1.
TIZIM, UNING TURLARI VA VAZIFALARI
“Tizim” so‘zi yunoncha boiib, qonuniy jihatdan bir-biriga bogiangan
ko‘plab unsurlaming ma’lum bir yaxlitligmi ifodalaydi. Unsurlar - murakkab
yaxlit narsaning tarkibiy qismidir. Moddiy dunyo juda ko‘p tizimdan tashkil
topgan
Boshqacha qilib aytganda, tizim - bu tashkil etuvchilardan iborat boigan
yagona butunlikdir.
Tizim nuqtai nazaridan qaraganda ishlab chiqarish axborot aloqalari bilan
birlashsa, kibernetika tizimini tashkil etadi. Tizim unga kiruvchi elementda
ifodalanuvchi unsurlar sifati va holati bilan xarakterlanadi, boshqa tizimlar
bilan o‘zaro ta’sir natijasida mavjud boiadi, ya’ni doimo harakatchan,
o‘zgaruvchan xususiyatga egadir.
Harakat - bu materiyaning mavjud boiish usulidir. Dunyoda harakatsiz
materiya va materiyasiz harakat mavjud emas. Harakat faoliyat, energiyani
ifodalaydi. Bizni o'rab turgan tabiat ma’lum tizimni yoki birikmani, jismlar
bogiiqligini tashkil etadi. Bu yerda jism deganda barcha moddiy haqiqat,
yulduzlardan
tortib atomlar, efir zarrachalarigacha tushuniladi.
Demak, tizim - bu jismlaming tabiatini belgilovchi tarkibiy unsurlardan
tashkil topgan birikmasidan iborat.
Bogiiqlik - obyektiv dunyoning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
Bogiiqlik mavjudlik tufayli dunyo hodisalarining betartib yigindisi emas, balki
qonuniy harakat jarayonidan iboratdir. Tizimlar turli shakllarga ega bo‘ladi.
Turli-tuman bo‘lishiga qaramay, ulami shartli ravishda quyidagi turlarga
ajratish mumkin: texnikaviy, texnologik, biologik, tashkiliy, iqtisodiy va
ijtimoiy tizimlar.
Tizimning har bir turi o'zining aniq vazifalariga ega:
-
texnikaviy tizim, uskunalar majmuining o'zaro bog‘liq yig‘indisidan
iborat (bu korxonaning ishlab chiqarish quwatlaridir);
-
texnologik tizim qonun-qoida, meyor, standartlar yig‘indisi, marketing
xizmatidan iborat;
-
tashkiliy tizim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, mehnat
resurslaridan maqbul ravishda foydalanish, menejment tashkiliy tizimlarini
yaratish uchun imkon beradi.
Texnikaviy, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda iqtisodiyotni
boshqarishning tashkiliy-texnikaviy jihatlarini ta’minlaydi:
-
milliy xo‘jalikning iqtisodiy tizimi ham ishlab chiqarish, ham
ayirboshlashda yuz beruvchi barcha xo‘jalik, moliyaviy, tashkiliy jarayonlar
birligini ifodalaydi. Iqtisodiy tizim menejment tizimini qayta qurishda
uzluksiz va maqsadli jarayonni aks ettirib, barcha boshqa tizimlar faoliyati
64
samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, boshqa tizimlar ham iqtisodiy tizimga o‘z ta’sirini
o'tkazishi mumkin (masalan, ijtimoiy tizim);
-
ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan birga iqtisodiyot maqsadlarini
belgilaydi, menejmentning tamoyil va uslublarini shakllantiradi, ya’ni
iqtisodiyotni boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini ifodalaydi. Hozirgi
davrda iqtisodiyotda ijtimoiy o‘zgarishlar amalga oshishi, menejmentda
demokratiyaning asoslari kengayishi, hamkorlikning yangi shakllari
yaratilishi, bozor munosabatlariga o'tilishi, butun milliy xo‘jalik tarkibi qayta
qurilishi bilan bogiiq ravishda ijtimoiy tizimning ahamiyati ortib bormoqda.
Inson eng muhim va faol unsur bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim asosini
ijtimoiy, jamoa, shaxsiy manfaatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy,
mehnat manfaatlari tashkil etadi.
Agar korxonani yaxlit tizim sifatida tahlil etsak, u kichik tizimlar va
unsurlar yig‘indisidan iboratligini ko‘ramiz.
Demak, boshqariladigan tizim bir vaqtning o‘zida boshqaruvchi tizim
ham boiishi mumkin. Menejmentchi tizhniga korxona, konsemlaming
boshqaruv jarayonini, ya’ni kishilar jamoasida ochiq maqsadga qaratilgan
ta’sir etish jarayonini ta’minlovchi unsur va kichik tizimlari kiradi.
Boshqariladigan tizimga korxona, konsemlaming bevosita moddiy boyliklar
yaratish va xizmat ko‘rsatish jarayonini ta’minlovchi unsur va kichik
tizimlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: