§. Zyeman hodisasining mohiyati
Magnit maydoni taʼsirida yorug‘likning qutblanish tekisligi aylanishiga bag‘ishlangan tajribalarida magnit hodisalari bilan optik hodisalar o‘rtasida bog‘lanish borligini aniqlab bo‘lgach, Faradey spektral chyziqlarga ham magnit maydoni bilan taʼsir ko‘rsatishga urinib ko‘rdi. Uning oxirgi tajribalaridan biri (1862- y.) elektromagnit qutblari orasiga qo‘yylgan natriy bur- lari spektriny maydon berilgan va yo‘qotilgan paytlarda kuzatish- dan iborat edi. Bunda hech qanday dodisa yuz bermagan; bunday bo‘- lishiga Faradey ishlatgan texnik vositalarning takomillash- maganligi (spektral apparatning ajrata olish qobiliyati past va ishlatilgan magnyt maydonlari kuchsiz bo‘lganligi) sabab bo‘lgan.
Faradeyning birinchi magnito-optik kashfiyotidan rosa yarim asr o‘tgach, Zyeman (1896 y.) tashqi magnit maydoni taʼsirida spektral chiziqlar chastotasining zaif o‘zgarishini topdi. Zyeman qux- rilmasyning prinSipial sxemasi Faradeyning oxirgi tajriba sidagi qurilmaga mos kelar edi. Biroq bundan keyingi tajriba- larda Zyeman muhim qo‘shimcha kiritdi: Zyeman spektral chiziqlar chastotasining o‘zgarishini kuzatishdan tashqari, Lorents ko‘rsat- malariga muvofiq bu chiziqlar qutblanishining xaraktyoriga ham diqqat jalb qildi; maʼlumki, o‘sha vaqtda Lorents optik hodi- salarning elektron nazariyayoini xam rivojlantirayotgan edi.
Zyoeman tajribalarining sx'emasi va kadmiyning juda ensiz yashil-zangori'chizigi uchun amalga oshirish mumkin bo‘lgan eng sodda holdagi natijalari quyidagidan iborat. Bir jinsli 10 000—- 15 OOO^E maydon hosil qila oladigan ^kuchli elektromagnitning
31.1-rayem. Zyeman hodisasini kuzatish sxemasi.
(31.1-rayem) qutblari orasiga chiziqli spektr beradigan manba, masalan, Geysler trubkasi yoki vakuum yoyi qo‘yiladi. Magnit maydoni- ni ko‘ndalangiga gina emas (ko‘ndalang effekt), balki maydon bo‘ylab ham kuzatish (brylama effekt) mumkin bo‘lishi uchun elektro- magnitning o‘zagi teshib qo‘yilgan. Yorug‘lik ajrata olish kuchi katta (100 000 chamasida) bo‘lgan Sp spektral apparatga, masalan, difraksion panjara yoki interferension spektroskopga tushi- riladi. Chiqayotgan yorug‘likning qutblanish xarakterini analiz qilish uchun nur yo‘liga har xil moslamalar (L linza, N analizator va chorak to‘lqinli plastinka) qo‘yiladi. Yorug‘likni magnit maydonining o‘zi qutblaydi. Spektral chiziklarningmurakkab tur- larini kuzatish uchun kuchliroq (40 000 E ga yaqin) magnit maydon- lari va kuchlirok spektral apparatlar (ajrata olish kuchi 300 000— 400 000 chamasida) ishlatishga to‘g‘ri keladi. Baʼzan tajriba bir necha soat davom etgani uchun magnit vaqt o‘tishi bilan magnit may- donini doimiy qilib turishi kerak, ajrata olish kuchi katta bo‘lgan spektral apparat ishlatish uchun temperatura deyarli bir darajada turishi kerak.
Eng sodda spektral chiziklarga, masalan,N, Zn, Cd larning baʼzi chiziqlariga oid natijalar quyidagidan iboret. Magnit maydoni bo‘lmagan vaqtda chastotasi v bo‘lgan chiziq magnit maydo- nida maydon bo‘ylab kuzatishda chastotalari v—Av va v -J- Av bo‘lgan dublet tarzida ko‘rinadi: bundagi birinchi chiziq chap doira bo‘ylab, ikkin- chisi o‘ng doira bo‘ylab qutblanadi; maydon- ga ko‘ndalang kuzatishda bu chiziq chastotalari v Av, v, v — Av bo‘lgan triplet tarzida ko‘- rinadi; chetki chiziqlar (o- komponenta lar) shun- day qutblanganki, ulardagi tebranishlar magnit maydonining yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi, o‘rtadagi chiziqning (l- komponentaning) qutb- lanishi magnit maydoni bo‘ylab tebranishga mos keladi. Av siljish kattaligi magnit maydonining kuchlanganligiga proporsionaldir. Nihoyat, l- komponentaning intensivligi inten- sivliklari teng bo‘lgan har bir o- komponentaning intensivligidan ikki marta kuchlidir; do- iraviy qutblangan komponentalarning bo‘ylama effektdagi intensivligi ko‘ndalang effektdagi l- komponentaning intensivligi bilan bir xil bo‘ladi.
31.2-rayem. Zeyeman- ning oddiy (normal) effektining sxematik tasviri.
a — maydon bo‘lmagan
holda chiziq
qutblanmagan; b — may-
don ta’sir etayotgan
h olda ko‘ndalang ef-
fektu—maydon ta’-
sir etayotgan holda bo‘y-
lama effekt.
Intensivliklarning bayon etilgan taqsimoti shuni ko‘rsatadiki, kuchlanganligi nolga teng bo‘lgan maydonga o‘tilganda spektral chiziqlar ajralmaydi, har qanday yo‘nalish bo‘yicha atom nurlanishining intensivligi bir xil bo‘ladi, haqiqatda ham xud- di shunday bo‘ladi.
Spektral manzaraning sxematik tasviri 31.2-rasmda ko‘rsatil- gan, bunda chiziqlarning balandligi spektral chiziqlarning in- tensivligini chiziqli masshtabda ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |