsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub to’qnash 

kelishdi.  Qamchisini  o’ynatib  kelgan  oqsoqol  xalqning  so’zlarini,  arz-dodini  tinglash 

o’rniga  unga  dag’dag’a  qila  boshladi.  Halq  uning  boshiga  toshlar  yog’dirdi.  Mashhur 

«Toshotar» voqeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochib 

yashirindi.  Polkovnik  Putintsev  esa  o’zining  sodiq  qulini  panohiga  olib,  xalqni 

tinchitishga urindi.  Xalq undan oqsoqolni  berishini  talab qildi.  Putintsev ham  muzokara 

o’rniga kuch ishlatishni afzal ko’rib, to’pponchasini g’ilofidan chiqarib, dag’dag’aga o’tdi. 

Sabr kosasi to’lgan xalq, uzoq o’ylab o’tirmay, hokimga hujum boshladi, Putintsev va 

uning mirshablarini do’pposladilar, haloyiq mahkamani ham ostin-ustun qildilar.

 

Qurollangan soldatlar etib kelgach, xalq ayamay o’qqa tutildi. Noiloj qolgan 



olomon  Anhor  suviga  o’zini  tashlaydi,ko’p  kishi  halok  bo’ladi  va  yaralanadi. 

O’lganlar  va  yaradorlarning  miqdori  haqida  aniq  ma’lumotlar  saqlanmagan. 

Chunki  xalqning  o’zi  jasadlarni  va  yaradorlarni  o’zlari  bilan  olib  ketishgan. 

Keyingi kunlari Anhordan topilgan mayitlar soni 80 taga etgan. Qo’lga olingan 

60  kishi  turli  muddatlarga  qamoq  jazosi  va  surgunga  hukm  qilindilar. 

Mustamlakachilarning  zo’ravonligi  xalqning  ozodlik  harakatini  to’xtatib 

qololmadi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish