m^hvjc2 (178. 1)
ifoda bilan aniqlanadi. Foton yorug‘lik tezligi bilan harakat qilgani uchun u absolyut qiymati
r = ts = hv/c (178. 2)
bo‘lgan impulsga ega bo‘lib, impulsning yo‘nalishi to‘lqin yo‘na- lishi bilan bir xil. Shunday ^ilib, foton energiyasi hv ga, maye- sasi /iv/c2ra, impulsining kattaligi hv>c ga teng. 1
Fotonning korpuskulyar xususiyatlariga berilib ketib opti- kada biz tanishib chiqqan juda ko‘p hodisalar uchun to‘lqin tasav- ] vurlar yuksak darajada unumli ekanligini yoddan chiqarib qo‘ymas- ligimiz kerak. Fotoeffekt xrdisasida ham yorug‘likning to‘lqin klassik tasavvurlariga foydali bo‘ladigan xususiyatlar bor. Bu | xususiyatlar fototok kuchining to‘lqin [uzunligiga bog‘likligini tyekshirganda yaqqol seziladi.
32.7- раем. Фототок кучининг тўлқин узунлигига боғлиқ бў- лиши. Нормал фотоэффект; Хо «кизил чегарага» мос келади.
179-§. Fototok kuchining yoruglik to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lishi
Fototok kuchining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini tekshirish uchun monoxromatik yorug‘lik nu- rining maʼlum energyayasiga mos keladigan to‘yinish tokining ku- chini aniqlash kerak. Bunday o‘lchash natijalari 32.7-ras mda ko‘r- satilgan bo‘lib, bu yerda ordinata- lar o‘qi bo‘ylab I to‘yinish toki kuchining yutilgan nur energiyasi- ga bo‘lgan nisbati, abssissalar o‘qi bo‘ylab to‘lqin uzunligi qo‘yilgan. 32.7-rasmdan «qizil чегара» L = Lo ga mos kellshi va to‘lqin uzunligining kamayishi bilan yutilgan energiya birligiga to‘g‘ri keladigan tokning kuchi ortib borishi ko‘rinadi. Bundan to‘lqin uzunligi qisqaroq bo‘lgan yorug‘likning taʼsiri kuchliroq ekanligi ko‘rinadi. Agar tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi qancha qisqa bo‘lsa, yutilgan energiya birligidagi kvantlarning soni shuncha kam bo‘lishi (chunki qisqa to‘lqinlarda hv = hc/K ga teng bo‘lgan kvantlarning o‘zi katta) hisobgaolinsa, 32.7-rasmdan «yirikroq” fotonlarga o‘tgan sari ularning elektronlarni ajra- tib chiqarish qobiliyati shu qadar ortishi yaqqol ko‘rinadi.
Lekin tajriba 32.7-rasmda ko‘rsatilgan grafik hamma vaqt ham shunday bo‘lavermasligidan dalolat beradi. Bir qator metall- larda, ayniqsa qizil chegarasi spektrning ko‘rinuvchan va hatto infraqizil sohasida bo‘lgan va shu sababli to‘lqin uzunlikla- rining keng intervaliga sezgir bo‘lgan ishqoriy metallarda quyi- dagi xususiyat bor: tok kuchi spektrning maʼlum bo‘lagida aniq ifodalangan maksimumga ega bo‘lib, shu bo‘lakning chap va o‘ng to- monida keskin kamayadi (selektiv, yaʼni saylama fotoeffekt, 32.8- rasm). Fotoelektr hodisalarining selektivligi rezonans hodisa- lariga o‘xshab ketadi. Xuddi metall ichidagi elektronlar xususiy tebranish davriga ega bo‘lib, uyg‘otuvchi yorug‘lik chastotasining qiymati elektronning xususiy chastotasi qiymatiga yaqinlashganda elektronlarning terbanish amplitudalari ortib, ular chiqish iщini bajarishga qobul bo‘ladiganday tuyuladi.
32.8- раем. Селектив фотоэффект соҳасида фототок кучининг тўл- қин узунлигига боғлиқлиги’
32.9- расм. Тебраниш йўналиши- нинг селектив фотоэффект кат- талигита кўрсатадиган таъсири.
Selektiv fotoeffekt yorug‘likning qutblanish yo‘nalishiga va tushish burchagiga bog‘liq bo‘lishiga qarab bunday fikrni tasdits- landi de hisoblash mumkin. Agar tushayotgan yorug‘lik nuri (32.9- rasm) uning elektr vektori tushish tekisligiga parallel (Yes) bo‘ladigan tarzda qutblangan bo‘lsa, effekt keskin kuchayadi. Ak- sincha, qutblanish tekisligi 90° ga burilganda (YE±) selektiv fotoeffekt yuz bermaydi. Birinchi holda elektr vektori metall sirtiga yerpendikulyar bo‘lgan tashkil etuvchiga ega, ikkinchi holda esa
bunday tashkil etuvchi yo‘q. a tushish burchagi to‘g‘ri burchakka qancha yaqin bo‘lsa, metall sirtiga perpendikulyar bo‘lgan Eo komponenta shuncha katta bo‘lishini ko‘rish qiyin emas (q- 32.9-rasm). Haqiqatan ham, tushish burchagi ortishi bilan selektiv fotoeffekt maksimu- mining kattaligi keskin o‘sadi (32.10-rasm).
Agar tushish burchagi yetarlicha katta bo‘lsa, selektiv fotoeffekt sohasida E vektor yo‘nalishining o‘zgarishi, yaʼni elektr vekto- rining joylashishi fototokning kattaligiga juda aniq taʼsir ko‘rsatadi. To‘yinish toki kuchining to‘lqin uzunligiga bog‘lanishi 32.11-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, bu grafiklar elektr vektorining tushish tekisligiga perpendikulyar (YE±) ,va parallel (£y) bo‘lgan ikki yo‘nalishiga oiddir. Rasmda ko‘rsatilgan egri chiziqlar tushish burchagi 60° va sezgirlik maksimumi X — 390,0 nm to‘lqin uzunligiga mos keladigan kaliy va natriy qotishmasiga doir. Quyidagi jadvalda bir qator toza metallar uchun maksimumga mos keladigan to‘lqin uzunliklar ko‘rsatilgan^
Seziy 510,0 nm Litiy 280,0 nm
Rubidiy 480,0 nm Bariy 400,0 nm
Kaliy 435,0 nm Magniy 250,0 im
Natriy 340,0 nm Alyuminiy 215,0 nm
Boshqa metallarda ham selektiv effekt kuzatilishi extimol, lekin ularga tegishli maksimumlar spektrning juda qisqa to‘l- qinlar sohasida bo‘lib, kuzatish juda qiyin.
32.10- раем. Селектив фотоэффект кат- талигининг тушиш бурчагига боглиқ бўлиши.
32.11- раем. Фотоэффектнинг тўлқин узунлигига тебранишнинг икки хил йў- налиши учуй боғлиқлиги.
Do'stlaringiz bilan baham: |