14.4 Mikrokredit tashkilotlari
MT tomonidan insoniyatni global muammolarini hal etish bo‗yicha
tadbirlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun qabo‗l qilingan ming yillik
deklaratsiyasida kambag‗allik masshtabini kamaytirish maqsadi qo‗yilgan. Ushbu
maqsadga
erishishning
hayotbaxsh
strategiyalaridan
biri
bo‗lib
mikromoliyalashtirish bo‗lib, bu o‗zining samaradorligini ko‗pgina davlatlarda
ko‗rsatdi.
Hozirgi vaqtda mikromoliyalashtirish tashkilotlari dunyo bo‗yicha 500
mln.dan ortiq mijozlarga xizmat qiladi, ularning jami zayom portfeli 2,0
mlrd.dollardan oshiqdir. Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyo bo‗yicha
mikromoliyalashtirish tashkilotlari 67,6 mln. oilaga foyda keltirmoqda, ularning
katta qismi – 37,7 mln. mikromoliyalashtirish programmasiga ishtirok etishni
boshlaganlarida juda kambag‗al oilalardan bo‗lganlar.
Mikromoliyalashtirishni tor va keng ma‘noda qarash mumkin. Tor ma‘noda
mikromoliyalashtirish deganda unchalik katta bo‗lmagan kreditlar berish va lizing
xizmatini ko‗rsatishga tushuniladi. Keng ma‘noda esa, mikromoliyalashtirish
deganda
mikrokredit
va
mikrolizingdan
tashqari
mikrojamg‗armalar,
mikrosug‗urtalar, pul o‗tkazmalari va konsalting xizmatlari kabi keng tarmoqli
moliyaviy xizmatlarni o‗z ichiga oladi.
Mikromoliyalashtirish tashkilotlari kichik tadbirkorlarni qo‗llab quvvatlash,
aholining iqtisodiy aktivligini oshirish hisobidan yashash darajasini rivojlantirish
va oilalar daromadini oshirishga yo‗naltirilgandir.
147
Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markrts. Saving and Loan Associations
page 344.
B
42
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‗rsatish
bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatuvchi
yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‗urta, savdo-vositachilik va
Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‗ullanishga haqli
emas. ―Mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlarining boshqa mikromoliyaviy xizmatlar
ko‗rsatuvchi tashkilotlardan farqi, ular qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda
jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabo‗l qilishga ham haqli emas deb
ko‗rsatilgan.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi
mumkin.
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba
uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkiloti ta‘sis hujjatlari asosida faoliyat ko‗rsatadi. Mikrokredit
tashkilotining ustav fondi pul mablag‗laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav
fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan
shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga
olingan mablag‗lardan va boshqa jalb qilingan mablag‗lardan foydalanishga yo‗l
qo‗yilmaydi.
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun
murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‗laridan shakllantirilgan bo‗lishi
kerak.
Mikrokredit tashkilotining firma nomida "mikrokredit tashkiloti" so‗z
birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma
nomiga o‗xshash bo‗lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan
yuridik shaxs o‗z nomida "mikrokredit tashkiloti" so‗z birikmasidan foydalanishga
haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‗zining firma nomi davlat tilida to‗liq yozilgan hamda
joylashgan yeri ko‗rsatilgan muhriga ega bo‗lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning
o‗zida firma nomi boshqa tilda ham ko‗rsatilishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti o‗z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‗z
emblemasiga ega bo‗lishga haqlidir.
Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilishi kerak.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti
mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga
oshiradi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‗g‗risidagi yoki litsenziya berishni
asoslantirilgan holda rad etish to‗g‗risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza
bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‗lgan hujjatlar taqdim
etilgan kundan e‘tiboran o‗ttiz kalendar kun ichida qabo‗l qilinadi.
Bugungi kunda mikrokredit tashkilotlari mikrokredit yoki mikroqarz berish,
qarz majburiyatini sotish yoki sotib olish (faktoring), mikrokredit tashkiloti lizing
43
beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi) va qonun
xujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish, shu
jumladan iste‘mol kredit berish bilan shug‗ullanmoqdalar. Mikrokredit tashkilotlari
kredit siyosatiga muvofiq o‗rtacha yillik 60 % gacha mikrokreditlar bermoqdalar.
Garov, ta‘minot sifatida ular tilla taqinchoqlar, avtomobil vositalari va boshqa
buyumlar qabo‗l qilishadi.Mikrokredit tashkilotlari o‗z faoliyatini belgilangan
qonuniy hujjatlar asosida olib boradilar. Qonuniy baza to‗g‗ri va mustahkam bo‗lsa
ularning faoliyati barqaror bo‗ladi.
Bugungi kunga kelib mikrokredit tashkilotlari asosan jismoniy shaxslarga
xizmat ko‗rsatishlari bilan, berilayotgan mikrokreditlarning uzog‗i bilan 3 ish
kunida ajratilishi va ular asosan naqd pul shaklida berilishlari bilan tijorat
banklarining ko‗rsatilayotgan xizmatlaridan bir muncha ustunlikga ega bo‗lib
kelinmoqda.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kredit muassasalari tomonidan iqtisodiyot
sohalarini, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni noan‘anaviy kreditlash
usullarini qo‗llangan holda rivojlantirish aholi bandligi va daromad darajasini
ortishiga yordam beradi
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‗rsatish
bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatuvchi
yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit
tashkiloti
O‗zbekiston
Respublikasi
hududida
bank
hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‗urta, savdo-vositachilik va ushbu
Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‗ullanishga haqli
emas.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi
mumkin.
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba
uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Mikrokredit tashkiloti ta‘sis hujjatlari asosida faoliyat ko‗rsatadi.
Mikrokredit tashkilotining ta‘sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy
shakldagi yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma‘lumotlarga
qo‗shimcha ravishda quyidagi ma‘lumotlar bo‗lishi kerak:
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy
xizmatlar ko‗rsatish bo‗yicha faoliyat to‗g‗risidagi;
boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to‗g‗risidagi;
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy
xizmatlar ko‗rsatish uchun mablag‗larni shakllantirish manbalari to‗g‗risidagi;
mikrokredit tashkilotida audit o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‗laridan, shuningdek
mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa
mol-mulkdan shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga
olingan mablag‗lardan va boshqa jalb qilingan mablag‗lardan foydalanishga yo‗l
qo‗yilmaydi. Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya
44
olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‗laridan
shakllantirilgan bo‗lishi kerak. Mikrokredit tashkilotining firma nomida
"mikrokredit tashkiloti" so‗z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa
mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga o‗xshash bo‗lmasligi kerak. Ushbu
Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‗z nomida "mikrokredit
tashkiloti" so‗z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‗zining firma nomi davlat tilida to‗liq yozilgan hamda
joylashgan yeri ko‗rsatilgan muhriga ega bo‗lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning
o‗zida firma nomi boshqa tilda ham ko‗rsatilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti
o‗z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‗z emblemasiga ega bo‗lishga
haqlidir.
Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilishi kerak. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit
tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish faoliyatini litsenziya olganidan
keyin amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‗g‗risidagi yoki
litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish to‗g‗risidagi qaror litsenziya
berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur
bo‗lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e‘tiboran o‗ttiz kalendar kun ichida qabo‗l
qilinadi.
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‗zbekiston Respublikasi
Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim
etishi kerak:
litsenziya berish haqidagi ariza;
mikrokredit tashkilotining ta‘sis hujjatlari;
mikrokredit tashkiloti davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi to‗g‗risidagi
guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;
mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar;
mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank
hujjati.
Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga nomuvofiq
bo‗lgan va taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‗rsatilgan
ma‘lumotlar mavjud bo‗lgan hollarda, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki
mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.
Litsenziya berishni rad etish to‗g‗risidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish
sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni
qaytadan ko‗rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‗lgan muddat ko‗rsatilgan
holda yozma shaklda yuboriladi.
Litsenziya berishni rad etish to‗g‗risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini to‗xtatib turish to‗g‗risidagi qaror quyidagi
hollarda qabo‗l qilinadi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan ushbu Qonun hamda boshqa qonun
hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;
mikrokredit tashkilotining faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf
etish majburiyatini yuklovchi qarorlar mazkur tashkilot tomonidan bajarilmaganda.
45
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‗g‗risidagi qaror quyidagi hollarda
qabo‗l qilinadi:
mikrokredit tashkiloti to‗lovga qobiliyatsiz bo‗lganda;
hisobot ma‘lumotlari muntazam ravishda buzib ko‗rsatilganda;
mikrokreditlar berish bo‗yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan
paytdan e‘tiboran olti oydan ortiq muddatga kechikkanda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‗g‗risidagi qaror qonunda nazarda
tutilgan boshqa hollarda ham qabo‗l qilinishi mumkin.
Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti
aniqlangan taqdirda, u bekor qilinadi.
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar
ko‗rsatishi mumkin:
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing
(moliya ijarasi);
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar
ko‗rsatish, shu jumladan iste‘mol kreditlari berish.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va
boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish bilan bog‗liq maslahat va axborot
xizmatlari ko‗rsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va
jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabo‗l qilishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar
ko‗rsatadi:
o‗z mablag‗lari, shu jumladan olgan daromadlari;
investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya
shartnomalari asosida berilgan mablag‗lar;
banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‗armalarining mablag‗lari;
xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan
chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‗lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini
saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini
ta‘minlash maqsadida "O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‗g‗risida"gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit
tashkilotlari faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda:
mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini hamda
moliyaviy va kassa operatsiyalari o‗tkazishning, buxgalteriya hisobi va hisobotini
yuritishning mazkur tashkilotlar uchun majburiy bo‗lgan qoidalarini belgilaydi;
mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‗lgan
ko‗rsatmalar beradi;
46
mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir
talablarni belgilaydi;
mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar
o‗tkazishni uch oygacha bo‗lgan muddatga cheklaydi;
mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‗xtatib turadi,
tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi.
Mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda filiallar tashkil
etishga haqli.
Mikrokredit tashkilotining filiali o‗z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun
berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Mikrokredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi barcha mikrokredit
tashkilotlari uchun yagona bo‗lgan Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi
hisobvaraqlari rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ko‗zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisob ikki yoqlama yozuv
usulida yuritiladi. Bunda har bir asosiy hisobvaraq yoki asosiy hisobvaraqlar
guruhi uchun kontr-hisobvaraqlar mavjud bo‗lib, ulardan faqat buxgalteriya hisobi
maqsadlari uchungina foydalaniladi. Balans hisoboti yoki shu kabi boshqa
moliyaviy hisobotlarda asosiy hisobvaraqlar aks ettirilib, kontr-hisobvaraqlardagi
ma‘lumotlari ko‗rsatilmaydi.
Buxgalteriya apparati mikrokredit tashkilotlarining hisobvaraqlari bo‗yicha
operatsiyalar hisobini, hisob hujjatlarini rasmiylashtirish va nazoratini amalga
oshiradigan xodimlarni o‗z ichiga oladi. Ushbu tuzilma mikrokredit
tashkilotlarining bosh buxgalteri tomonidan boshqariladi.
Har bir mikrokredit tashkilotida xodimlarning lavozim vazifalari ishlab
chiqilgan va tasdiqlangan bo‗lishi zarur. Mazkur lavozim vazifalarining nusxalari
tegishli xodimlarga tanishtiriladi va bosh buxgalter tomonidan imzo qo‗ydirib
beriladi.
Buxgalteriya xodimiga, uning lavozim majburiyatlariga muvofiq ma‘lum
vazifalarni bajarish yuklatiladi.
Chiqim kassa operatsiyalari ustidan nazorat maxsus ajratilgan buxgalter-
nazoratchi tomonidan, agar mikrokredit tashkilotida bu lavozim ko‗zda tutilmagan
bo‗lsa, bosh buxgalter yoki uning o‗rinbosari tomonidan mikrokredit tashkiloti
rahbarining buyrug‗i asosida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda mikrokredit
tashkilotida chiqim kassa operatsiyalari bo‗yicha kassa chiqim jurnali yuritilishi
lozim.
Hisobga olish hujjatlarida mikrokredit tashkilotlari operatsiyalari hisobining
yuritilishini tashkil etish va hisobotlar tuzish hamda hisob va hisobotlarning
saqlanishi ustidan rahbarlik bosh buxgalterga yuklatiladi, u bo‗lmagan vaqtda,
mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‗i asosida bosh buxgalterning
o‗rinbosariga yuklatilishi mumkin.
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni davomida mikromoliyalashga oid hisob
hujjatlari rasmiylashtirilishi va ushbu hujjatlar asosida amalga oshirilgan
operatsiyalar shu kunning o‗zida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilishi
lozim.
47
Har bir mikrokredit tashkilotida tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan
hujjatlar aylanish jadvali belgilanadi. Jadvalda hujjatlarning barcha ko‗rib chiqish
jabhalari bo‗yicha o‗tish tartibi belgilanadi.
Moliyaviy
operatsiyalar
amalga
oshirilganda
ularning
to‗g‗ri
rasmiylashtirilganligi, shuningdek mablag‗lar va qimmatliklarning but saqlanishini
tegishlicha nazorat qilish ta‘minlanishi lozim.
Kassa chiqim operatsiyalari chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi va
nazorat qilinadi. Bosh buxgalter amalga oshiriladigan operatsiyalarning
haqqoniyligini, qonun hujjatlariga mosligini, hujjatlar to‗g‗ri rasmiylashtirilishini
tekshiradi. Kassa chiqim orderi ijrochi direktor va bosh buxgalter tomonidan
imzolanadi.
Kassa chiqim hujjatlarini to‗lov uchun kassaga yo‗naltirilish tartibi
mikrokredit tashkiloti ijrochi direktori va bosh buxgalteri tomonidan o‗rnatiladi.
Kassa kirim operatsiyalarini rasmiylashtirish va mikrokredit tashkiloti kassa
hisobvarag‗iga mablag‗larni kiritish faqat kassaga haqiqatda pul kelib tushganidan
so‗ng amalga oshirilishi lozim.
Bunda kassa kirim orderi 3 nusxada rasmiylashtirilib, naqd pul
topshirilgandan so‗ng, uchinchi nusxa naqd pul qo‗yuvchiga kvitansiya sifatida
mikrokredit tashkiloti muhri va kassir imzosi bilan qaytariladi, ikkinchi nusxa
buxgalteriyaga tegishli buxgalteriya o‗tkazmasini amalga oshirish uchun beriladi,
birinchi nusxa kassa kunlik hujjatlariga tikiladi.
Mikrokredit tashkilotining bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklardan
foydalanish, ularning yo‗qolishi yoki suiiste‘molchilik maqsadlarida foydalanish
sharoitiga imkon bermaslik uchun tegishli ravishda saqlanishini ta‘minlashi shart.
Mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‗i asosida bosh buxgalter muhrlarni
ro‗yxatga olish kitobini yuritadi. Mazkur kitobda muhrlar va burchak muhrlarining
hisobi ularni saqlayotgan buxgalter hamda kassirlar familiyasi va lavozimi hamda
biriktirilgan burchak muhrlarning izi ko‗rsatilgan holda imzo orqali
rasmiylashtiriladi.
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun Bosh va
Yordamchi kitoblardan (sintetik va analitik hisob) foydalaniladi.
Bosh kitob bu hisobvaraqlar rejasi nomenklaturasiga mos hisobvaraqlar
guruhi bo‗lib, moliya hisobotlarni (balans hisoboti, daromad va xarajatlar
to‗g‗risida hisoboti va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladigan yig‗ma ma‘lumotlarni
aks ettiradi.
Mikrokredit tashkilotlarida bosh kitob kunlik balans shaklida yuritiladi.
Bundan tashqari bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‗yicha mablag‗lar aylanmasi
va qoldiqlari ma‘lumotidan tashkil topishi mumkin. Bosh kitob ma‘lumotlari
quyidagi yordamchi kitoblar ma‘lumotlari asosida shakllantiriladi:
- pul mablag‗larini hisobga olish kitobi;
- berilgan mikrokredit, mikrolizing, mikroqarz va boshqa mikromoliyalash
operatsiyalarni hisobga olish kitobi;
- hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi;
- kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni hisobga olish kitobi;
- mehnatga haq to‗lashni hisobga olish kitobi;
- hisobot davri xarajatlarini hisobga olish kitobi;
48
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish kitobi;
- kirim va chiqim kassa kitoblari.
Barcha kunlik operatsiyalar Yordamchi kitobda xronologik tartibda aks
ettiriladi. Yordamchi kitob uchun manba bo‗lib quyidagi birlamchi buxgalteriya
hujjatlari hisoblanadi:
- kirim kassa orderi;
- chiqim kassa orderi;
- memorial orderi;
- to‗lov topshiriqnomasi;
- kirim va chiqim bo‗yicha kassa kitoblari;
- boshqa birlamchi hujjatlar.
Yordamchi kitobni yuritishni soddalashtirish va qo‗shimcha nazorat uchun
kassa operatsiyalari hisobi kirim va chiqim bo‗yicha kassa kitoblarida yuritiladi.
Kun oxirida kirim va chiqim kassa kitoblaridagi qoldiqlar kassa bilan solishtiriladi.
Mazkur daftarlardagi ma‘lumotlar har bir hisobvaraq bo‗yicha alohida yig‗ilib,
yordamchi kitobiga o‗tkaziladi. Kassa hujjatlari alohida tikib boriladi va ular
kassada saqlanadi.
Mikrokredit tashkiloti kassa kitoblarining barcha varaqlari raqamlangan, ip
o‗tkazib tikilgan va mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organ rahbari va bosh
buxgalterining imzosi, shuningdek mikrokredit tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi.
Hisobga olish davri moliyaviy operatsiyalar tahlilidan boshlanib, moliyaviy
hisobotlarni tuzish va hisobvaraqlarni yopishgacha bo‗lgan hisob jarayonining
ketma-ket bosqichini o‗z ichiga oladi.
Hisobga olish davri quyidagi bosqichlardan iborat:
a) birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim kassa orderi, chiqim kassa
orderi, memorial orderi va boshqa hujjatlar);
b) yordamchi kitoblarda operatsiyalarni ro‗yxatga olish;
v) oyning oxirida yordamchi kitoblardagi jami summani Bosh kitobga
o‗tkazish;
g) oy oxirida buxgalteriya balansini tayyorlash;
d) buxgalteriya balansi asosida moliyaviy hisobotni tayyorlash;
e) hisobot yili oxirida mikrokredit tashkilotining foyda va zararlar
hisobvaraqlarini yopish;
j) yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish.
Bosh va Yordamchi buxgalteriya kitoblarida hech qanday tuzatishlar
qilinishiga ruxsat etilmaydi. O‗chiruvchi suyuqliklar yordamida, shuningdek
summalarni o‗chirib yozish va tuzatish yo‗li bilan tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.
Aniqlangan xato yozuvlar ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga
teskari yozuvlar kiritish yo‗li bilan (storno usulida) tuzatish orderlarini tuzish
asosida tuzatilishi lozim.
Tuzatish orderi ikki nusxada tuziladi:
a) birinchi nusxasi o‗tkazmani tasdiqlovchi birlamchi hujjat hisoblanadi;
v) ikkinchi nusxasi tuzatish orderlarini ro‗yxatga olish kitobiga tikiladi.
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xatoga yo‗l qo‗yilgani
ko‗rsatilishi kerak, agarda qarzdorning tashabbusi bilan berilgan arizaga asosan
49
bo‗lsa, unda arizaga eslatma beriladi. Ushbu ariza birlamchi hujjatlar bilan birga
saqlanadi.
Tuzatish orderi ikkinchi nusxasining teskari tomonida, shuningdek ro‗yxatga
olish kitobida xatoga yo‗l qo‗ygan shaxsning F.I.SH. va lavozimi ko‗rsatiladi.
Ro‗yxatga olish kitobi bosh buxgalterda saqlanadi.
Summasi keyinchalik storno bilan tuzatilgan kredit kartochkasida yoki
shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta "Stornolangan" belgisi
qo‗yilishi, tuzatish kiritilgan sana va tuzatish orderining raqami ko‗rsatilishi shart.
Bu qayd tuzatish orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning muovini imzosi
bilan tasdiqlanadi.
Mikrokredit tashkilotlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, banklarda
depozit hisobvaraqlari va boshqa bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega.
Mikrokredit tashkiloti bilan mijoz o‗rtasida mikrokredit berish bo‗yicha kredit
shartnomasi kuchga kirgandan so‗ng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan
mikrokredit tashkiloti ijrochi direktori mikrokreditning muddati va foiz stavkasini
ko‗rsatgan holda, mijoz uchun shaxsiy ssuda hisobvarag‗i ochish to‗g‗risida
buxgalteriyaga farmoyish beradi. Farmoyishga asosan keyingi ish kunidan
kechiktirmasdan mijozga shaxsiy ssuda hisobvarag‗i ochiladi. Bunda mikrokredit
tashkiloti tomonidan har bir qarzdorga alohida kredit kartochkasi ochiladi.
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik
shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratiladigan
mikrokreditlar hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar miqdori qonunchilik bilan
belgilanadi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik
shaxslarga mikrokredit hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar berilganda har bir
qarz oluvchiga kredit kartochkasi rasmiylashtiriladi. Kredit kartochkasida berilgan
barcha mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha operatsiyalar hisobi olib boriladi.
Mikrokredit va mikroqarz berish bo‗yicha operatsiyalar o‗tkazilganda bosh
buxgalter:
• har bir qarzdor uchun mikrokredit (mikroqarz) shartnomasi va ijrochi
direktor farmoyishiga asosan alohida shaxsiy ssuda hisobvarag‗ini ochadi;
• mikrokredit
va
mikroqarzlar
berish
bo‗yicha
farmoyishdagi
operatsiyalarni va tegishli o‗tkazmalarni amalga oshirishni tasdiqlaydi;
• farmoyishni ushbu qarzdor hisobvarag‗ini yurituvchi buxgalteriya
xodimiga beradi, mikrokredit va mikroqarz shartnomasini kredit bo‗limi xodimiga
jo‗natadi.
Bunda mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha naqd pul mablag‗lari berilganda
quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‗i;
Kredit 10101 - "Kassadagi pul mablag‗lari" hisobvarag‗i.
Mikrokredit va mikroqarz mijozga naqd pulsiz tarzda berilganda quyidagi
buxgalteriya o‗tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‗i;
Kredit 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlar" hisobvarag‗i.
50
Mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar naqd
pulda so‗ndirilganda quyidagi o‗tkazma amalga oshiriladi:
Debet 10101 - "Kassadagi pul mablag‗lari" hisobvarag‗i;
Kredit Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha tegishli shaxsiy ssuda
hisobvarag‗i;
Kredit 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha olinishi lozim bo‗lgan
hisoblangan foizlar bo‗yicha tegishli hisobvaraq.
Xuddi shuningdek mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha asosiy qarz va
hisoblangan foizlar naqd pulsiz shaklda so‗ndirilganda quyidagi o‗tkazma amalga
oshiriladi:
Debet 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlar" hisobvarag‗i;
Kredit Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha tegishli shaxsiy ssuda
hisobvarag‗i;
Kredit 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha olinishi lozim bo‗lgan
hisoblangan foizlar bo‗yicha tegishli hisobvaraq.
Hisoblangan foizlar summasi mikrokredit tashkiloti tomonidan har xil
mikrokredit yoki mikroqarz turlari bo‗yicha belgilangan yillik foiz stavkasidan
kelib chiqqan holda hisoblanadi. Foizlar hisoblashda bir yil deb 365 (366) kun
qabo‗l qilinadi. Foizlar mikrokredit yoki mikroqarz berilgan sanadan boshlab
haqiqiy kunlar miqdoridan (mikrokredit yoki mikroqarz berilgan kun hisobga
olingan holda) yoki foizlarni qaytarishni oxirgi kunidan kelib chiqqan holda
hisoblanadi.
Kredit yoki qarz summasi x foiz stavkasi x kunlar soni
_______________________________________________________
365 (366)
Olinishi lozim bo‗lgan foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya
o‗tkazmasi bilan aks ettiriladi:
Debet 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha olinishi lozim bo‗lgan
hisoblangan foizlar bo‗yicha tegishli hisobvaraq;
Kredit 42000 - 44500 - Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha foizli
daromadlar tegishli hisobvarag‗i.
Mikrokredit yoki mikroqarzning asosiy summasi yoki foizlar qaytarilishi 60
va undan ortiq kunga kechiktirilgan holda va bunday mikrokredit va mikroqarzlar
bo‗yicha foizlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‗xtatilganda, hisoblangan,
lekin olinmagan barcha foizlar quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi bilan hisobdan
chiqarilishi lozim:
Debet 42000 - 44500 - Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha foizli
daromadlar tegishli hisobvarag‗i;
Kredit 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha olinishi lozim bo‗lgan
hisoblangan foizlar bo‗yicha tegishli hisobvaraq.
SHuningdek, ushbu foizlar summasini ko‗zda tutilmagan holatlar
hisobvaraqlarida aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi amalga
oshiriladi:
51
Debet 91501 - "Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar
bo‗yicha hisoblangan foizlar" hisobvarag‗i;
Kredit 96335 - "Aktivlar bo‗yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‗yicha
kontr-hisobvaraq".
Foizlar balansdan hisobdan chiqarilganidan so‗ng, foizlarni keyingi hisoblash
faqat balansdan tashqari 91501 - "Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va
mikrolizinglar bo‗yicha hisoblangan foizlar" va 91505 - "Boshqa aktivlar bo‗yicha
foizlar va vositachilik haqlari" hisobvaraqlarida qoida bo‗yicha 3 yildan oshmagan
vaqtgacha amalga oshirilishi mumkin. Bunda barcha muddati o‗tgan foizlar
kreditning asosiy summasi to‗liq qoplanganidan va to‗langanidan keyin daromadga
kiritilishi mumkin.
Avval hisobdan chiqarilgan va balansdan tashqari hisoblanadigan foizlarni
qaytarishda:
Debet 96335 - "Aktivlar bo‗yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‗yicha
kontr-hisobvaraq" hisobvarag‗i;
Kredit 91501 - "Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar
bo‗yicha hisoblangan foizlar" hisobvarag‗i.
Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni
qoplash zaxirasiga o‗tkazmalar mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56802 -
"Mikroqarz va mikrokreditlar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni
baholash" hisobvarag‗i orqali olib borilishi va joriy davr uchun "Foyda va zararlar
to‗g‗risida hisobot"da aks ettirilishi shart:
Debet 56802 - "Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin
bo‗lgan zararlarni baholash" hisobvarag‗i;
Kredit Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan
zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvarag‗i (kontr-aktiv).
Tegishli zaxiralar hisobidan mikrokredit va mikroqarzlarni hisobdan chiqarish
quyidagi o‗tkazma bilan amalga oshiriladi:
Debet Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan
zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvarag‗i (kontr-aktiv);
Kredit Mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‗i.
Oldin balansdan hisobdan chiqarilgan mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha
asosiy qarz va foizlar naqd pulda undirilganda quyidagi buxgalteriya o‗tkazmalari
amalga oshiriladi:
Debet 10101 - "Kassadagi pul mablag‗lari" hisobvarag‗i;
Kredit 45921 - "Hisobdan chiqarilgan mablag‗larning qaytarilishi"
hisobvarag‗i;
Kredit 42000 - 44500 - Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha foizli
daromadlar tegishli hisobvarag‗i.
Ko‗zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida oldin hisobdan chiqarilgan
mikrokredit va mikroqarz summasi (asosiy qarz)ga:
Debet 96397 - "Boshqa ko‗zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‗yicha
kontr-hisobvaraq";
Kredit 95413 - "Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va
mikrolizinglar".
52
Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizingga berilgan aktivlarning hisobi
15600 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara)" hisobvaraqlarida yuritiladi.
Mikrokredit tashkilotida mikrolizing obyektini dastlabki tan olish mikrolizing
shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda,
mikrokredit tashkiloti o‗z balansida lizingga berilgan mikrolizing obyektini sotib
olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga shay holga keltirish
bilan bog‗liq xarajatlar yig‗indisi yoki uning haqqoniy qiymatida, ularning qaysi
biri kichik bo‗lsa o‗sha summada aktiv sifatida tan oladi.
Mikrokredit tashkiloti mikrolizing obyekti uchun to‗lovlarni sotuvchiga
oldindan to‗lab bergan holda mikrolizing obyekti to‗g‗ridan to‗g‗ri lizing
oluvchiga yetkazib berilsa, mikrokredit tashkiloti foydalanishga qabo‗l qilish
dalolatnomasiga asosan memorial order to‗ldirib, quyidagi buxgalteriya amallarini
bajaradi:
a) Debet 19909 - "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‗rsatilgan xizmatlar
uchun to‗langan mablag‗lar hisobvarag‗i";
Kredit 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlar";
b) Debet 15607 - "Mikrolizing";
Kredit 19909 - "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‗rsatilgan xizmatlar uchun
to‗langan mablag‗lar hisobvarag‗i".
Mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan va mikrolizing
shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita
xarajatlar mikrolizing obyektining qiymatiga qo‗shiladi.
Mikrolizing shartnomasiga muvofiq yuqoridagi xarajatlar lizing oluvchi
tomonidan qoplanmagan taqdirda, mazkur xarajatlar yuzaga kelgan paytdagi
tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing obyekti dastlabki tan
olinganidan so‗ng, keyingi hisob lizing oluvchi tomonidan to‗lanadigan
mikrolizing bo‗yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va u
bo‗yicha foizlarning hisobini yuritishdan iborat. Keyingi hisob mikrolizing
obyektini baholab borishni ham o‗z ichiga oladi.
Mikrokredit tashkilotining daromadi lizing oluvchi tomonidan lizing
to‗lovlarining amalga oshirilishidan qat‘iy nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing
to‗lovlari jadvaliga muvofiq hisoblanadi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing bo‗yicha foizli daromadlar
hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‗tkazmalari beriladi:
Debet 16323 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha olish uchun
hisoblangan foizlar";
Kredit 45105 - "Mikrolizing bo‗yicha foizli daromadlar".
Lizing to‗lovlari kelib tushgan hollarda, xususan asosiy qarzning qaytarilgan
summasiga hamda foizli daromad summasiga quyidagi buxgalteriya o‗tkazmalari
beriladi:
Debet 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlar";
Kredit 15607 - "Berilgan mikrolizing";
53
Kredit 16323 - "Mikrolizing (Moliyaviy ijara) bo‗yicha olish uchun
hisoblangan foizlar".
Mikrolizing shartnomasi muddati tugaganidan so‗ng lizing to‗lovlarini to‗lash
shartlari to‗liq bajarilgan taqdirda 15607 - "Berilgan mikrolizing"; va 16323 -
"Mikrolizing (Moliyaviy ijara)" bo‗yicha olish uchun hisoblangan foizlar
hisobvaraqlari qoldig‗i nolga teng bo‗ladi.
Lizing oluvchi tomonidan mikrolizing obyekti mikrolizing shartnomasi
muddati tugamasidan oldin sotib olingan hollarda ham ushbu hisobvaraqlardagi
qoldiq nolga teng bo‗ladi.
Mikrolizing obyekti lizing oluvchi tomonidan mikrolizing shartnomasi
shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi mikrokredit
tashkiloti ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o‗z balansiga quyidagi
buxgalteriya o‗tkazmalari orqali qabo‗l qiladi:
Debet 16701 - "Ko‗chmas mulk va boshqa xususiy mulklar";
Kredit 15607 - "Berilgan mikrolizing".
Mikrolizing operatsiyalari bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni
qoplash zaxirasiga o‗tkazmalar mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56838 -
"Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni
baholash" hisobvarag‗i orqali olib borilishi va joriy davr uchun "Foyda va zararlar
to‗g‗risida hisobot"da aks ettirilishi shart:
Debet 56838 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha ko‗rilishi mumkin
bo‗lgan zararlarni baholash" hisobvarag‗i;
Kredit 15699 - "Mikrolizing bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni
qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)".
Tegishli zaxiralar hisobidan mikrolizingni hisobdan chiqarish quyidagi
o‗tkazma bilan amalga oshiriladi:
Debet 15699 - "Mikrolizing bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni
qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)";
Kredit Tegishli mikrolizing hisobvarag‗i.
Oldin balansdan hisobdan chiqarilgan mikrolizing bo‗yicha asosiy qarz va
foizlar naqd pulda undirilganda quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi amalga
oshiriladi:
Debet 10101 - "Kassadagi pul mablag‗lari";
Kredit 45921 - "Hisobdan chiqarilgan mablag‗larning qaytarilishi";
Kredit 45100 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha foizli daromadlar".
Xuddi shuningdek balansdan hisobdan chiqarilgan mikrolizing bo‗yicha
asosiy qarz va foizlar naqd pulsiz undirilganda quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi
amalga oshiriladi:
Debet 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlar";
Kredit 45921 - "Hisobdan chiqarilgan mablag‗larning qaytarilishi";
Kredit 45100 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha foizli daromadlar".
Oldin hisobdan chiqarilgan mikrolizing summasi (asosiy qarz)ga:
Debet 96397 - "Boshqa ko‗zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‗yicha
kontr-hisobvaraq";
54
Kredit 95413 - "Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va
mikrolizinglar".
Mikrokredit tashkilotlari mikrolizing shartnomasi bo‗yicha lizing oluvchi
sifatida ishtirok etgan taqdirda lizingga olingan aktivlar hisobi 16515 -
"Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi", lizing bo‗yicha yuzaga
kelgan majburiyatlar esa 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha
majburiyatlar"ning tegishli mos hisobvaraqlarida yuritiladi.
Mikrolizing lizing oluvchi mikrokredit tashkilotining moliyaviy hisobotlarida
ham aktiv, ham majburiyat sifatida tan olinadi. Ushbu dastlabki tan olish
mikrolizing shartnomasi muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing
oluvchi mikrokredit tashkiloti lizing obyektini o‗z balansida sof investitsiya
qiymati yoki uning haqqoniy qiymatining qaysi biri kichik bo‗lsa o‗sha summada
aks ettiradi.
Mikrolizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi
bajariladi:
Debet 16515 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi";
Kredit 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha majburiyatlar"ning tegishli
hisobvarag‗i.
Mikrolizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan
mikrolizing obyektini sotib olish, etkazib berish yoki belgilangan maqsadda
foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‗liq xarajatlar mikrolizing
obyektining qiymatiga qo‗shiladi.
Mikrolizing obyekti lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti balansida aktiv va
majburiyatlarning alohida moddalari sifatida aks ettirilishi lozim. Mikrolizing
bo‗yicha majburiyatni aktiv summasidan chegirib tashlagan holda (kontr-aktiv
hisobvaraq sifatida) ko‗rsatishga ruxsat etilmaydi.
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing dastlabki tan
olingandan so‗ng keyingi hisob majburiyat bo‗yicha asosiy qarz summasini
(dastlabki tan olingan summani) va mikrolizing bo‗yicha foizlar to‗lash hisobini
yuritishdan iborat.
Keyingi hisob, mikrolizing bilan bog‗liq barcha xavf-xatarlar lizing oluvchiga
o‗tganligi sababli lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing
obyektini baholab borish, amortizatsiya ajratmalarini va shartnomada ko‗zda
tutilgan boshqa xarajatlarni amalga oshirish ishlarini ham o‗z ichiga oladi.
Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga olish vaqtida lizing oluvchi
mikrokredit tashkilotining mikrolizing foizi bo‗yicha xarajatlari buxgalteriya
hisobida aks ettirilmaydi.
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing to‗lovlari jadvaliga
muvofiq mikrolizing bo‗yicha foizli xarajatlar hisoblanganda quyidagi
buxgalteriya o‗tkazmalari beriladi:
Debet 54902 - "Boshqa foizli xarajatlar";
Kredit 22408 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha hisoblangan foizlar".
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing to‗lovlari quyidagi
buxgalteriya o‗tkazmalari orqali amalga oshiriladi:
Debet 22408 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha hisoblangan foizlar";
Debet 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha majburiyatlar";
55
Kredit 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlar" (yoki 10101 "Kassadagi pul mablag‗lari").
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing obyekti bo‗yicha
amortizatsiya ajratmalari ushbu Yo‗riqnomaning 99-bandi talablari asosida amalga
oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 56626 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
bo‗yicha eskirish summasi";
Kredit 16519 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
bo‗yicha yig‗ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)".
Aniq bir davrdagi lizing oluvchi mikrokredit tashkilotining mikrolizing
obyekti bo‗yicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy xarajatlari (mikrolizing
bo‗yicha foizlari) summasi mazkur davrda to‗lanishi kerak bo‗lgan lizing to‗lovlari
summasiga teng bo‗lmasligi mumkin.
Mikrolizing obyektini yillik qayta baholash lizing oluvchi mikrokredit
tashkiloti tomonidan qonunchilikda o‗rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan oxirgi to‗lovlar amalga
oshirilganidan keyin 16515, 16519, 22100 va 22408 balans hisobvaraqlarida
mazkur lizing operatsiyalari bo‗yicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar (analitik
hisob) qoldig‗i nolga teng bo‗ladi va mulkka egalik huquqi lizing oluvchiga o‗tadi.
Mikrolizing obyektining lizing oluvchi mikrokredit tashkilotiga o‗tkazish
quyidagi buxgalteriya o‗tkazmalari orqali amalga oshiriladi:
a) Debet 16519 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
bo‗yicha yig‗ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)";
Kredit 16515 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi";
b) Debet 16500 - "Asosiy vositalar"ning tegishli hisobvarag‗i;
Kredit 165** - Asosiy vositalarning yig‗ilgan eskirish summasi tegishli
hisobvarag‗i (kontr-aktiv).
Mikrolizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi mikrokredit
tashkilotiga mikrolizing obyektining sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past
narxda sotib olish huquqi berilgan bo‗lsa, sotib olish quyidagi buxgalteriya
o‗tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Debet 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha majburiyatlar";
Kredit 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlar" (yoki 10101 "Kassadagi pul mablag‗lari").
Mikrolizing shartnomasi uning amal qilish muddatidan oldin to‗xtatilib lizing
beruvchi tomonidan mikrolizing obyekti shartnoma shartlarida belgilangan tartibda
olib qo‗yilgan taqdirda, mikrolizing obyektini lizing beruvchiga qaytarish
mikrolizing shartnomasining amal qilish muddati to‗xtatilgan sanadagi mikrolizing
obyektining qoplanmagan qiymati summasida amalga oshiriladi va bunda quyidagi
buxgalteriya o‗tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 16519 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
bo‗yicha yig‗ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)";
Kredit 16515 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi".
Mikrolizing obyektining hisobdan chiqarish bo‗yicha moliyaviy natija (foyda
yoki zarar) mikrolizing obyektining qoldiq (balans) qiymati va lizing to‗lovlari
jadvali bo‗yicha qolgan qarz o‗rtasidagi farq sifatida mikrolizing obyektining
56
hisobdan chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda
aniqlanadi.
Mikrolizing obyektining hisobdan chiqarish bo‗yicha moliyaviy natija (foyda
yoki zarar) aniqlanganida, oldingi qayta baholashlardagi mikrolizing obyekti
qiymatining ko‗paygan summasi, ya‘ni oldingi baholashlar natijasida 30908 -
"Boshlang‗ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi"
hisobvarag‗ining kredit qoldig‗i mikrolizing obyektining chiqib ketishidan
ko‗rilgan daromad tarkibiga qo‗shiladi va bir vaqtning o‗zida ushbu hisobvaraq
bo‗yicha rezerv kapitalini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |