― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


 Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

4.4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.  

Iqtisodiyotda bo‗ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi 

tashkil  etadi.  Naqdsiz  pul  aylanishi  naqd  pulsiz  hisob-kitob  shakllari  asosida  olib 

boriladi.  Naqd  pulsiz  hisob  kitoblarning  keng  ishlatilishiga  ko‗p  tarmog‗li  bank 

tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‗rganish va 

uni  tartibga  solish  nu.tai-nazaridan  davlatning  qiziqishi,  mulkchilik  shakllarining 

ko‗payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo‗ladi. 



Iqtisodiyotda  naqd  pulsiz  xisob-kitoblar  ma‘lum  tizim  asosida  olib  boriladi. 

Naqd  pulsiz  xisob-kitoblar  tizimi  o‗z  ichiga  hisob-kitoblarni  tashkil  qilish 

tamoyillari,  shakllari,  usullari  hamda  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  tashkil  qilish 

oldida qo‗yilgan talablarni oladi. 

Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  bir  necha  shakllarda  olib  boriladi  va  bu  shakllar 

vaqt o‗tishi bilan o‗zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz 

hisob-kitoblar  O‗zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  belgilagan  va  halqaro 

amaliyotda  qabul  qilingan  shakllarda  tashkil  etiladi.  Hisob-kitob  shakllari 

deyilganda  huquqiy  me‘yorlarda  ko‗zda  tutilgan,  pul  mablag‗larining  maqsulot 

etkazib  beruvchi  yoki  xizmat  ko‗rsatuvchi  korxona  va  tashkilotlarning 

hisobvarag‗iga  yozish  usuli,  hisob-kitob  hujjatining  turi  va  hujjatlar  aylanishi 

tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.  

Xalqaro  bank  amaliyotida  naqd  pulsiz  hisob  kitoblarning  4ta  shaklidan 

foydalanadi.  

 

To‘lov topshiriqnomalari 



  Cheklar 

  Hujjatlashtirilgan akkreditivlar 



  Inkasso 



 Iqtisodiy  kontragentlar  o‘rtasidagi  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  amalga 

oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 

1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar; 

2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar; 

3) bo‘nak to‘lovlari shaklidagi hisob-kitoblar; 

4) ochilgan hisobvaraq bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar; 

5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar. 

O‗zbekiston  Respublikasi  banklari  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  quyidagi 

shakllarda tashkil etadilar va amalga oshiradilar: 

1) 


to‗lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; 

2) 


akkreditiv bo‗yicha hisob-kitoblar; 

3) 


inkasso bo‗yicha hisob-kitoblar; 

4) 


cheklar bilan hisob-kitoblar. 

Ko‗rsatilgan shakllar bo‗yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda 

quyidagi pul-hisob-kitob xujjatlaridan foydalaniladi: 

1) 


memorial order; 

2) 


to‗lov topshiriqnomasi; 

3) 


to‗lov talabnomasi; 

4) 


inkasso topshiriqnomasi; 

5) 


akkreditivga ariza; 

6) 


tijorat bankning hisob-kitob cheki. 

Shuningdek,  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  plastik  kartochkalar  foydalangan 

holda, amalga oshirilishi mumkin. 

Banklar memorial  orderlardan fuqarolarning,  olib  borayotgan  tadbirkorlik 

faoliyati  bilan  bog‗liq  bo‗lmagan  holda,  yozma  topshiriqnomalari  bo‗yicha  naqd 

pulsiz  pul  mablag‗larini  o‗tkazishni  amalga  oshirishda  foydalanishlari  mumkin. 




Tijorat  banklari  o‗z  operatsion  xarajatlarini  naqd  pulsiz  tartibda  amalga 

oshirayotganda memorial order tuziladi.  

Bank  ish  kuni  yakunlanib,  balans  hisoboti  tuzilib  O‗zbekiston  Respublikasi 

Markaziy bankiga jo‗natilganidan so‗ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu 

xato  yozuvlar  kiritilgan  hisobvaraqlarga  ertasi  bank  ish  kuni  teskari  buxgalteriya 

yozuvlari  kiritish  (storno  berish)  yo‗li  bilan,  tuzatish  memorial  orderlari  asosida 

to‗g‗rilanishi  lozim.  Bunday  hollarda  hisobvaraqlardan  summalar  mijozlarning 

roziligisiz  hisobdan  chiqariladi.  Bu  haqda  bank  bilan  mijoz  o‗rtasida  tuzilgan 

shartnomada ko‗rsatib o‗tilgan bo‗lishi shart.  

To‗lov  topshiriqnomasi -  mijozning  unga  xizmat  ko‗rsatuvchi  bankka  o‗z 

hisobvarag‗idan  oluvchining  hisobvarag‗iga  ma‘lum  bir  summani  o‗tkazish 

to‗g‗risidagi topshirig‗ini anglatadi.  

To‗lov  topshiriqnomalari  bilan  hisob-kitoblar  bo‗yicha  hujjatlar  aylanishini 

quyidagi rasm orqali ko‗rish mumkin: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish