“ Tasdiqlayman ”


CHIZMALARNI AUTOCAD DASTURNING UCH O‟LCHAMLI



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/27
Sana28.06.2022
Hajmi2,05 Mb.
#711846
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
chizmalarni auto cad dasturining uch olchamli funksiyalarini orgatish metodikasi

CHIZMALARNI AUTOCAD DASTURNING UCH O‟LCHAMLI 
TASVIRLAR BAJARISHNING METODIK ASOSLARI
 
2.1. Chizmachilik darslarida grafik dasturlardan foydalanib dars 
samaradorligini oshirish metodikasi 
 
Axborot texnologiyasi tez rivojlanayotgan va keng tarqalayotgan bir paytda 
e‘tiborimizni umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining o‗quv-tarbiya jarayoniga 
yangicha yondashgan holda qaratmog‗imiz lozim. Umumiy o‗rta ta‘lim tizimida 
yangi axborot texnologiyalarini qo‗llash: 
- yangi pedagogik metod va usullarni rivojlantirishga; 
- o‗qituvchilar o‗zlarini oldida turgan masalalarni hal etish stilini 
o‗zgartirishga; 
- pedagogik tizim tuzilishini o‗zgartirishga olib keladi. 
Bu esa o‗z navbatida pedagogik jarayonni tashkil etish va boshqarish 
bo‗yicha o‗ziga xos masalalarni keltirib chiqaradi. 
Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari asosida 
o‗qitish metodlarini to‗rt guruhga ajratish mumkin: 
- o‗z-o‗zini o‗qitish metodlari; 
- "bittasi-bittani" pedagogik metodlari; 
- "bittasi-ko‗pni" o‗qitish; 
- kommunikatsiya asosida " ko‗plar-ko‗plarni" o‗qitish. 
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining o‗quv-tarbiya jarayoniga yangi axborot 
va telekommunikatsion texnologiyalar asosida yangi pedagogik texnologiya 
faoliyatini kiritilishi hozirda qo‗llanilayotgan an‘anaviy ta‘lim tizimini tubdan 
o‗zgartiradi. Bularni quyidagilarda ko‗rish mumkin: 
a) texnologik asoslari tezlikda rivojlanayotganligi tufayli kurslar(darslik, 
qo‗llanmalar)ni ishlab chiqish faoliyati qiyinlashadi. Bu o‗qituvchi, metodist va 
olimardan pedagogik ishlash usullari bo‗yicha yangi maxsus malakalarni talab 
etadi. Bundan tashqari zamonaviy axborot texnologiyalari o‗quv materiallarni 


ishlab chiqish sifati uchun qo‗shimcha talablar qo‗yadi. 
b) An‘anaviy o‗qitish tizimining markaziy shakli o‗qituvchidir. Yangi 
axborot texnologiyasini umumta‘lim maktablariga qo‗llash sekin-astalik bilan 
asosiy og‗irlikni o‗quv jarayonida faol qatnashuvga tushura boshlaydi. 
O‗qituvchining asosiy pedagogik faoliyati - o‗quvchi faoliyatini muvaffaqiyatli 
ushlab turishga qaratiladi, ya‘ni o‗qituvchi o‗quvchining o‗quv axborotlarini oson 
o‗zlashtirishga ko‗maklashuvchi bo‗ladi. 
c) Yangicha o‗qitish sinfdagi o‗quvchilarga yakka tartibda faol va jadal ta‘sir 
etishni ta‘milaydi. An‘anaviy o‗qitishda esa o‗qituvchi va o‗quvchi orasidagi 
teskari aloqa umumlashgan holda (barcha o‗quvchilar bilan) amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida axborot texnologiyalari 
orqali yangi pedagogik texnologiyalarni kiritilishi, o‗quvchi va o‗qituvchi 
faoliyati, ularning darsdagi o‗rni va vazifalarini keskin o‗zgarishiga olib keladi. 
Shu bilan birga darsning samaradorligi ortadi, o‗quvchilar bilimlarini o‗zlarining 
kuchi, qobiliyati va tempiga asosan qabul qilishi va ularni mustaqil ravishda 
o‗zlashtirishiga olib keladi. 
O‘zbekistonda hozirgacha chizmachilik fanidan texnik vositalar (EHM) 
yordamida qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan ta‘lim dasturlari (ATD) 
yaratilmagan. Biz quyida ATD larining turlari va ulardan ta‘lim jarayonida 
foydalanish metodikalariga to‘xtalamiz.

ATD ga asosan ta‘lim murakkab dinamik tizim sifatida qaraladi va 
uning asosida kibernetik yondashuv yotadi. Bu tizimni boshqarish o‘qituvchining 
o‘quvchiga (kompyuter va boshqa audio va videotexnika texnik vositalari 
yordamida) buyruq uzatishi hamda o‘quvchi o‘qituvchi muloqotini o‘rnatish 
orqaliamalga oshiriladi. Ya‘ni, ta‘lim jarayoni o‘qituvchi (baholash) va o‘quvchi 
(o‘z-o‘zini baholash) ishtirokida bir vaqtning o‘zida nazorat qilib boriladi. 
1. E. I. Ro‘ziyev, A. O. Ashirboyev. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi. 2010y. Fan 
va texnologiya nashriyoti. 


ATD lari quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 

axborotlar kichik miqdorda uzatiladi; 

har bir taklif qilinayotgan axborot miqdorining o‘zlashtirilishini 
tekshirish uchun nazorat topshiriqlari o‘rnatiladi; 

o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollarga javob qaytariladi; 

javob to‘g‘riligiga qarab ko‘rsatma beriladi. 
Amalda o‘qituvchi ATD ning chiziqli yoki tarmoqlangan turlaridan 
birini tanlash yoki ulardan bir vaqtning o‘zida birgalikda foydalanish imkoniyati 
yaratilgan bo‘lishi kerak. ATD ning chiziqli turida o‘quvchilar o‘quv 
ma‘lumotining hamma miqdorlarini ularni uzatilish ketma-ketligi tartibida ishlab, 
o‘zlashtiradilar. Tarmoqlangan ATD yaxlit o‘quv ma‘lumotni o‘zlashtirishda 
o‘quvchiga individual yo‘l tanlash imkonini berishni ko‘zda tutadi. Bunda 
ma‘lumotni o‘zlashtirish tayyorgarlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkala holda ham 
o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqa maxsus vositalar (har xil 
dasturlashtirilgan o‘quv qo‘llanmalari, kompyuterlar) yordamida amalgam 
oshiriladi. Ta‘limning bu ko‘rinishining afzalligi o‘quv dasturini o‘zlashtirish 
darajasi va sifati haqidagi ma‘lumotni to‘liq va doimiy ravishda olib turish 
imkoniyati mavjudligi bilan belgilanadi. ATD da ta‘lim tezligining o‘quvchining 
individual imkoniyatlariga mos kelish-kelmasligimuammosi bo‘lmaydi. Chunki 
har bir o‘quvchi o‘ziga qulay tartibda ishlaydi. Ikkinchi afzalligi, o‘qituvchining 
axborot uzatishga sarflanadigan vaqtining tejalishida, shuningdek materialni 
o‘zlashtirish va uning natijalarini doimiy nazorat qilishga ajratiladigan vaqtning 
ortishi bilan izohlanadi. ATD ning keng joriy qilinishi moddiy ta‘minot bilan 
bog‘liq. Hozirgi kunda amalda hamma umumta‘lim maktablari va kasb hunar 
kollejlaridagi ta‘lim jarayonini maxsus dasturlashtirilgan darsliklar, grafik 
topshiriqlar to‘plamlari, test usulidagi nazorat topshiriqlari bilan to‘liq ta‘minlash 
qiyin. Ta‘limning bu ko‘rinishining asosiy kamchiligi – o‘quvchi xotirasiga 
ortiqcha murojaat qilish. 


Chizmachilik darslarida kompyuterdan foydalanish uchun quyidagi talablar 
bajarilishi kerak: 

o‘quvchilar kompyuterda ishlash malakalarini egallagan bo‘lishlari 
zarur; 

kompyuterda chizma bajarishdan avval ular kamida proyeksion
savodxonlik asoslariniegallagan bo‘lishlari talab qilinadi; 

chizmachilik darslari kompyuter grafikasi darslariga (bu alohida 
fanlarni bir-biri bilan ch alkashtirmaslik zarur) aylantirmasligi shart. 
O‘quvchilarning grafik dasturlar bazasida chizma bajarishlariga tegishli 
metodik masalalarni ko‘rib chiqamiz. 
Hozirgi kunda chizma va uch o‘lchamli modellar tasvirlarini bajarish b 
o‘yicha juda ko‘plab AutoCad, TopCAD, JCAD, 3D-GRAF, 3D-MAX, KD-
Master, КОМПАС-график, ВАРИКОН, Тефлекс kabi grafik tizimlar 
kishilarning ilmiy va muhandislikfaoliyatining turli sohalarida keng 
qo‘llanilmoqda. Ulardan ta‘lim tizimida ommalashgani Auto CAD hisoblanadi.
AutoCAD shuningdek mamlakatimizda va chet ellardagi ko‘pchilik korxona va 
tashkilotlarda loyiha-chizma ishlarini avtomatlashtirishning standartlashtirilgan 
tizimi sifatida shakllangan. 
2002-yilda Rossiya maktablarida chizmachilik o‘qitish tarixida birinchi 
marta o‘quv-metodik komleksning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan kompakt-disk 
(КОМПАС 3D LT grafik dasturi) tayyorlanib, sotuvga chiqarildi. КОМПАС 3D 
LT grafik dasturitarkibida ―КОМПАС 3D LT ta‘lim tizimi‖ elektron o‘quv 
qo‘llanmasi, maktab chizmachilik kursi darsligining ko‘pchilik mashq va grafik
ishlarining, o‘quvchilar uchun grafik ihlarga tegishli bo‘lgan shakl va 
chizmalardan 
tashqari 
kompakt 
diskda 
A. 
D. 
Botvinnikov 
va 
boshqalarning‖Chizmachilik‖ darsligidagiko‘plab boshqa shakllari ham 
joylashtirilgan.
Bu yerda shuni takidlabo‘tishimiz zarurki, o‘quvchilar КОМПАС 3D 
LT grafik dasturi yoki AutoCAD grafik dasturlarini kompyuterda ishlash 


malakalari hamda proyeksion chizmachilik asoslarini o‘zlashtirgan bo‘lsalar 
nisbatan tez egallashlari mumkin. 
Metodik nuqtai nazardan chizmalarni kompyuterda bajarish mumkin 
bo‘lgan chizmachilik va grafik tizimlarni birgalikda o‘rganish masalasi hal 
qilinmagan muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgacha pedagogika fanida 
chizmachilikni qaysi mavzularin o‘zlashtirgandan keyin electron chizmalarni 
bajarishni boshlash mumkinligi, o‘quvchilarni kompyuter ular uchun chizma 
bajarishi mumkin bo‘lgan hollarda mustaqil chizma bajarishlarini qanday qilib 
ta‘minlash mumkinligi kabi ko‘plab savollarning javoblari asoslanmagan. 
Shu 
yerda 
umumt‘lim 
maktablarining chizmachilik 
kursida 
o‘rganiladigan kompyuter grafikasi bo‘limiga to‘xtalib o‘tsak. Amaldagi dastur
va darsliklarda bu bo‘limga 2 (ikki) soat vaqt ajratilgan bo‘lib, bu vaqt ichida 
o‘quvchilar grafik redaktor yordamida oddiy geometric shakllarning 
proyeksiyalarini tuzish hamda bajarilgan jismning fazoviy holatini va uning 
shaklini o‘zgartirishni o‘rganishlari kerak. Bu nimaga zarurligi tushunarsiz. Yana 
yuqorida bildirilgan mulohazalarni e‘tiborga oladigan bo‘lsak ajratilgan ikki soat 
ichida o‘quvchilar kompyuter grafikasining alifbosini ham o‘rganishga 
ulgurolmaydilar. Shuning uchun chizmachilik darslari jarayonida kompyuterlar va 
grafik dasturlarning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish metodikasining taklif 
qilinishi to‘g‘riroq bo‘lar edi. 
Kompyuter chizmachilikning quyidagiga o‘xshash bo‘limlari: 

Detal shaklini tahlil qilish; 

Detal chizmalariga o‘lcham qo‘yish; 

O‘quvchilarga detalning hajmli shaklini namoyish qilish kabilarda foydali 
bo‘lishi mumkin. 
1. Detal shaklini tahlil qilishda kompyuter foydali bo‘libgina qolmay, 
zarur ham hisoblanadi. Bunda monitor ekranida o‘quvchilar detalni alohida 
geometrik jismlarga ajratish mumkin bo‘ladi, agar bunda qiyinchiliklar paydo 
bo‘ladigon bo‘lsa, o‘qituvchi yoki dasturning o‘zi detalni geometrik shakllarga 


ajratilgan holatdagi grafik tasvirini namoyish qiladi. Yuqoida aytilayotgan 
fikrlardan kelib chiqqan holda detal shaklini tahlil qilish kasb-hunar kollejlarida 
proyeksion chizmachilik, mashinasozlik chizmachiligi fanlarida aynan shu 
imkoniyatlari mavjudligi biz pedagoglar uchun qulay. Proyeksion chizmachilik 
fanida ―Detallarni tahlil qilish‖, ―Aksonometrik proyeksiyalarni qurish‖, ―Tekis 
kesim‖, ―Sirtlarning kesishishi‖, Mashinasozlik chizmachiligi fanida ―Yig‘ish 
chizmalarini o‘qish‖, ―Yig‘ish chizmalarini detallarga ajratish‖, ―Ajratilgan 
detallarni qayta yig‘ish‖, ―Yig‘ma birlikning aksonometriyasini qurish‖ 
mavzularida dasturning 3D interfeysida foydalanish, darslarni samarali tashkil 
etish hamda maqsadga erishishimiz uchun zamin yaratadi.
2. O‘lchamlarni to‘g‘ri qo‘yish uchun shaklni tahlil qilish – 
bajariladigan ishlarning asosiylaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun bu holda 
ham kompyuterdan oldingiga o‘xshash tarzda foydalaniladi. 
3. Shuningdek, chizma bo‘yicha detalning shaklini tasavvur qilishga 
qiynaladigano‘quvchilarga ushbu mavzuni o‘rganishlarida kompyuterdan 
foydalanish katta yordam beradi. Masalan, ―berilgan ikkita ko‘rinish bo‘yicha 
uchinchisini bajarish‖ mavzusidan grafik ish bajarishda o‘quvchilarda 
qiyinchiklik tug‘ilgan hollarda kompyuterda detalning yaqqol tasvirini namoyish 


qilish orqali ularga topshiriqni mustaqil bajarishlariga yordam berib yuborish 
mumkin. Odatda o‘qituvchilar bunday o‘quvchilarga detal modelini plastilin yoki 
boshqa materialdan bajarib ko‘rishni tavsiya qilib kelishar edi. Maktab 
chizmachilik kursi bo‘yicha tayyorlangan SD-disk bo‘ladigan bo‘lsa, bunga 
zaruriyat qolmaydi. O‘quvchilar kompakt-diskdagi detalning hajmli tasvirini har 
xil tomondan aylantirib qarab o‘rganishlari mumkin. Bunda faqat o‘quvchilar 
uchinchi ko‘rinishni kompyuter yordamisiz, mustaqil ravishda chizishlari zarur 
bo‘ladi.
4. Chizma geometriya fanidan o‘quvchilar tushunishlari qiyin bo‘lgan 
yana bir muhum mavzu – sirtlarning kesishishi. Ko‘pchilik o‘quvchilar bu 
mavzuni tushunishlari uchun ko‘p vaqt ajratadilar, shu sababli o‘qituvchi bu 
mavzuni bir dars vaqtining o‘zida o‘quvchiga to‘liq yetkazib bera olishi qiyin 
masala. Shunday qiyin vaziyatda bizga AutCAD dasturining 3D interfeysi qo‘l 
keladi. 
Chizmachilikda 
ATD 
dan 
o‘rinli 
foydalanish 
ta‘limni 
individuallashtiradi va o‘quvchilar o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirib, ta‘lim
jarayonini tezlashishga xizmat qiladi. Ammo ATD lari ta‘lim jarayonida hech 
qachon o‘qituvchining o‘rnini bosa olmaydi, chunki mustaqil ta‘lim hech vaqt 
bilim olishning yagona va universal usuli bo‘lishi mumkin emas. 

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish