― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

3.2. Pulning metallik nazariyasi 

 

ulning  metallik  nazariyasi  XVI  –  XVII  asrlarda  dastlab  kapitalning 



boylik  sifatida  jamg‗arish,  kapitalistik  tuzumning  shakllanishi  va 

rivojlanishi sharoitida vujudga keldi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og‗irlik 

miqdorini  kamaytirish)  ga  qarshi  kurashda  progressiv  (ijobiy)  rol  o‗ynadi.  Bu 

nazariyalar  o‗sha  davr  ruhi  va  vujudga  kelayotgan  burjuaziya  ehtiyojlarini  aks 

                                                 

35

 Деньги. Кредит. Банки: учеб, – 2 изд., перераб. и доп. / под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК 



Велби, Изд – во Проспект, 2008. –С. 224. 




ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo‗lib chiqdilar.Bu nazariya 

o‗sha davr kapitalizmining eng rivojlangan Angliya davlatida maydonga keldi. 

Ularning  fikricha,  barqaror  metall  valyuta  jamiyat  iqtisodiy  taraqqiyotining 

muhim  shartlaridan  biridir.  Jamiyat  a‘zolarining  jamg‗arishga  bo‗lgan  intilishi 

iqtisodchilarning  boylikning  manbaini  o‗rganishlariga  sabab  bo‗ldi.  Ular  bu 

manbani  savdodan  izladilar.  Ularning  e‘tirof  etishlaricha,  aktiv  savdo  balansi 

mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta‘minlaydi. 

Shunday  qilib,  ilk  metallik  nazariyasi  tarafdorlari  jamiyat  boyligini 

qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi 

deb hisoblar edilar. 

Ma‘lumki,  pul  birligining  sotib  olish  qobiliyati  metall  asosida  aniqlanadi, 

metall  tangalar  o‗zida  pulning  haqiqiy  qiymatini  aks  ettirib,  ulardan  tanga 

(moneta)lar  zarb  etilgan.  Shu  bois  ham  metall  pul  nazariyasini  qo‗llab  – 

quvvatlovchi  iqtisodiy  nazariyachilar  vakillari  qog‗oz  pul  nazariyasini  inkor 

etadilar.  Metall  pul  nazariyasi  vakillari  ushbu  ta‘limotni  yoqlab  chiqqanlarida 

asosan  nodir  metallarni,  ya‘ni  kumush  va  oltin  tangalarni  nazarda  tutadilar. 

Ularning ta‘limotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy 

pul bo‗lib, ular o‗z qiymatlarini yo‗qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin 

pullar  ayirboshlash  munosabatlarida  real  qiymatlari  asosida  ishtirok  etib, 

iqtisodiyotda inflyasiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya ta‘kidlaydilar. 

Ushbu  olimlarning  ilmiy  karashlaricha  mamlakatning  boyligi  pulning 

ko‗payishi bilan belgilanishi kerak xamda metall pullar faqat oltin va kumushdan 

yaratilishi lozim. Bundan kelib chiqadiki,  metallistlar nazariyasiga ko‗ra: pulning 

moxiyati  ijtimoiy  zaruriy  mehnatning  rivojlanishi  bilan  belgilanmasdan  oltin  va 

kumushning tabiiy xususiyatlari bilan belgilanadi, ya‘ni qanchalik ushbu metallar 

sifatli bo‗lsa pulning qadri shuncha yuqori bo‗ladi.    

Pulning  metallik  nazariyasi  kapital  harakatining  dastlabki  davrida  taraqqiy 

etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og‗irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi 

kurashda  progressiv  rol  o‗ynadi.  Bu  nazariyalar  o‗sha  davr  ruhi  va  tuzilayotgan 

burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori 

bo‗lib  chiqdilar.  Bu  nazariya  o‗sha  davr  kapitalizmining  eng  rivojlangan  davlati 

Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyasining asoschilaridan biri U. Stefford 

(1554-1612 y.) edi. U o‗z qarashlarini o‗zining Londonda 1581 yilda chop etilgan 

«Vatandoshlarimizning ba‘zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. 

Bu  oqim  tarafdorlari  Angliyada  T.  Men  (1571-1641y.),  D.  Nors  (1641-1691y.), 

Fransiyada bu ta‘limotni A. Monkreten (15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728-

1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. 

Ularning  fikricha,  barqaror  metall  valyuta  jamiyat  iqtisodiy  taraqqiyotining 

muhim  shartlaridan  biridir.  Jamiyat  a‘zolarining  jamg‗arishga  bo‗lgan  intilishi 

iqtisodchilarning boylik manbaini o‗rganishlariga sabab bo‗ladi. Ular bu manbani 

savdodan  izladilar.  Ularning  e‘tirof  etishlaricha,  aktiv  savdo  balansi  mamlakatga 

oltin va kumushning kelishini ta‘minlaydi.  

Shunday  qilib,  ilk  metallik  nazariya  tarafdorlari  jamiyat  boyligini 

qimmatbaho  metallar  bilan  almashtirib,  ular  pulning  hamma  funksiyalarini 




bajaradi,  deb  hisoblar  edilar.  Ilk  metall  nazariya  tarafdorlarining  asosiy 

kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:  

– ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi 

maqsadga muvofiq kelishini tushunib yetmadilar;  

–  ilk  metallchilar  pulning  jamiyat  taraqqiyotida  tovar  muomalasi  asosida 

yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;  

– ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‗arishni tushundilar va 

«bunday boylik manbai savdodir» degan noo‗rin fikrga keldilar. 

Ular  jamiyat  boyligi  mehnat  natijasida  vujudga  keladigan  moddiy  va  ruhiy 

qadriyatlar  yig‗indisi  ekanligini  tushuna  olmadilar.  Ilk  metallik  nazariya 

targ‗ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.  

XVIII  asr  oxiri  va  XIX  asrning  birinchi  yarmiga  kelib  sanoat  burjuaziyasi 

manfaatlarini  qondira  olmagan  metallik  nazariya  o‗z  mavqeini  yo‗qotdi.  Ammo 

XIX  asrning  ikkinchi  yarmiga  kelib  nemis  iqtisodchisi,  tarixiy  maktab  vakili  K. 

Knis  (1821-1898  y.)  bu  nazariyani  himoya  qilib  chiqdi.  Bu  g‗oyaning  qayta 

tiklanishiga 1871-1873 yillarda Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab 

bo‗ldi. K. Knis targ‗iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. 

Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham 

e‘tirof etdi. Bu paytga kelib xo‗jalikda kredit asosiy mavqega ega bo‗la boshladi va 

bu  oltin  monetalar  bilan  birga  muomalada  bo‗lib,  ularga  almashtiriladigan 

banknota  emissiyasining  asosini  tashkil  etdi.  K.  Knis  banknotalarni  tan  olgan 

holda,  hech  nima  bilan  ta‘minlanmagan  qog‗oz  pullarga  qarshi  chiqdi.  Uning 

fikricha,  pul  muomalasi  metall  bilan  ta‘minlangan  banknotalar  va  metall 

monetalarga asoslanishi shart. Qog‗oz pullar xuddi «qog‗oz bulka» kabi ma‘nosiz 

narsadir. K. Knis ta‘kidlashicha, oltin o‗z tabiatiga ko‗ra puldir. 

I Jahon urushidan so‗ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta 

tiklash  mumkin  emasligini  tan  olib,  o‗z  nazariyalarini  himoya  qilish  maqsadida 

oltin  quyma  standart  va  oltin  deviz  standartga  asoslangan  banknota  ishlab 

chiqarishni yoqlab chiqdilar.  


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish