|
Bog'liq pul va banklar
Tovar pullar.
To‗lov tizimining rivojlanish istiqbollarini baholash uchun, uning shakllanish
tarixini o‗rganish lozim. Pul funksiyasini bajaradigan har qanday ob‘ekt universal
jihatdan qabul qilingan bo‗lishi shart va barcha tovarlar va xizmatlar uchun to‗lov
sifatida qabul qilishga rozi bo‗lishi lozim. Har bir kishi uchun ahamiyatga ega
bo‗lgan ob‘ekt iqtisodiyotda pul rolini bajarish uchun ehtimoliy nomzod
hisoblanadi. Qimmatbaho metall yoki boshqa qimmatli tovardan ishlangan pullar
tovar pullar deyiladi. Qadimgi davrdan toki so‗nggi o‗rta asrlargacha eng
primitivlaridan tashqari barcha jamiyatlarda ayirboshlash vositasini tovar pullar
bajarishgan. To‗laligicha qimmatbaho metallar asoslanadigan to‗lov tizimining
muammosi shundan iborat ediki, bunday pullar juda og‗ir va bir joydan ikkinchi
joyga tashish juda ham qiyin edi.Barcha narsalarni faqat metall pullarga sotib
olishga to‗g‗ri kelganda, sizning cho‗ntagingizda qanday teshiklar bo‗lishini
tasavvur qilib ko‗ring. SHunisi aniqki, biror narsani xarid qilishga to‗g‗ri kelib
qolsa, uyingizdan pullarni etkazib berish uchun yuk mashinasi yollashingiz talab
qilinadi.
Qog„oz pullar.
To‗lov tizimi rivojlanishining keyingi bosqichi qog‗oz pullar hisoblanadi.
(ayirboshlash vositasi sifatida foydalaniladigan qog‗oz varaqlari). Dastlab qog‗oz
pullarni tangalarga yoki ma‘lum bir miqdordagi qimmatbaho metallarga
ayirboshlashni kafolatlash tizimi mavjud edi. Ammo ko‗plab mamlakatlarda bu
qog‗oz pullar qonuniy ravishda qarzlarni to‗lash bilan bog‗liq ayirboshlash
operatsiyalarida foydalaniladigan, ammo tangalarga yoki qimmatbaho metallarga
ayirboshlanmaydigan fidutsiar qog„oz pullarga aylandi. Qog‗oz pullarning eng
katta ustunligi shundan iboratki, ular tangalar yoki qimmatbaho metallarga
nisbatan engilroq edi. Ammo ayirboshlash vositasi sifatida ular faqatgina qog‗oz
pullarni muomalaga chiqaruvchi hokimiyatga faqatgina ma‘lum bir ishonch
bo‗lgan holatdagina ayirboshlash vositasi sifatida qabul qilingan. Qog‗oz
pullarning bosma holati sifati etarli ravishda yuqori darajada bo‗lishi hamda
qalbakilashtirishning imkoni mavjud bo‗lmasligi lozim. Qanchalik darajada
qog‗oz pullar kelishuv shakli bo‗lsa, mamlakatlar yangi pullarni muomalaga
chiqarishlari yoki o‗z xohishiga ko‗ra eski pullarga o‗zgartirishlar kiritishlari
mumkin. Darhaqiqat, 2002 yilda ko‗plab Evropa mamlakatlari o‗zlarining milliy
valyutalarini bekor qilib, evroga o‗tishlari yaqqol misol bo‗ladi. Qog‗oz pullar va
tangalarning eng katta kamchiligi ularning osonlik bilan o‗g‗irlanishi va
hajmining yirikligi hisobiga katta miqdorda tashish juda katta xarajatlarni talab
qilishi hisoblanadi. Bu muammoni hal etish maqsadida to‗lov tizimi rivojlanishida
navbatdagi qadam tashlandi. Bank ishining zamonaviy darajasi cheklarni keng
tatbiq etilishini ko‗zda tutadi.
Cheklar.
Chek –bir hisobraqamdan boshqasiga pulni o‗tkazish bo‗yicha bankga
topshiriqdir. Cheklar katta miqdordagi naqd pullardan foydalanmasdan
ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Cheklarning tatbiq
etilishi to‗lov tizimining samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Ko‗pgina
to‗lovlar qarama-qarshi yo‗nalishlarda amalga oshirila turib, bir-birini o‗zaro
so‗ndiradi. Cheklar yordamida to‗lovlarning o‗zaro so‗ndirilishi naqd pullarsiz
sodir bo‗ladi. O‗z navbatida, cheklardan foydalanish to‗lov tizimi bilan bog‗liq
transport xarajatlari qisqartiradi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Cheklarning boshqa ustunligi shundan iboratki, ularga hisobrakamdagi qoldiqdan
oshib ketmaydigan summada har qanday summani yozish mumkin. Bu yirik
operatsiyalarni amalga oshirishni engillashtiradi. Cheklar xarid uchun hisob-kitob
qilishda qulayligi bois o‗g‗irlatish imkonini bermaydi. Ammo cheklarga
asoslangan to‗lov tizimida ikkita kamchilik mavjud. Birinchidan, chekni bir joydan
ikkinchi joyga etkazib berish vaqt talab qiladi. Bu holat juda ham pulga ehtiyoji
bor to‗lovni oluvchi boshqa shaharda joylashganda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari siz chekni egasi sifatida bilasizki, chekda yozilgan summani
depozitga kirim qilganingizdan so‗ng bank bir necha kundan so‗ng sizga
depozitdan foydalanishga ruxsat beradi. Agar sizga zudlik bilan naqd pul zarur
bo‗ladigan bo‗lsa, cheklar bilan to‗lovni amalga oshirish xafsalani pir qiladi.
Ikkinchidan, cheklarni chop etadigan qog‗oz qimmatga tushadi; baholashlaricha
AQShda cheklarga ishlov berish xar yili 10 mlrd. AQSh dollari sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|