Kredit – ijara (lizing)
Iqtisodiy nuqtai nazardan, kredit – ijara (lizing) murakkab savdo – moliya –
kredit operatsiyalarining bir shakli hisoblanadi. Kredit – ijaraning asosiy
xususiyatlari sifatida lizing muddati davomida ijaraga berilgan vositalarga nisbatan
egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning asosiy shakllaridan biri mashina va
jihozlarni ijaraga berish, asosiy usullaridan biri investitsiyalarni moliyalashtirish va
ta‘minotni faollashtirish hisoblanadi.
Kredit – ijara (lizing) operatsiyasida odatda uch tomon ishtirok etadi:
1. ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), bo‗lajak lizing beruvchiga tegishli
mashina va jihozlarni sotuvchi yuridik shaxs;
2. lizing beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlarni sotib oluvchi,
mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan ma‘lum muddatga va to‗lov
evaziga mashina va jihozlarni lizing oluvchiga beruvchi. Odatda, lizing beruvchi
sifatida etarli darajada moliyaviy mablag‗ga ega bo‗lgan banklar, ixtisoslashgan
lizing kompaniyalari, korxonalar maydonga chiqadi;
3. lizing oluvchi, lizing shartnomasiga ma‘lum muddat va to‗lovga asosan
mashina va jihozlarni oluvchi shaxs.
Odatda, lizing oluvchi sifatida asosan yuridik shaxslar maydonga chiqadi.
Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‗rtasida tuzilgan shartnomaga ko‗ra, lizinga
olingan mashina va jihozlarning shartnoma muddati tugagandan so‗ng lizing
beruvchiga qaytariladi yoki lizing oluvchining ixtiyorida qoladi. Lizing o‗ziga xos
bo‗lgan shartnoma hisoblanadi, unda ijara elementlari va kredit elementlari
mujassamlashadi. SHu bois, lizing so‗zi ―kredit – ijara‖ tarzida talqin etiladi.
Lizing iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra, kredit munosabatlariga xos bo‗lib,
kreditning iqtisodiy mohiyati va elementlarini o‗zida aks ettirsada, kredit sifatida
to‗liq e‘tirof etilmaydi. CHunki, kreditor va qarzdor kapital sifatida pul mablag‗i
bilan emas, balki ishlab chiqaruvchi jihozlar vositasida o‗zaro munosabatga
kirishadi. SHu bilan birga, lizing kredit hisoblanib, unda kreditning barcha
tamoyillari o‗z aksini topadi, shu jihatdan lizing qiymat shaklidagi kredit
ko‗rinishida emas, balki tovar shaklidagi kredit sifatida namoyon bo‗ladi.
Iqtisodiyotda lizingning qator ijobiy jihatlari mavjud bo‗lib, ularning
asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
28
– lizing oluvchi korxona va tashkilotlarda mashina va jihozlarni sotib olish
uchun zarur bo‗lgan moliyaviy mablag‗lar etishmovchiligi yoki mavjud emasligi
bilan bog‗liq muammolarni bartaraf etishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ayniqsa, o‗z
faoliyatini yangidan boshlayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub‘ektlariga qimmat va zamonaviy mashina va jihozlarni sotib olish bilan bog‗liq
muammolarni echishga yordam beradi. Bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil
etishga va boshqa qator ijtimoiy – iqtisodiy ziddiyatlarni oldini olishda muhim rol
o‗ynaydi;
– ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mashina va jihozlarni
sotish bilan bog‗liq muammolar bartaraf etilishi natijasida ishlab chiqarish
jarayonining uzluksizligi ta‘minlanadi;
– lizing beruvchining ixtiyoridagi pul mablag‗lari samarali manbalarga
joylashtiriladi va buning natijasida ma‘lum darajada foyda olish imkoniyati
vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |