― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

3.1. Pul nazariyasining mohiyati 

 

ul  nazariyasining  olamshumul  ilmiy  ahamiyati  shundaki,  u  barcha 



iqtisodiy  fanlarning  bazisi  hisoblanadi.  Haqiqatda  ham  birorta  iqtisodiy 

                                                 

34

Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 



2013. pp. 94-104 




adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bog‗liq munosabatlarni o‗zida aks 

ettirmagan bo‗lsa.  

Pulning  nazariy  tabiati  bir  nechta  bo‗lib,  qator  konsepsiyalarda  uning 

mavjudligini  tabiiy  asoslari  va  amal  qilishining  sabablari  keltiriladi.  Shartli 

ravishda buni ―tovarli‖ va ―tovarsiz‖ konsepsiyalarga ajratish mumkin

35

.  



Tovarli  konsepsiyada  pulning  qimmatliligini  aniqlashda  asosiy  e‘tibor  real 

foydali  hisoblangan  ichki  qiymatiga  qaratiladi.  Bu  borada  juda  keng  tarqalgan 

pulning metallilik nazariyasi e‘tiborga olinadi. 

Pulning  tovarsiz  konsepsiyasida  uning  tovarni  sotib  olish  huquqini  beruvchi 

qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‗rinishi kabi belgilariga e‘tibor qaratiladi.  

Albatta,  pul  nazariyasining  ko‗p  qirraliligi  va  uning  iqtisodiy  kategoriya 

sifatida  amal  qilishi  juda  ko‗p  iqtisodchi  olimlar,  mutaxassislar,  ekspertlar 

tomonidan e‘tirof etilgan. E‘tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va 

mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi 

haqidagi qarashlari, ta‘limotlari va g‗oyalari juda ko‗p hollarda bir  – biridan farq 

qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi 

olimlar,  mutaxassislar  va  ekspertlarning  pul  nazariyasi  haqidagi  asarlarining  turli 

vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir. 

Jamiyatda  mehnat  taqsimotining  mavjudligi,  kishilarni  bir  –  biriga  bog‗lab 

turadilar,  ular  o‗rtasida  mahsulotlar  va  resurslar  almashuvini  ta‘minlaydigan 

mexanizmni  amal  qilishini  talab  etadi.  Ushbu  mexanizm  bozor  bo‗lib,  bozor 

kishilar  faoliyatini  tartibga  soladi  va  ularning  manfaatlarini  bir  –  biriga  mos 

kelishini  ta‘minlaydi.  Kishilar  faoliyatini  harakatga  keltiruvchi,  ular  o‗rtasidagi 

ayirboshlashni  ta‘minlovchi  va  ularning  manfaatlarini  tartibga  soluvchi  vosita 

sifatida pul maydonga chiqadi. 

Ma‘lumki,  jamiyatda  ayirboshlash  munosabatlarining  dastlabki  davrlarida 

kishilar  barterdan  juda  keng  ravishda  foydalangan,  keyinchalik  ular  barter,  ya‘ni 

tovarni  –  tovarga  almashtirish  jarayoni  ma‘lum  qiyinchilik  va  qo‗shimcha  vaqtni 

talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar. 

Pul  – barcha  tovarlarning  umumiy  ekvivalenti sifatida  maydonga  chiqadigan 

―maxsus  tovar‖  bo‗lib,  uning  yordamida  barcha  tovarlar  qiymati  o‗lchanadi. 

Pulning  jamiyatda  amal  qilishi  va  uning  evolyusiyasi  bilan  bog‗liq  masalalar 

iqtisodiy  adabiyotlarda  pul  nazariyasi  sifatida  talqin  etiladi.  Ushbu  iqtisodiy 

adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi 

uchta guruhga ajratib o‗rganiladi.  




Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish