– BOB. ISSIQLIKNING ASOSIY ISTE’MOLChILARI.
I.1. Turar-joy mavze va turli ko’rinishdagi issiqlik iste’molchilari uchun yirik ko’rsatgich bo’yicha issiqlik yuklamalarni aniqlash. Issiqlikni iste’mol qilish grafiklari.
Markazlashtirilgan issiqlik bilan ta’minlash tizimlarida issiqlik, binolarni isitishga, ventilyatsiya va havo konditsiyalash qurilmalarida xonalarga uzatiladigan havoni qizdirishga, issiq suv issiqlik bilan ta’minlashga, shuningdek sanoat korxonalarida past haroratli (300-350 0S gacha bo’lgan) texnologik jarayonlarga sarflanadi [16].
I. Issiqlik iste`mоlchilarningg turlari
Issiqlik ta`minоti tizimining istemоlchilariga quyidagilar kiradi: binоning issiqlik energiyasini iste`mоl qiladigan sanitar-texnik tizimlari (isitish, ventilyatsiya, havоni kоndentsiyalash va issiq suv bilan ta`minlash tizimlari); xar xil issiqlik iste`mоl qiladigan texnоlоgik qurilmalar (300-350 S gacha). Yil davоmida issiqlik iste`mоl qilishga qarab iste`mоlchilar ikki guruxga bo`linadi: mavsumiy, yil davоmida uzuluksiz issiqlik iste`mоl qiluvchi tizimlar.
Birinchi guruxga isitish, ventilyatsiya va havоni kоnditsiyalash va nоrmal hоlatga sоlib turuvchi tizimlar kiradi.
Ikkinchi guruxga esa issiq suv bilan ta`minlash tizimlari va ishlab chiqarish qurilmalarini issiqlik bilan ta`minlash kiradi.
Mavsumiy iste’molchilar issiqlikni tashqi havoning haroratiga bog’liq bo’lgan holda sarflaydi. Masalan, isitish va ventilyatsiyaga bo’lgan issiqlikka bo’lgan talab tashqi havoning haroratiga va boshqa shart-sharoitlarga (quyosh radiatsiyasi, shamol tezligi, havoni namligi) bog’liqdir. Agarda tashqi havoning harorati isitilayotgan xonadagi havoning haroratiga teng yoki undan yuqori bo’lsa, u holda isitish va ventilyatsiya tizimiga issiqlik energiyasi talab etilmaydi.
Demak, isitish va ventilyatsiya tizimlarida yil davomida faqat tashqi havoning past haroratlarida sarflanadi. Shuning uchun bunday iste’molchilar mavsumiy deyiladi.
Yil davomida issiqlik energiyasiga ehtiyoji bo’lgan iste’molchilar doimiy ravishda tashqi havoning haroratiga deyarli bog’liq bo’lmagan holda sarflaydi. Masalan, issiq suv issiqlik bilan ta’minlash tizimlari va turli xil texnologik jarayonlarga issiqlik energiyasi tashqi havoning haroratiga bog’liq bo’lmagan holda yetkazib beriladi. Shuning uchun bunday iste’molchilar yil davomidagi iste’molchilar deyiladi.
Issiqlik iste’mol qilish bo’yicha binolarni 3 guruhga bo’lish mumkin, turar-joy binolari, jamoat binolari va ishlab chiqarish korxonalari.
Turar-joy binolari uchun mavsumiy iste’molchi bo’lib isitish, ventilyatsiya tizimi bo’lsa, yil davomidagi iste’molchi bo’lib, issiq suv issiqlik bilan ta’minlash bo’ladi. Turar-joy binolari uchun ventilyatsiya tizimining bo’lishi, oyna va tashqi to’siqning tirqishlaridan xonalarga kirayotgan havo ta’sirini bartaraf etish uchun xizmat qiladi.
Ko’pchilik jamoat binolarida asosan mavsumiy iste’molchi hisoblanib, isitish, ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimi uchun issiqlik sarf qilinadi. Ishlab-chiqarish korxonalarda esa mavsumiy va yil davomidagi iste’molchilar mavjud bo’lib issiq suv sarflanadi. Binolarning issiqlikga bo’lgan talabi o’zgaruvchan bo’lib, isitish, ventilyatsiya tizimi uchun sarf bo’layotgan issiqlik tashqi havo haroratiga bog’liq bo’ladi, issiq suvga bo’lgan talablar esa binolardagi yashaydigan odamlarning issiq suv iste’mol qilish tartibiga (issiq suv akkumlyatorlarning bor-yo’qligiga) ko’ra sarf bo’ladi. Texnologik uskunalar uchun issiqlikdan foydalanish esa uskunalarining ish tartibiga bog’liq bo’ladi.
I.2. Yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar yordamida issiqlik yuklanmalarini aniqlash
Issiqlik bilan ta’minlash tizimlarini loyihalash jarayonida, turar-joy, jamoat va ishlab chiqarish binolarini isitish, ventilyatsiya tizimlari, shuningdek issiq suv issiqlik bilan ta’minlashga bo’lgan maksimal va o’rtacha issiqlik oqimlarini tegishli loyihalar bo’yicha qabul qilish tavsiya etiladi [5].
Loyihalar mavjud bo’lmagan xolda, issiqlikka bo’lgan extiyoj, ya’ni issiqlik yuklamalari, yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Bunda yiriklashtirish darajasi turli hil, alohida binolardan boshlab, to shaharning turar-joy zonalarigacha bo’lishi mumkin. Shunga qarab yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha issiqlik sarfini hisoblash uchun formulalar ko’rinishi va ularning aniqlik darajasi xam turli hil bo’ladi. Issiqlik sarfini yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha hisoblashda alohida olingan binolar bo’yicha hisoblash eng kichik yiriklashtirishga va eng yuqori aniqlikka egadir.
Alohida olingan binolar uchun issiqlik yuklanmalarini quyidagicha aniqlash mumkin.
1. Turar-joy binolarida isitish uchun maksimal issiqlik oqimi
, Vt (I.1)
bu yerda qi-binoning solishtirma issiqlik tavsifi, Vt/(m2 0S), ichki va tashqi havoning hisobiy haroratlar farqi 10S bo’lganda binoning 1m3 hajmiga keltirilgan issiqlik yo’qolishi (adabiyotlarda t0-300S uchun qi qiymatlari keltirilgan);
VT –binoning tashqi o’lchami bo’yicha aniqlangan hajmi, m3;
ti –isitilayotgan bino ichidagi havoning o’rtacha harorati, 0S;
to–isitish tizimini loyihalash uchun tashqi havoning hisobiy harorati, 0S, QMQ 2.01.01-94 bo’yicha qabul qilinadi;
-tashqi havoning hisobiy harorati t0=-300S dan farqli bo’lganda kiritiladigan tuzatish koeffisienti.
Agarda isitish uchun maksimal issiqlik oqimini yashash maydoniga nisbatan aniqlash lozim bo’lsa, unda (1.1) formula quyidagi ko’rinishga keltiriladi
, Vt (I.2)
bu yerda , m3
, m3
- binonig hajmiy koeffisienti, m3/m2;
- kvartiralarning o’lchamsiz rejalash koeffisienti.
Jamoat binolarida isitish uchun maksimal issiqlik oqimi, tashqaridan infiltratsiya natijasida sizib kirgan sovuq havoni qizdirishga sarflanadigan issiqlik miqdorini hisobga olgan xolda aniqlanishi zarur.
, Vt (I.3)
bu yerda -tashqaridan infiltratsiyalanadigan sovuq havoni qizdirishga sarflanadiga issiqlikni hisobga oluvchi koeffisient, agarda so’rma ventilyatsiya tizimi mavjud bo’lgan binoda tashqariga chiqarib yuborilayotgan havoning sarfi issiq havo uzatish yo’li bilan qoplanmasa =0,10,2 ga, binoda havoni uzatish ventilyatsiyasi ko’zda tutilgan bo’lsa q0 ga teng etib qabul etiladi.
2. Jamoat binolaridagi ventilyatsiya tizimi uchun maksimal issiqlik oqimi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, Vt (I.4)
bu yerda qv–binoning solishtirma issiqlik–ventilyatsiya tavsifi Vt/(m2 0S).
3. Turar-joy binolarida isitish davridagi issiq suv issiqlik bilan ta’minlash uchun hafta davomida o’rtacha sutkadagi o’rtacha issiqlik oqimi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, Vt (I.5)
bu yerda m – aholi soni;
qhu.m–isitish davrida bir kishi uchun sutka davomida issiq suv sarfi, kg/(sut. kishi), QMQ 2.04.01-98 bo’yicha qabul qilinadi;
c–suvning solishtirma issiqlik sig’imi, с=4,187 kJ/(kg 0S);
th–iste’molchilarni issiq suv bilan ta’minlash tizimiga keladigan suvning harorati, odatda 550S ga teng deb qabul qilinadi;
ts–isitish davridagi sovuq (vodoprovod) suv harorati, 0S, ma’lumotlar bo’lmagan xolda 50S ga teng deb qabul qilinadi.
Issiqlik sarfini yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha hisoblashda shahar va boshqa aholi yashash turar-joy tumanlari uchun issiqlik sarfini quyidagicha aniqlash mumkin.
1. Turar-joy va jamoat binolarini isitish uchun maksimal issiqlik oqimi
, Vt (I.6)
bu yerda: qi–turar-joy binolarining 1m2 umumiy maydoniga sarflanadigan maksimal issiqlik oqimining yiriklashtirilgan ko’rsatkichi, , QMQ 2.04.07-99 bo’yicha qabul qilinadi;
A–turar-joy binolarining umumiy maydoni, m2;
-jamoat binolarini isitishga sarflanadigan issiqlik oqimini hisobga oluvchi koeffisent; ma’lumotlar bo’lmagan xolda 0,25 ga teng deb qabul qilinadi.
2. Jamoat binolarida ventilyatsiya uchun maksimal issiqlik oqimi
, Vt (I.7)
bu yerda –jamoat binolarini ventilyatsiyasiga sarflanadigan issiqlik oqimini hisobga oluvchi koeffisient; ma’lumotlar bo’lmagan xolda: 1985 yilgacha qurilgan jamoat binolari uchun – 0,4; 1985 yildan keyin qurilganlari uchun esa – 0,6 ga teng deb qabul qilinadi.
3. Turar-joy va jamoat binolarini issiq suv issiqlik bilan ta’minlashga sarflanadigan o’rtacha issiqlik oqimi
Vt (I.8)
yoki
Vt (I.9)
bu yerda: a–issiq suv issiqlik bilan ta’minlash bo’lgan binoda yashaydigan, bitta kishiga bir sutkada harorati 550S bo’lgan suvning sarflanish me’yori, l/sut, QMQ 2.04.01-98 bo’yicha qabul qilinadi;
b–jamoat binolaridagi issiq suv issiqlik bilan ta’minlashga 550S haroratli suvni sarflanish me’yori, 1 kishiga 25 l/sut ga teng deb qabul qilinadi;
qh–bir kishi uchun issiq suv bilan ta’minlash tizimiga sarflanadigan o’rtacha issiqlik oqimining yiriklashtirilgan ko’rsatkichi, Vt, QMQ 2.04.07-99 bo’yicha qabul qilinadi.
Iste’molchilarga berilayotgan maksimal issiqlik miqdori ma’lum bo’lgan holda, o’rtacha issiqlik oqimlarini aniqlash mumkin:
a) turar-joy tumanlarini isitish tizimidagi o’rtacha issiqlik oqimi
, Vt (I.10)
b) ventilyatsiya tizimi uchun
, Vt (I.11)
bu yerda tm–hisobiy davr uchun (oy, isitish davri) tashqi havoning o’rtacha harorati, 0C, QMQ 2.01.01-94 bo’yicha qabul qilinadi.
Isitish tizimi ishlamayotgan davr uchun, aholi yashash joylari turar-joy tumanlarining issiq suv issiqlik bilan ta’minlash uchun o’rtacha issiqlik oqimi
, Vt (I.12)
bu yerda -sovuq (vodoprovod) suvning isitish davri bo’lmagan vaqtidagi harorati (ma’lumotlar bo’lmagan xolda 150C ga teng deb qabul qilinadi), 0C;
-isitish davri bo’lmagan vaqtda isitish davriga nisbatan issiq suv issiqlik bilan ta’minlashda suv sarfi o’zgarishini hisobga oluvchi koeffisient; ma’lumotlar bo’lmagan holda turar-joy sektori uchun 1,0 ga (kurort joylarda =1,5), korxonalar uchun–1,0 ga teng deb qabul qilinadi.
Ma’lum bir davr uchun (sutka, oy, isitish davri, yil va h.k.) isitish, ventilyatsiya va issiq suv issiqlik bilan ta’minlashga sarflanadigan issiqlik miqdorlarini quyidagi ifodalar yordamida aniqlash mumkin.
Hisobiy davr uchun o’rtacha sutkalik issiqlik yuklama:
-binolarni isitishga
, (I.13)
-binolarning ventilyatsiyasiga
, (I.14)
-isitish davriga to’g’ri kelgan sutka uchun issiqlik bilan ta’minlashga
Qhu =86,4Qht , kJ/sut (I.15)
-isitish davriga to’g’ri kelmagan sutka uchun issiqlik bilan ta’minlashga
, (I.16)
bu yerda Z–sutka davomida ventilyatsiya tizimining o’rtacha ishlash vaqti soatlarda (jamoat binolari uchun ma’lumotlar bo’lmagan xolda 16 ga teng deb qabul qilinadi).
I
Do'stlaringiz bilan baham: |