Obligatsiyalar bozori va foiz stavkalari.
Frederik S. Mishkinning ―Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy
nazariyasi‖ kitobida u tomondan xalqaro amaliyotda qimmatli qog‘ozlar, aktsiya,
obligatsiya, foiz, fond bozori kabi tushunchalarning talqini kelitirilib o‘tilgan.
Masalan, mazkur asarda qimmatli qog‘oz (moliyaviy instrument) bu kelajakdagi
daromadlarga yoki aktivlarga (har qanday moliyaviy talab yoki egalik qilinadigan
mol mulk) talab hisoblanadi. Obligatsiya egasi tomonidan ma‘lum bir pul
mablag‘ini kiritganligi va unda ko‘rsatilgan muddatda nominal qiymatini hamda
M
qo‘shimcha foiz to‘lab berish majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir
deyiladi. Obligatsiyalar korxonalar va xukumatga o‘z faoliyatini moliyalashtirish
maqsadida pul mablag‘larini jalb etishga imkon yaratganligi sababli iqtisodiyot
uchun o‘ta muxim axamiyatga ega. Aynan mana shu bozorda foiz stavkalari
belgilanadi. Foiz stavka- ssuda taqdim etilganligi uchun xaq, pul mablag‘larining
―ijara‖ haqi (odatda 100 dollar yillik ijara narxi sifatida aks ettiriladi).
Iqtisodiyotda turli xildagi foiz stavkalari mavjud: avtomobil sotib olish uchun
ssuda foizi, turar joyni sotib olish uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavka,
turli xildagi obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalar va boshqalar.
Foiz stavkalari barcha soha va darajalarda muhim hisoblanadi. Foiz
stavkalari nafaqat jismoniy shaxslar uchun, balki korxona tashkilotlar va umuman
iqtisodiyot uchun ham muximdir. Yakka tartibda foiz stavkalarining oshishi siz
olmoqchi bo‘lgan uy yoki avtomobil kreditlarining foiz stavkasining oshishiga,
oqibatda esa ushbu kredit turlaridan vaqtincha foydalanmaslikka olib kelishi
mumkin. Aksincha, foiz stavkalarining oshirilishi jamg‘arishni rag‘batlantiradi va
ba‘zi daromadingizni jamg‘arma sifatida shakllantirishingiz ko‘proq foizli
daromad olishingizga sabab bo‘ladi.Umumiy darajada foiz stavkalar nafaqat
ist‘emolchilarning xarajat qilish yoki jamg‘arish xoxishiga, balki investitsion
qarorlarga ta‘sir ko‘rsatish orqali iqtisodiyotning umumiy holatini belgilaydi.
Yuqori foiz stavkalar, misol uchun, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkin
bo‘lgan yangi korxonalar qurilishining to‘xtab qolishiga olib keladi.
Foiz stavkalar har bir inson hayotida, moliya muassasalari faoliyatida,
firmalar va umuman iqtisodiyotda muxum o‘rin egallagani sababli foiz
stavkalarini tabranishi so‘nggi 30 yilligi muhim ahamiyatga ega. Masalan, 1981
yilda 3 yilga xazina veksellari foiz stavkalari o‘zining maksimal nuqtasi (16 % dan
yuqori) ga etdi. 1992-1993 yillarda u 3% gacha tushgan, 1990 yillarning
o‘rtalarida 5% ga oshdi, 2004 yilda 1% dan pastga tushgan bo‘lsa, 2007 yilgacha
5%dan ko‘tarilgan va faqatgina 2008 yildan 2011 yilgacha 0% gacha tushdi. Turli
foiz stavkalarning bir-biriga bog‘liq ravishda va birgalikda o‘zgarish tendentsiyasi
mavjudligi sababli, tez-tez foiz stavkalar iqtisodchilar tomonidan yagona abstrakt
foiz stavka sifatida ko‘riladi. 1-rasmda ko‘rsatilganidek, turli xil
obligatsiyalarning foiz stavkalari xar xil turlari bo‘yicha farqlanadi. Masalan, 3
oylik xazina veksellari bo‘yicha foiz stavkalari, barchasidan past (o‘rtacha)
bo‘lgani, shu orqali ularning tebranish amplitudasini ham eng yuqori darajasini
ko‘rsatadi. Va reytingli korporativ obligatsiyalarining o‘rtacha foiz stavkalari
boshqa foiz stavkalarga nisbatan o‘sgan bo‘lib, boshqa foiz stavkalar va
korporativ obligatsiyalar foiz stavkasi spredi 1970 yilda yuqoriroq bo‘lgan bo‘lsa,
1990 yillarda qisqargan, 2000 yillarda qisqa ko‘rinishda o‘sgan, keyinchalik yana
qisqargan va 2007 yilning yozida keskin o‘sgan va 2009 yilning oxirida yana
pasayish boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasining 3 iyun 2015 yilda yangi tahrirda qabul
qilingan ―Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida‖ gi qonuniga asosan bizni ng
amaliyotimizda qimmatli qog‟ozlar — hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni
chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki
qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad
to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa
shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Obligatsiya esa— emissiyaviy
qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal
qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan
obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal
qiymatidan qat‘iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa
mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi. Veksel bu — veksel beruvchining yoxud vekselda
ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda
veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir qat‘iy majburiyatini tasdiqlovchi
noemissiyaviy qimmatli qog‘oz; Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlar bozorini
tashkil etishning asosiy dastaklari hisoblanadi. O‘zbekistonda Qimmatli qog‟ozlar
bozori — yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish,
joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi sifatida
shakllanadi. Qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarning egalari,
investorlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek
birjalar va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog‟ozlar
Do'stlaringiz bilan baham: |