Issiq suv bilan ta’minlash tizimi uskunalari
Issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida tez va sig’imli suv qizdirgichlardan keng qo’llaniladi.
Suv-suvli tez seksion qizdirgichlar (III.16.-rasm) tashqi diametri 57-325 mm bo’lgan standart po’lat quvurlardan tayyorlanadi.
3.16. – rasm. Suv bilan suvni qizdiruvchi seksion qizdirgich.
1-termorele o’rnatiladigan gilza; 2-birlashtiruvchi quvur; 3-10-isituvchi suvni kirish va chiqish joyi; 4-seksiya korpusi; 5-menzali kompensator; (isitish tizimi uzun qizdirgich ishlatilganda o’rnatiladi) 6-maxsus shtuser; 7-egik quvur; 8-9-isitilayotgan suvning kirish va chiqish joyi.
Korpus ichiga diametri 16/14,5 va 16/13,2 bo’lgan 7 tadan 140 gacha latun yoki po’lat quvurlar joylashtiriladi.
Po’lat quvurli seksiyalar ichimlik suvida tez korroziyaga uchraydi, shu tufayli ular, doimiy sifatga ega suv bilan to`ldirilgan, boglik bo’lmagan isitish tizimlarida qo’llaniladi. Latun quvurli seksiyalar korroziyaga nisbatan chidamli bo’lgani sababli, issiq suv taminlash tizimlarida ishlatiladi. Qizdirgich uchun lozim bo’lgan isitish yuzalari, bir necha seksiyalarni yigib xosil qilinadi. Seksiyalar bir-biri bilan qizdiruvchi suv yo’nalishi bo’yicha flanesdagi potrubkalar bilan, isitilayotgan suv yo’nalishi bo’yicha buqilib, yigiladi. Isitilayotgan suvni quvur dastasi bo’yicha o’tkazish tavsiya etiladi, bu quvur ichini tozalashni va ruxsat etilgan tezlikni (2m/c gacha) tanlashni osonlashtiradi. Issiqlik tashuchidarni qarama-qarshi eng katta chegaraviy tezlik bilan harakatlanishi, yuqori issiqlik uzatilishi koeffisientiga (1500 Vt/m2 oS) ega bo’lishini ta’minlaydi shu sababli qizdirgichlar tez qizdirgichlar deyiladi. Qizdirgichlar , quvurlar orasi va quvur ichidagi ruxsat etilgan bosim 1 mPa gacha bosimga hisoblangan bo’ladi va sanoat korpusida yoki menzali kompensatorlarsiz ishlab chiqaradi.
Tez bug’-suv qizdirgichlar, qizdirilayotgan suv bo’yicha ikki va to’rt yo’nalishni konstruksiya bilan bir korpusli etib bajariladi. Ikki yo’nalishli qizdirgichlar isitilayotgan suv haroratining 25o S etib hisoblangan, bu isitish tizimlari uchun qo’llash mumkin. Issiq suv bilan ta’minlash, tizimi uchun suvni yanada yuqorirok haroratga kutarish mumkin bo’lgan turt yo’nalishli qizdirgichlar qo’llaniladi. Bu qizdirgichlarni qizdirish yuzalari diametri 16-14mm bo’lgan latur quvurlardan tayyorlanadi.
Sig’imli qizdirgichlar (b-rasm) vaqti-vaqti bilan issiq suv olinadigan issiq suv bilan ta’minlash tizimlariga mo’ljallangan. Qizdirgich(lar)ning qizdirish yuzalari diametri 33,5x3,25 va 48x2,5mm li po’lat quvurlardan ikki yo’nalishli ilon izi ko’rinishda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |