tahlil natijalari shuni ko‗rsatadiki, Germaniya (33,5 ball) eng mustaqil Markaziy
bankka ega va AQSH 32 ball bilan keyingi o‗rinni egallaydi, shuninngdek Chili
(31 ball) va Peru, Shvetsariya (29 ball) shular jumlasidandir. Buyuk Britaniya va
Janubiy Koreya (22,5 ball), Meksika (21,5 ball) o‗rtacha mustaqillikka ega
3
12.4.Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi
xususiyatlar.
Markaziy banklar tuzilmasi va mustaqilligi borasidagi bizning kuzatuvlar
shuni ko‗rsatmoqdaki, ohirgi yillarda mustaqillik o‗sishiga nisbatan ahamiyatli
moyillik kuzatilmoqda. FRT deyarli barcha qolgan markaziy banklarga qaraganda,
etarli darajada mustaqil hisoblanardi. Faqatgina Germaniya va Shveysariya
banklari bundan istisno. Bugungi kunda Yevropa markaziy banki FRTga nisbatan
ancha mustaqil. Angliya va Yaponiya banklari ko‗proq mustaqilikka ega bo‗ldilar,
bu holat ularni FRT va Yangi Zelandiya, Shvetsiya va boshqa Yevropa
davlatlarning markaziy banklari bilan bir qatorga joylashtirdi. Ham nazariya, ham
tajriba tasdiqlagandek, ko‗proq darajada mustaqil bo‗lgan banklar samaraliroq
monetar siyosatni amalga oshiradi.
Markaziy bankning o‗zini tutish sabablari
Byurokratiya o‗zini tutishini baholashga bo‗lgan yondashuvlarning biriga
asosan, byurokratik apparat jamiyatning manfaatlari uchun ishlaydi. Biroq, ayrim
iqtisodchilar, byurokratik hulq-atvor nazariyasini ishlab chiqqan bo‗lib, bu
nazariya byurokratiya faoliyatiga ta‘sir etuvchi boshqa omillarning mavjudligini
nazarda tutadi. Byurokratiya boyligi hokimiyat darajasi va avtoritetga bog‗liq
bo‗ladi. Bunday qilib, ushbu nazariyaga binoan, markaziy bankning hulq-atvorini
belgilaydigan eng muhim omil – bu hokimiyatni kuchaytirish va avtoritetni
ko‗tarishga intilish. Bu borada markaziy bankning o‗zini tutishi haqida nima desa
bo‗ladi? Bir tomondan, Federal zahira, bankirlar va biznesmenlarning kuchli
qo‗llab-quvvatlashiga asoslangan holda, o‗z avtonomiyasi uchun kurashadi, bunda
Kongressning FRT byudjetini nazorat ostiga olishning yangi va yangi urinishlarini
aks ettiradi.
Boshqa tarafdan, FRT, uning avtonomiyasini buzishi mumkin bo‗lgan,
nufuzli kuchlar bilan ortiqcha nizolashishdan yiroqda bo‗ladi. Ma‘lum
bo‗lganidek, FRT etarli darajada sekin ravishda foiz stavkalarini ko‗taradi va iloji
boricha muvaffaqiyatli tarzda ularning o‗zgarishini bildirmaslikka xarakat qiladi.
Bunday hulq-atvorning sabablaridan biri shundaki – FRT prezident va Kongress
bilan foiz stavkalarining o‗sishi borasida nizo kelib chiqishidan qo‗rqadi. SHu
sababli ham, FRT faoliyati to‗liq tarzda oshkor qilinmagan.
FRT ning iloji boricha ko‗prok hokimiyatga ega bo‗lish hohishi, shuningdek
uning iloji boricha ko‗proq banklarni o‗z nazorati ostiga olishga intilish bilan
tushuntiriladi. Ushbu jarayonning kulminatsiyasi – 1987 yilgacha barcha banklarni
(nafaqat ularning a‘zolarini) FRT zahiraviy talablariga bo‗ysuntirgan
qonunchilikning qabul qilinishi.
Byurokratik hulq-atvor nazariyasi FRT xarakatlariga nisbatan qo‗llanilishi
mumkin, ammo uni e‘tibori faqat o‗z manfaatlariga qaratilgan tizim sifatida ko‗rib
chiqish ham noto‗g‗ri. O‗z boyligining maksimizatsiyasi altruizmni inkor etmaydi.
Albatta, FRT monetar siyosatini jamiyat manfaatlariga javob berish uchun amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: