Savdo maishiy
xizmat tashkiloti
Hunarmand
dehqon
Aholi
Korxona tashkilot
Bank
2.
Moliyaviy majburiyatlar bo‗yicha pul aylanishi.
Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko‗rsatish va kapital qurilish
jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi.
Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to‗lovlar, ya‘ni
foydadan to‗lanadigan soliq, qo‗shilgan qiymat solig‗i va boshqa majburiy
to‗lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit
uchun foizlarning to‗lanishi, sug‗urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi.
Naqdsiz pul aylanmasi quyidagi printsiplar asosida tashkil etiladi:
1. Naqdsiz pul aylanmasining me‘yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.
O‘zbekistonda naqdsiz pul aylanmasining qonunchilik asoslari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
-O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
-O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonuni
-O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonuni
2. Naqd pulsiz hisob kitoblarni asosan banklarda ochilgan hisob raqamlar
orqali o‘tkazilishi.
Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega.
Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari
hisobidan amalga oshiriladi.
Amaliyotda bir tijorat bankining mijozi ikkinchi bir tijorat bankining mijozi
foydasiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshiradi. Bir bankdan 2-bankka o‘tayotgan
to‘lovlar banklarning Nostro vakillik raqamlari orqali o‘tadi. Banklarning 2 turdagi
nostro vakillik hisob raqamlari mavjud:
1. Vertikal vakillik hisob raqami
2. Gorizontal vakillik hisob raqami
Odatda har bir tijorat banki milliy valyutada bitta vertikal bitta gorizontal
vakillik hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Vertikal vakillik hisob raqami Markaziy bankning balansida ochiladi.
Gorizontal vakillik hisob raqami mamlakatning boshqa tijorat bankida
ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari milliy valyutada faqat bitta nostro
vakillik hisob raqamga ega. Bu hiso raqam O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining balansida ochilgan. Aniqrog‘i Markaziy bankning Toshkent shahar bosh
boshqarmasidaochilgan.
3. To‘lovchining va to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi. To‘lovchining va
to‘lovchining bankini likvidli bo‘lishi deganda ularni o‘z majburiyatlarini pul
mablag‘lari bilan o‘z vaqtida va to‘liq to‘lay olish qobiliyatiga aytiladi. Xalqaro
ta‘mirlash va taraqqiyot banki ekspertlari korxonalarning likvidligini baholash
uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni taklif qilishgan:
Joriy likvidlik koeffitsienti – (Jlk)
JA-joriy aktivlar
JP-joriy passivlar
Jlk=JA/JP
Jahon banki ekspertlari tomonidan bu koeffitsientining eng past normativ
darajasini 1.25 qilib belgilangan.
4. Mijozlar hisob raqam ochishda banklarni erkin tanlash huquqiga ega.
Barcha naqdsiz to‘lovlar to‘lovchining joriy hisob raqamidagi pul mablag‘lari
hisobidan amalga oshiriladi.
5. To‘lovni amalga oshirish uchun to‘lovchining roziligi bo‘lishi kerak.
Ammo qonunchilikda ayrim hollarda to‘lovchidan so‘ramay uning pulidan olib
qo‘yishga ruxsat etilgan. Misol uchun soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘yilgan
Inkasso topshiriqnomalar, sudlarning qarori bilan qo‘yilgan ijro varaqalari to‘lovni
to‘lovchining roziligisiz amalga oshiriladi.
6. To‘lovlarning muddatliligi.
7. Naqdsiz hisob kitoblarni to‘g‘ri amalga oshirilganligi ustidan
o‘tkaziladigan nazoratning mavjudligi.
8. Naqd pulsiz hisob kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarning mulkiy
javobgarligining mavjudligi.
9. To‗lovchi va mablag‗larni oluvchi o‗rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblar va
pul-hisob-kitob hujjatlarining aniq shakli mustaqil ravishda shartnoma (bitim)ga
muvofiq belgilanadi.
Bank hisobvarag‗i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‗yilgan
bo‗lmasa, bank pul mablag‗larini, tegishli to‗lov hujjati bankka kelib tushgan
kunda, agar u bankning operatsiya kuni mobaynida tushgan bo‗lsa, mijozning
hisobvarag‗iga kiritib qo‗yishi yoki uning hisobvarag‗idan o‗tkazib berishi shart.
To‗lov hujjati operatsiya kuni tugaganidan keyin tushgan taqdirda, bank
to‗lovni keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart.
Hisob-kitoblar bo‗yicha to‗lovchi va mablag‗larni oluvchi o‗rtasidagi o‗zaro
da‘volar qonunda belgilangan tartibda ko‗rib chiqiladi.
O‗zbekiston Respublikasi hududida banklararo hisob-kitoblar tijorat
banklarining Markaziy bank Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik
hisobvaraqlari orqali elektron to‗lovlar tizimi bo‗yicha milliy valyutada amalga
oshiriladi. Banklarda hisob-kitoblar bo‗yicha elektron hujjat aylanmasi ―Markaziy
bankning banklararo to‗lov tizimi orqali elektron to‗lovlarni amalga oshirish tartibi
to‗g‗risida»gi Nizom ga muvofiq, tashkil qilinadi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bankdagi hisob raqamlar orqali bank ichida, bosh
bankda ochilgan filiallarning tranzit hisob-raqamlari hamda banklararo o‗rnatilgan
vakillik munosabatlari asosida amal qiladi.
Banklararo to‗lov tizimi orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda
quyidagi talablarga rioya etiladi:
a) O‗zbekiston Respublikasi banklari o‗rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblar
bo‗yicha mablag‗larni tezkorlik bilan o‗tkazishni ta‘minlash;
b) uzatilayotgan elektron to‗lov hujjatlarini ruxsatsiz kirishdan himoya qilish;
v) elektron to‗lovlarni tartibga soluvchi qonunlar va qoidalarga rioya qilish.
Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar
«O‗zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish
to‗g‗risida» 2002 yil 12 yanvar O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida olib boriladi. Ushbu Nizom ―Fuqarolik
kodeksi‖, «Markaziy bank to‗g‗risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi,
«O‗zbekiston Respublikasi korxonalari to‗g‗risida»gi Qonunlari va Markaziy
bankning O‗zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi
boshqa me‘yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
―O‗zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‗g‗risida»gi nizom
O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ―O‗zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to‗g‗risida‖gi, ―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi, "Xo‗jalik
yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‗g‗risida"gi,
"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‗g‗risida"gi Qonunlariga,
O‗zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik xujjatlariga muvofiq ishlab
chiqilgan bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni
o‗tkazish tartibini belgilaydi. Ushbu tartib naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga
oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga - O‗zbekiston Respublikasining
rezidentlari va norezidentlariga tadbiq qilinadi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini oshirishga qator
omillar ta‘sir qiladi. Xususan:
1.Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo‗lgan ishonchining
yuqoriligi. Agar yuridik va jismoniy shaxslar banklarga nisbatan ishonchi yuqori
darajada bo‗lmasa, banklarga naqd pullarni topshirishga bo‗lgan moyilligi
pasayadi, hisob – kitoblarni naqd pullarda amalga oshirishga intiladi.
2.Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsienti darajasining tegishli me‘yori
ta‘minlangan bo‗lishi lozim. Iqtisodiyotning etarli darajada pul bilan
ta‘minlanganlik darajasi monetizatsiya koeffitsienti asosida aniqlanadi.
Monetizatsiya koeffitsienti mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan aniqlanib,
xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlarning fikrlariga ko‗ra uning miqdori,
o‗tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda 45-60 foizdan iborat bo‗lishi lozim.
Agar mamlakatda monetizatsiya koeffitsienti ushbu miqdordan past bo‗lsa
iqtisodiyotda pul taqchilligi, tijorat banklarida likvid mablag‗lar va resurslarning
etishmasligi, kreditlar va omonatlar bo‗yicha foiz stavkalarining yuqoriligi
kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatadi;
3.Tijorat banklarining resurslarga bo‗lgan ehtiyojining etarli ravishda
qondirilmasligi. Ma‘lumki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan
pullar o‗zining boshlang‗ich nuqtasiga qaytib kelmasligi banklarning resurs
bazasiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Buning oqibatida tijorat banklarining real sektorni
kreditlash uchun yo‗naltirayotgan resurslarning taqchilligi, omonatlarga
to‗lanadigan to‗lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o‗z navbatida naqd pulsiz
hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |