|
Biz naqd pulsiz jamiyatga o„tmoqdamizmi?Bog'liq pul va banklar
Biz naqd pulsiz jamiyatga o„tmoqdamizmi?
So‗nggi o‗n yillikda doimiy ravishda naqd pullarsiz jamiyatga o‗tish masalasi
muhokam etib kelinmoqda. Ammo tarixiy rivojlanishning ushbu bosqichi xali xam
amalga oshgani yo‗q. Misol uchun, 1975 yilda Business Week elektron
to‗lovlarning tatbiq etilishi ―tez suratlarda aynan pul konsepsiyasini o‗zgarishi‖
ga olib kelishini bashorat qilgan edi. Ammo bir necha yillar o‗tgandan so‗ng
nashr o‗zining xulosalarini rad qildi. So‗nggi yillarda ist‘emolchilarning elektron
pullardan foydalanishga o‗rgatish maqsadida smart kartalarni tatbiq etish bilan
bog‗liq bilan bir nechta tajribaviy loiyhalarni amalga oshirilishi muvaffaqiyatsiz
yakunlandi. 1995 yilda Buyuk Britaniyada muomalaga chiqarilgan eng birinchi
reklama qilingan xotirali kartochkalardan biri Mondex faqatgina mamlakatning
bir nechta universitet shaxarchalarida foydalanildi. Germaniya va Belgiyada
millionlab odamlar mikroprotsessor o‗rnatilgan kartochkalarga ega bo‗lib, aynan
ushbu kartochkalarni elektron pullar sifatida foydalanish mumkin. Lekin bunday
turdagi kartochkalardan foydalanuvchilar juda kamchilikni tashkil qiladi. Nima
sababdan biz qog‗oz pullarsiz jamiyatga juda sekinlik bilan o‗tmoqdamiz?
Garchand elektron pullar qog‗oz pullar to‗lov tizimiga nisbatan ancha qulay va
samarali bo‗lsada, bir qator kamchiliklarga ega hisoblanadi. Birinchidan,
kompyuter, kard redir va telekommunikatsiyalar tarmog‗ini o‗rnatish juda katta
mablag‗ talab etganligi bois elektron pullar asosiy to‗lov shakli sifatida o‗rin
egallashi qiyin kechmoqda. Ikkinchidan, elektron pullarga o‗tish ishonchlilik va
xavfsizlik masalasida bir qator savollarni o‗rtaga tashlaydi. Biz tez-tez qandaydir
xaker ma‘lumotlar bazasini ochganligi va mavjud ma‘lumotlarga o‗zgartirish
kiritganligi to‗g‗risida eshitib qolamiz. Ko‗p uchrab turadigan xolatlaridan biri
jinoyatchilar elektron to‗lov tizimidagi bank xisobraqamlarini ochishib, birovning
xisobvarag‗idagi pullarni o‗g‗irlash orqali o‗zining xisobraqamiga o‗tkazib
yuboradi. Bunday turdagi firibgarliklarni oldini olish maqsadida qilingan
xarakatlar informatsion texnologiyalar xavfsizligi sohasida yangi tadqiqotlarni
rivojlantirishga turtki bo‗lmoqda. Bu masalada xavotirning kuchayishiga yana bir
sabab shu bilan izohlanadiki, elektron mablag‗lardan to‗lov sifatida foydalanish
sotib oluvchilarning ehtiyojlarini to‗g‗risida ―elektron iz‖ larni qoldirilishiga
sabab bo‗ladi. Xukumat, ish beruvchilar va savdogarlar ushbu ma‘lumotlardan
foydalanishi orqali fuqarolarning shaxsiy hayotiga daxl qilishlari mumkin bo‗ladi.
Yuqorida qilingan muxokamalardan xulosa qilishimiz mumkinki, kelajakda
elektron pullardan foydalanish keng ko‗lamda amalga oshirilishiga qaramasdan,
Mark Tvinning ―naqd pullardan foydalanishning to‗xtashi to‗g‗risidagi mish-
mishlar ancha oshirib yuborilgandir‖.
Elektron pullarning uchinchi shakli elektron naqd pullar hisoblanib, Internet
orqali tovar va xizmatlar sotib olishni ko‗zda tutadi. Internetdan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‗lgan sotib oluvchi bankda o‗z xisobvarag‗ini yuritadi va
o‗zining shaxsiy kompyuteridan elektron naqd pullarni oladi. To‗lovni amalga
oshirishni tugatish uchun elektron magazinga murojaat qiladi va tanlangan tovar
bilan bir qatorda ―sotib olmoq‖ tugmasini bosadi. Natijada elektron naqd pullar
avtomatik ravishda uning kompyuteridan sotuvchining kompyuteriga o‗tadi.
Tovarlar yuklangungacha sotuvchi sotib oluvchining hisobraqamidan pullarni
olishi mumkin. Elektron pullarning qulayligini hisobga olib, uylamizki, biz tezlik
bilan barcha to‗lovlar elektron ko‗rinishda amalga oshiriladigan qog‗oz pullarsiz
jamiyatga o‗tishimiz zarurdir. Afsuski, xozirgi davrgacha bu tizimga o‗tish amalga
oshmadi. (yuqorida keltirilgan ―Biz naqd pulsiz jamiyatga o‗tmoqdamizmi?‖
parchasiga qarang. )
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|