c) Hukumat mutlaq ustunlikka ega bo‗lsa (0 ball)
A5. Valyuta kursi siyosati koordinatsiyasi
a) Markaziy bank valyuta kursi va xorijiy valyuta kursi siyosatlari
barqarorligini saqlab turadi va tijorat banklari tomonidan qaraganda Hukumatga
bo‗ysinadi (1 ball)
b) Markaziy bank valyuta kursi va xorijiy valyuta kursi siyosatlarini Hukumat
yo‗riqnomalari asosida ishlab chiqsa (0 ball)
A6. Moliyaviy nazorat
a) Bank nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshirilsa va Hukumat
organiga hisobot bersa (1 ball)
b) Bank nazorati Markaziy bank va maxsus hukumat organi bilan birgalikda
amalga oshirilsa (0,5 ball)
c) Monetar siyosatning funksiyasi va bank nazorati boshqa yagona moliyaviy
institut tomonidan amalga oshirilsa (0 ball)
MSM uchun maksimal ball =12 ball
A.
Siyosiy mustaqillik yoki personal mustaqillik (PM)
V1. Markaziy bank Raisini tayinlash
a) Markaziy bank Raisi markaziy bank Kengashi yoki boshqa hukumat
organlari bilan birgalikda xolisona tayinlansa (2 ball)
b) Hukumat Markaziy bank Raisi nomzodini kiritsa va tayinlasa, masalan,
Moliya vazirligi nomzodni kiritsa va Vazirlar Mahkamasi Raisni tayinlasa (0 ball)
V2. Markaziy bank Boshqaruvi vazifasining amal qilish muddati
a) 5 yildan ortiq muddatga (2 ball)
b) 5 yil muddatga (1 ball)
c) 4 yil muddatga (0,5 ball)
d) 4 yildan kam muddatga (0 ball)
V3. Markaziy bank Raisi mustaqilligi
a) Markaziy bank Raisi bankning qoniqarsiz faoliyat ko‗rsatayotganligi
ustidan nazorati yuqoriligi (1 ball)
b) Agar boshqa ishtirokchilar transparent bo‗lmasa (0,5 ball)
c) Markaziy bank Raisi Hukumatga bo‗ysinsa (0 ball)
V4. Kengash a‘zolarini tayinlash
a) Hukumat kengash a‘zolarining yarmidan ko‗pini tayinlasa yoki boshqa
organlar, masalan, Moliya vazirligi nomzodlarni kiritsa va qonunchilik organi
tayinlasa (3 ball)
V5. Kengash a‘zolarining vazifalarining amal qilish muddati
a) 5 yildan ortiq muddatga va o‗zgartirilgan (2 ball)
b) 5 yil muddatga va o‗zgartirilgan (1 ball)
c) 4 yil muddatga va o‗zgartirilgan (0,5 ball)
d) 4 yimldan kam muddatga va o‗zgartirilgan (0 ball)
V6. Markaziy bank Kengashida Hukumatning ishtiroki darajasi
Hukumatning Markaziy bank Kengashida hal qiluvchi ishtiroki bo‗lmasa (2
ball)
a) Hukumatning Markaziy bank Kengashida hal qiluvchi ishtiroki bo‗lsa (0
ball)
PS uchun maksimal ball =12 ball
S. Fiskal mustaqillik yoki moliyaviy mustaqillik (MM)
S1. Majburiyatlar bo‗yicha limitlar (Sek‘yuteritizatsiya qilinmagan kreditlar
bo‗yicha)
a) Markaziy bankning Hukumat oldida hech qanday majburiyati bo‗lmasa (3
ball)
b) Markaziy bank majburiyatlarning bir qismini zimmasiga olganda (2 ball)
c) Markaziy bank va Hukumat majburiyatlari bo‗yicha hech qanday qonuniy
cheklov bo‗lmasa (0 ball)
S2. Sek‘yuteritizatsiya qilingan kreditlar bo‗yicha limitlash
a) Markaziy bankning Hukumat oldida hech qanday majburiyati bo‗lmasa
(1,5 ball)
b) Markaziy bank majburiyatlarning bir qismini zimmasiga olganda (1 ball)
c) Markaziy bank majburiyatlarni o‗z zimmasiga olishida qisman cheklov
mavjud bo‗lsa (0,5 ball)
d) Markaziy bank va Hukumat majburiyatlari bo‗yicha hech qanday qonuniy
cheklov bo‗lmasa (0 ball)
S3. Markaziy bank kreditlari bo‗yicha limitlar o‗rnatish ixtisosligi darajasi
a) Markaziy bank kreditlari absolyut valyuta qiymatida ifodalansa (1,5 ball)
b) Markaziy bank kreditlarining bir qismi Hukumat daromadlari hisobidan
amalga oshirilsa (1 ball)
c) Markaziy bank kreditlari to‗liq Hukumat xarajatlari hisobiga bo‗lsa (0 ball)
S4. Kreditlar muddati
a) Markaziy bank kreditlari muddati 6 oydan oshmasa (2 ball)
b) Markaziy bank kreditlari muddati 6 oydan ortiq, lekin 1 yildan oshmasa
(1 ball)
c) Markaziy bank kreditlari muddati bo‗yicha hech qanday cheklov yo‗q
bo‗lsa (0 ball)
S5. Foiz stavkasi
Do'stlaringiz bilan baham: