― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

Forfeyting operatsiyalari 


29 

 

Forfeyting  operatsiyalari  asosan  yirik  banklar  va  kompaniyalar  o‗rtasida 

uzoq  muddatga,  juda  katta  miqdordagi  moliyaviy  mablag‗larni  to‗lashda 

qo‗llaniladigan operatsiyalar hisoblanadi.  

Forfeyting operatsiyasida, faktoring operatsiyasidagi kabi uch tomon ishtirok 

etadi.  Birinchisi, mol etkazib beruvchi, ikkinchisi, mol sotib oluvchi va uchinchisi

vositachi – bank yoki moliyaviy muassasa. 

Forfeyting operatsiyalarining  faktoring operatsiyalaridan  asosiy  farqi  sifatida 

ushbu operatsiyalar uzoq muddatga (6 oydan 5 – 6 yilgacha) va yirik summalarga 

tuzilishini ta‘kidlash mumkin.  

Forfeyting  iqtisodiy  termeni  odatda  majburiyatni  sotib  olish  ma‘nosida 

qo‗llaniladi,  uni  so‗ndirish  tovar  va  xizmatlarni  sotib  olish  jarayonida  kelgusida 

yuz beradi. ―a forfait‖ so‗zi fransuzchadan vujudga kelgan bo‗lib, ―huquqdan voz 

kechish‖  ma‘nosini  anglatadi.  Forfeytingda  pul  mablag‗ini  olishga  talabgor 

bo‗lgan  sotuvchi  o‗tkaziladigan  veksel  inodassamentiga

143


  ―to‗lovni  qaytarish 

shartisiz‖  so‗zini  qayd  etish  orqali  to‗lov  regressidan

144

  o‗zini  himoya  qiladi. 



Forfeyting  vekslini  sotuvchi  asosan  yirik  eksporterlar  hisoblanib,  ular  vekselni 

to‗lov  hujjati  sifatida  akseptlab  sotilgan  tovar  yoki  ko‗rsatilgan  xizmatlarning 

summasini  diskont  asosida  zudlik  bilan  to‗lash  hisobiga  barcha  risk  va 

majburiyatlar  bilan  birgalikda  forfetterga  (ya‘ni  vekseldagi  summani  to‗lab 

beruvchi va o‗zida qayd etib boruvchi bankka) o‗tkazadi.  

Agar  importer  birinchi  darajali  to‗lov  qobiliyatiga  va  yuqori  moliyaviy 

mavqiega  ega  bo‗lmasa,  har  qanday  forfetterlangan  qarz  summa  aval

145


  shaklida 

kafolatlangan yoki chaqirib olinmaydigan bank kafolatiga ega bo‗lishi lozim. 

Vekselni forfeterlash paytida undagi summa forfet krediti berilayotgan to‗liq 

muddatga  diskont  asosida  forfetter  tomonidan  avans  tarzida  ushlab  qolinadi. 

Eksporter  forfet  krediti  bo‗yicha  hech  qanday  majburiyatni  o‗ziga  olmaydi, 

faqatgina  u  jo‗natayotgan  tovarlar  va  ko‗rsatilayotgan  xizmatlarning  sifati  va 

tuzilayotgan  hujjatlarning  qonuniyligi  hamda  haqoniyligini  ta‘minlashga  mas‘ul 

hisoblanadi. 

Forfeyting  operatsiyalariga  misol  sifatida  AQSHning  Boing  samolyotini 

ishlab chiqaradigan kompaniya bilan yirik avikompaniyalar o‗rtasidagi o‗zaro oldi 

– sotdilarni keltirish mumkin. CHunki, boeng samolyotlarining bahosi juda yuqori 

bo‗lishi  aviakompaniyalarga  ushbu  mablag‗larni  birdan  to‗lash  imkoniyatini 

bermaydi, biroq o‗z navbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishli to‗lovni 

ololmagan 

samolyotsozlik 

kompaniyasida 

ishlab 

chiqarish 

jarayonining 

uzluksizligini  ta‘minlashda  muammolar  vujudga  keladi.  Aynan  shu  muammo 

banklarning  ishtirokida  forfeyting  operatsiyalari  orqali  hal  etiladi.  Bundan  bank 

samolyotni  sotib  olgan  aviakompaniyaning  boeng  kompaniyasi  oldidagi 

majburiyatlarini  sotib  oladi  (savdo  trattasi,  o‗tkazma  yoki  oddiy  veksel  shaklida) 

va  to‗lovni  bir  yo‗la  amalga  oshiradi,  kelgusida  esa  bank  va  aviakompaniya 

o‗rtasida  tuzilgan  shartnomaga  bo‗yicha  asosiy  summa  tegishli  jadval  asosida, 

qo‗shimcha foiz to‗lovlari bilan birgalikda undirib boriladi. 




Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish