“ Tasdiqlayman ”


 Chizmachilik darslari uchun AutoCAD dasturidan



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana28.06.2022
Hajmi2,05 Mb.
#711846
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
chizmalarni auto cad dasturining uch olchamli funksiyalarini orgatish metodikasi

 1.3. Chizmachilik darslari uchun AutoCAD dasturidan 
foydalanishning avfzalliklari, qulayliklari hamda o‟ziga xos yuziga 
keladigan murakkabliklari 
Autodesk kompaniyasining AutoCAD tizimi hozirgi davrda avtomatik 
loyihalashning 
xalqaro 
standarti 
hisoblanadi. 
AutoCAD 
dasturining 
yaratilganligiga 30 yildan oshgan bo‘lsa-da, avtomatik loyihalash dasturlari 
orasida hanuzgacha mashhurligicha qolmoqda. Chunki AutoCAD dasturi 
mukammal va ommabop dastur bo‘lib, u har qanday turdagi sxema va 
chizmalarni yaratishda yuqori aniqlikda va sifatli bajaradi. Shuningdek, mazkur 
dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalgam oshirishga 
yordam beradi. Shu sababli, millionlab mutahassislar, olimlar, muhandislar va 
talabalar loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sohalarida AutoCAD tizimidan 
foydalanishlari oddiy holatga aylanib bormoqda. 
AutoCAD dasturi nafaqat muhandislar uchun qulay bo‘libgina qolmay 
balki, o‘zining bir qator afzallik tomonlari bilan chizmachilik darslarini 
samaradorligini oshirishda anchayin qulayliklar tug‘diradi. Bulardan biri undagi 
aniqlik 
bo‘lib hech bir dasturda AutoCAD dasturichalik aniqlikda chiza 
olmaymiz. Aniq buyruq asosida chizilgan chizma o‘zining aniqligi bilan boshqa 
dasturlarda ishlangan chizmadan yaqqol ajralib turadi. Yana bir muhim afzallik
tomonini hisobga olib, uning birgina AutoCAD dasturida bir vaqtning o‘zida 
tekislik va hajmda ishlay olish imkoniyatiga ega ekanligimiz, biz 
o‘qituvchilarga dars samaradorligini oshirish uchun katta qulaylik yaratadi. 
O‘quvchilarga chizmani tushuntirib bo‘lgan o‘qituvchi, o‘tilgan mavzu bo‘yicha 
ularning tasavvurlarini kengaytirish maqsadida buni AutoCAD ning 3D qismida 
ya‘ni hajmda o‘quvchilarga ko‘rsatib berish imkoniyati mavjuddir(masalan 
proyeksion chizmachilik bo‘limining ko‘rinishlar, qirqimlar mavzularida qo‘l 
keladi). Bu esa darsni to‘g‘ri va to‘laroq tushunganlar sonini ortishiga olib 
keladi. O‘quvchi chizilgan detalning yaqqol tasvirini ko‘rgach mavzuni unda 


tug‘ilgan savollarga o‘zi javob topadi. Bularning bari o‘quvchining fazoviy 
tasavvurini kengaytirishiga, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlariga olib keladi. 
AutoCAD-tizimlаridа 
uch o‗lchаmli оbyеktlаrni yarаtish uchun 
mоdеllаshning аsоsаn uch: kаrkаsli, sirtli vа qаttiq jismli mоdеllаsh usullаridаn 
fоydаlаnilаdi; ulаrning hаr biri rеаl оbyеktlаrni rеаllikning hаr xil dаrаjаsidа 
yarаtish imkоnini bеrаdi: 

Kаrkаsli mоdеllаsh
. Ushbu mоdеldа оbyеktning fаqаt qоburg‗аlаri tаqdim 
etilаdi, uning qirrаlаri аniqlаnmаydi, shuning uchun mоdеl shаffоf 
bo‗lаdi. Kаrkаsli mоdеldа hаjm tushunchаsi bo‗lmаydi. 

Sirtli mоdеllаsh
. Bu mоdеldа оbyеktning qоburg‗а vа qirrаlаri аniqlаnаdi, 
u kаrkаsli mоdеlgа nisbаtаn аniqrоq bаyonni tа`minlаydi. Mоdеl shаffоf 
emаs, оldindаgi qirrаlаr оrtdаgi qirrаlаrni bеrkitib turаdi. Sirtli mоdеl 
hаjmgа egа, lеkin mаssаni hisоbgа оlmаydi, chunki mоdеl dеvоrlаri 
qаlinligi hisоbgа оlinmаydi. 

Qаttiq jismli mоdеllаsh
. Bu mоdеl оbyеktni hаqiqаtgа yaqin bаyon qilish 
imkоnini bеrаdi. U оbyеktning tаshqi qirrаlаri vа qоburg‗аlаri hаqidа 
bаtаfsil infоrmаtsiyani bеrаdi hаmdа uning ichki strukturаsini bаyon 
qilаdi. Qаttiq jismli mоdеl hаjm vа mаssаgа egа vа mаtеriаl 
xаrаktеristikаsini hisоbgа оlаdi. 
Uch o‗lchаmli mоdеllаsh quyidаgi imkоniyatlаrni tа`minlаydi: 

mоdеlni fаzоning istаlgаn nuqtаsidаn ko‗rib chiqish; 

mоdеl kеsimini bаjаrish; 

mоdеlning ikki o‗lchаmli chizmаlаrini аvtоmаtik tаrzdа bаjаrish; 

mоdеlning rеаl аksini оlish; 

mаtеriаl xаrаktеristikаlаri vа tаshqi yoritishni qo‗shish. 
AutoCADdа uch o‗lchаmli fаzоdа ishlаsh uchun kоmаndаlаr mаvjud, ulаr 
yordаmidа uch o‗lchаmli оbyеktlаrni mоdеllаsh, mаtеriаlni bаyon qilish vа 
yoritishni o‗rnаtish mumkin. AutoCAD 2007 dа uch o‗lchаmli mоdеllаsh uchun 
qulаy mаxsus intеrfеysi mаvjud. 


Bugungi kunda ta‘lim jarayonini sifatli va zamon talablariga javob bera 
oladigan shaklda tashkil etish kuning dolzarb masalaridan hisoblanadi. Oily 
texnika o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan muhandislar kelajakda Respublikamiz 
iqtisodiyotiga hissa qo‘sha oladigan mutaxassis kadr sifatida kamol topishi uchun 
barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu maqsadda maktabdan to oily ta‘lim 
muassasasigacha 
bo‘lgan 
ta‘limtizimi 
jahon 
andozalari 
asosida 
modernizatsiyaqilindi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ta‘lim jarayonida Kompyuter 
texnikasi va vositalarini qo‘llash hamda ulardan samarali foydalanish zarur. 
Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, talabalarda grafik 
topshiriqlarni bajarishda ro‘y beradigan xatoliklarning bir xildaligi aniqlandi. Bu 
muammoning maqbul yechimini topishda kompyuterlashtirilgan o‘qitish tizimini 
tashkil etish maqsadga muvofiq. Zamonaviy kompyuterlar o‘qituvchi uchun texnik 
yordamchi vosita sifatida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning beqiyos 
imkoniyatlaridan kengroq foydalanish zarur. Amaliy daturlar paketi o‘qituvchidan 
kompyuterni mukammal bilishni va ishlashni talab etmaydi. Shunday ekan, 
bugungi kunda muammolarni bartaraf etish o‘quvchilardan ta‘lim samaradorligini 
oshirish uchun darsga boshqacha, ya‘ni zamonaviy yondashishni talab etmoqda. 
Bugungi kun talabalarining grafik savodxonligini rivojlantirish dolzarb 
masala hisoblanib, uni hal etish uchun quyidagilarga amal qilish lozim bo‘ladi: 
-
―Chizma geometriya va muhandislik grafikasi‖ fanini o‘qitishda 
zamonaviy Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish; 
-
grafik topshiriqlarni takomillashtirish (murakkablik darajalariga 
ajratish); 
-
garafik topshiriqlarni bajarish bo‘yicha multimediali uslubiy ko‘rsatma 
yaratish va foydalanishni tashkillashtirish; 
-
talabalarning fazoviy tasavvurini shakillantirish; 
-
shakllanga fazoviy tasavvur asosida ijodiy fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirish. 


Yuqorida sanab o‘tlgan vazifalarni bajarish natijasida talabalarning fanga 
bo‘lgan munosabati o‘zgaradi. 
―Chizma geometriya va muhandilik‖ fanidan topshiriqlar to‘plamining 
elektron variantini yaratish va uni ta‘lim jarayonida bevosita qo‘llash lozim. 
Ayniqsa, mustaqil ta‘lim jarayonida talabalar grafik topshiriqlarni bajarishda 
electron darslikning topshiriqlar to‘plami bo‘limiga ko‘proq murojaat qiladilar va 
mavzular bo‘yicha grafik topshiriqlarni bajarish jarayonida muammoga duch 
kelsalar, shu Mavzu bo‘yicha multimediali animatsion bajarilish namunasidan 
foydalanishlari mumkin.
Chizmachilik darslari uchun AutoCAD dasturidan har doim ham 
foydalnish biz kutgan natijani beravermaydi. Asosan chizmachilik darslarini 
o‘tilishdan maqsad – talabalarga kelajakda o‘zlarining texnik fikrlarini chizma 
orqali namoyon qilish, tasvirlangan har qanday buyum, yoki ob`ektlarning 
chizmasi bo‘yicha ishlash printsipi va konstruktiv tuzilishini tushunib olish va 
tasavvur qila olish uchun bilim, ko‘nikma va malaka berishdan iborat. 
Chizmachilik fanida buyum va inshootlarni grafik tasvirlash metodlarini 
o‘rganishga oid bo‘lgan asosiy qoidalar, tegishli standartlar hisobga olingan holda 
bayon etiladi. Agar biz AutoCAD dasturini chizmachilik fanlarida doimo qo‘llab 
boradigan bo‘lsak, o‘quvchilar chizmalar chizish qoidalarini va mazmunini 
tushunishdan chetda qolishlari bizga yaqqol ayon. Shuning uchun ham AutoCAD 
dasturini ba‘zi mavzulardagina dars samaradorligini oshirish, dars jarayonini 
o‘quvchilarning mavzuni tushunishlarini tezlashtirishni maqsad qilib olgan 
holdagi-na, o‘qituvchi uchun texnik yordamchi vosita sifatida qarab foydalanish 
o‘rinli. 
Misol qilib oladigan bo‘lsak chizmachilik faninning ―geometrik 
chizmachilik‖ bo‘limidagi mavzularni o‘quvchilarga tushuntirishda AutoCAD 
dasturidan foydalanish umuman noo‘rin. Sababi ushbu bo‘lim chizmachilik 
faninning dastlabki bo‘limlaridan biri bo‘lganligi uchun quyidagi mavzular: 
aylanalarni teng bo‘laklarga bo‘lish, tutashma bajarish qoidalari, oval va ovoid 


yasash tartibi, Lekalo egri chiziqlari – algebraic va transcendent eri chiziqlar, 
masalan ikkinchi tartibli egri chiziqlarni yasash qoidalari, sikloida, episikloida, 
sinusoida, kosinusoida, spiral, o‘ramalarni chizish tartiblari shu bo‘limdan joy 
olgan. Yuqoridagi mavzularni AutoCAD dasturida o‘tish o‘qituvchi uchun qulay 
bo‘lishi, vaqtni tejashi mumkin, ammo bunday holatda o‘qituvchi o‘z oldiga 
qo‘ygan asosiy maqsadiga erisha olmaydi, o‘quvchilar chizmalarni faqatgina ko‘r-
ko‘rona bajarishi natijasida ularning savodsiz bo‘lib qolishlariga olib keladi. Bu 
bo‘limni bilish esa chizmachilik fanining qolgan bo‘limlarining asosi sifatida 
qaraladi, hamda chizmachilikning hamma bo‘limlari chambarchas bog‘liqligini 
hisobga olgan holda buni o‘quvchi qo‘lda oddiy o‘quv qurollari yordamida 
chizgani ancha natija beradi: o‘quvchi mavzu haqida ko‘proq bilimga ega bo‘ladi, 
chizma chizishda malakasi oshib unda shu mavzu yuzasidan ko‘nikma hosil 
bo‘ladi. Pedagog darslarda AutoCAD dasturidan foydalanishdan avval yuqoridagi 
bilimlarni o‘quvchiga nazariy jihatdan mukammal egallashlari shundan keyingina 
dasturdan foydalanishi masadga muvofiqdir. 
Chizmachilik fanining qolgan ba‘zi bo‘limlarida ham shunday holatlar 
uchrashi mumkin, bunda pedagog qaysi mavzuda dasturdan foydalanishi muhim 
ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchidan dasturdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olish 
mahoratiga ega bo‘lish uchun undan pedagogik bilim, yillar davomida oshirib 
kelayotgan malakasiga ega bo‘lishi, tanlangan dars uchun mukammal dars 
ishlanmasi ishlab chiqqan bo‘lishi, yaxshi natijaga erishishiga ishonch talab etiladi. 
Yuqorida keltirilgan misolni AutoCAD dasturining kamchiligi deb qaray 
olmaymiz. Chunki dastur o‘quvchiga dars berish maqsadida emas balki 
muhandisning ishini osonlashtirish va aniq chizmalar asosida talabga javob 
beradigan loyihalar ishlab chiqilishi maqsadida yaratilgan
.
Bizga ma‘lumki AutoCAD dasturining 3D panelidan hajmli ob‘yektlar 
ustida ishlagandagina foydalanamiz. Biz chizmachilik o‘qituvchilari uchun 
AutoCAD dasturining 3D bo‘limi detallarning yaqqol tasvirini o‘quvchilarga 
ko‘rsatishda juda qo‘l keladi. Biz dasturning ushbu oynasida prizma, uchburchakli 


prizma, silindr, konus va shunga o‘xshash sirtli shakllarni bemalol qurishimiz 
mumkin. Ammo detallarni qirqib ko‘rsatish kerak bo‘lib qolganda biz tayyor 
tekislik bilan emas o‘quvchilarga uni prizma orqali kesib ko‘rsatishga majbur 
bo‘lamiz. 
a) b) 
c)
d) 
Bundan ko‘rinib turibdiki AutoCAD(2006 va 2007) dasturida biz tekislikni 
ko‘rsatib bera olmaymiz. Natijada chizma geometriya va shunga o‘xshash 
fanlarida dasturdan foydalanish biroz noqulaychiliklar tug‘dirishini xulosa 


qilishimiz mumkin. Chunki chizma geometriya fanidan biz asosan to‘g‘ri chiziq, 
tekislik va shunga o‘xshash shakl va sirtlarning o‘zaro vaziyatini o‘rganamiz, 
pozitsion va metrik masalalar ishlaymiz. Ammo bunday noqulayliklarni yuqorida 
keltirilib o‘tilgan misol kabi qo‘lda tuzatish imkoniyatiga egamiz. Nafaqat tekislik 
balki to‘g‘ri chiziqlar ustida bazariladigan amallarda ham shunday muammmolar 
yuziga keladi.


Yana bir murakkablik tutashma bajarishda yuziga keladigan muammmo. 
Tutashma mavzusida biz nuqta bilan aylanani, ikkita aylanani, to‘g‘ri chiziqlarni 
berilgan radius orqali qoidasi asosida osonlikcha tutashtira olamiz. dastur esa bizga 
buni avtomatik tarzda quyidagi funksiya – ―
‖ orqali osonlikcha bajaramiz.
Istisno tariqasida shuni eslatib o‘tish kerakki dastur bizga aylana bilan nuqtani 
berilganaylana radiusi bilan tutashtirib bera olmaydi. Bunday noqulaylikni ham 
o‘zimiz yuqorida aytib o‘tganimdek qo‘lda bajarishga majbur bo‘lamiz. Bunday 
murakkabliklar ustida ishlash haqida bitiruv malakaviy ishimning III – bob, 2.2 
qismida ko‘rsatib o‘taman. 


II BOB. 

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish