Ota bilan bolaning suhbati shaklida yozilgan bu sheʼrda oʻgʻilning qoʻrqmaslik va irodalilik xislatlari jonli tafsilot va obrazlar orqali ochiladi. Sheʼrda bolalarning ichki kechinmalari, xarakteri, hamma narsani bilishga boʻlgan qiziquvchanlik holatlari kulgili usulda, taʼsirli ifodalangan. “Tursunali nega varrakdan voz kechdi?” sheʼrida Gʻafur Gʻulom texnikaning kuch-qudratini kichik yoshdagi bolalar saviyasiga mos vositalar – varrak va ayeroplan orqali koʻrsatadi. Shoir buni varrakning kuchsizligi bilan ayeroplanning kuchliligini birbiriga qarama-qarshi qoʻyish va jonlantirish usuli orqali mohirona koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan. Shoir ayeroplanda tinmay baland va uzoqlarga uchgan qahramon obrazini chizar ekan, bolalarda zamonimizning shunday qahramoniga nisbatan mehr-muhabbat uygʻotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |