|
Bog'liq pul va banklar
Fond bozori
Oddiy aktsiya (yoki aktsiya)-korxonaning aktivlari va daromadlariga
da‘vogarlik munosabatini bildiruvchi qimmatli qog‘oz - korxona mulkining bir
qismini o‘zida mujassamlashtiradi. Aktsiyalarni chiqarish va sotish – korxonalar
faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag‘larni jalb etish usulidir.
Fond bozori- korxona aktivlari va daromadlari (aktsiyalar paketi)ga
da‘vogarlikni sotishga mo‘ljallangan bozor bo‘lib, AQShda keng tarqalgan va
rivojlangan.(Ko‘pincha
―bozor‖
deb
yuritiladi)
AQShda
aktsiyalar
kotirovkalarining (narxlarining) keskin tebranishi kechki yangiliklarda albatta
sharxlanib boriladi. Bu davlatda ko‘pchilik aktsiyalar narxining tebranishida
spekulyatsiya (chayqovchilik) qiladilar. Bu kabi operatsiyalarni muvaffaqiyatli
amalga oshirilganligidan ba‘zilar cheksiz quvonchga, ayrim hollarda bunday
operatsiyalar boshqalar uchun mumkin bo‘lgan yo‘qatishlardan qayg‘uga ham
aylanishi mumkin. Frederik S. Mishkin Fond bozoriga nisbatan ulkan e‘tiborni
oddiygina tushuntirishda ifodalaydi, ya‘ni, uning fikricha, bu shunday joyki bu
erda odamlar juda tez boy ( yoki qashshoq) bo‘lishlari mumkin.
2000 yildagi qator yuqori texnologik katta korporatsiyalar faoliyatining
sinishi fond bozori uchun qattiq silkinish bo‘ldi va 2002 yilga kelib aktsiyalarning
narxi 30 % ga kamaydi. 2007 yilda esa narxlar barcha davrlardagidanda yuqori
bo‘lgan va 14000 darajadan yuqoriga o‘sdi, faqatgina 2009 yilda 8000 dan pastga
tushdi, ammo 2011 yilgacha 12000 dan oshib tiklandi. Aktsiyalar narxining keskin
tebranishi odamlarning boylik darajasiga ta‘sir ko‘rsatadi va oqibatda ularning
iste‘molga moyilligiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, fond bozorining ko‘rsatkichlari investitsion qarorlarni
qabul qilishga xam ta‘sir ko‘rsatadi, sababi chiqarilgan aktsiyalar paketini
sotishdan kelib tushishi mumkin bo‘lgan tushum summasi so‘ngilarining narxi
bilan aniqlanadi. Korxona aktsiyalari narxining yuqoriligi katta hajmdagi pul
mablag‘larini ishlab-chiqarish kuchlari va asbob – uskunalarni sotib olishga
sarflashi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida aktsiya — o‘z egasining aktsiyadorlik jamiyati
foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aktsiyadorlik jamiyatini
boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning
bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan,
egasining
nomi
yozilgan
emissiyaviy
qimmatli
qog‘oz
hisoblanadi.
Mamlakatimizda fond birjasi ham faoliyat yuritib fond birjasi — ommaviy va
oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan joyda va belgilangan vaqtda
o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli
qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratib beruvchi yuridik shaxs bo‘lib unda
fond birjasi ishtirokchilari o‘z faoliyatini olib boradi va savdolarda faol ishtirok
etishadi.
Shuningdek, ushbu kursda fond bozorining moliyaviy tizimdagi roli tahlil
qilinadi, aktsiyalar narxining tebranishini belgilovchi omillar ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|