«maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish»



Download 20,29 Kb.
Sana09.12.2022
Hajmi20,29 Kb.
#882146
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


«MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH»
Annotasiya:Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari,shu bilan birgalikda ularning ruhiy kechinmalari,ichki dunyosi,psixik jihatdan salomatlik darajasi haqidagi fikr mulohazalar bayon etilgan.Maqolada bolalarni maktab yoshiga tayyorlashning yo’l-yo’riq va ko’rsatmalari berib o’tilgan.
Kalit so’zlar:anatomik-fiziologik, psixik rivojlanish, maktabga motivatsion tayyorgarligi, tibbiy va psixologik korik, muvaffaqiyatli o’qish.
Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi. Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi ko’p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bogliq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo’lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o’ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning ogirligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo’yi esa 0,5 sm gacha ko’payadi, 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va engil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, changida uchish, sozish singari harakatlarni ham bemalol bajara oladilar. Musiqa bo’yicha mashg’ulotlarda bu yoshdagi bolalar xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, yengil va chaqqon bajara oladilar. Shuningdek, 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan halos etish, ko’rish va eshitish qobiliyatiga alohida etibor berish, shuningdek, umurtqa pogonasining to’g’ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan o’qish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali o’sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o’rgatish hali barmoq muskullari to’liq rivojlanmaganlik sababli ularga ma’lum darajada zarar keltirishi yoki uni chiroyli yoza olmasligi, o’z o’zidan bolani o’ziga nisbatan ishonchini yoki o’qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin. Keyingisi bolaning aqliy tayyorgarligidir. Ko’pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning malum bir dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi.Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bo’lishi mumkin, lekin so’z boyligi, malum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko’rsatkichi bo’la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqara olish, Shuningdek yetarli darajada rivojlangan bilish jarayonlarini talab etadi. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat bilan bogliqligini va ozaro tasirini ham tuShunishi va ozlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bolib, yuqori darajada rivojlangan korgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning
asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog’liqlikni ajrata olishidir. Shuni alohida takidlab otish lozimki, korgazmali-harakatli va korgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6-7 yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning aqliy rivojlanishida ham asosiy funksiyani bajaradi. Bu borada bolada malum bir ko’nikmalarning tarkib topganligi ham nihoyatda muhimdir.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishni nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligiga ham bog’liq. Maktabga oqish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeiniturli majburiyatlari va huquqlari bo’lgan va unga turli talablar qo’yiladigan – o’quvchi mavqeini olish uchun tayyor bolmogi lozimKatta bog’cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o’qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo’lishi mumkin. “Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi”, “Maktabda o’rtoqlarim ko’p boladi va men ular bilan mazza qilib o’ynayman, “Maktabda uxlatishmaydi, “Maktabning tashqi ramzlari, Shubhasiz maktabdagi bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun asosiy sabab bo’la olmaydi”, “Men otamga o’xshagan bo’lishim uchun o’qishim kerak”, “Yozishni juda yaxshi ko’raman”,”O’qishni o’rganaman”,”Maktabda qiyin misollarni yechishni organaman». Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi uchun tabiiy ravishda asos bo’la oladi.Bolaning endi o’zini katta bo’lganini, bog’cha bolasi emas, balki ma’lum bir majburiyatlari bor o’quvchi bolishini anglashi, jiddiy faoliyat bilan Shug’ullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi.Maktabda shaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, o’qituvchilari bilan munosabatga kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o’z ichiga oladi. Har bir bola bolalar jamoasiga qo’shila olishi, ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, bazi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. Ushbu xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini taminlab beradi. 6-7 yoshli bolalar oqishdagi asosiy kiyinchilik, bu yoshdagi bolalar o’qituvchini uzoq vaqt davomida tinglab olmaydilar. O’quv harakatlariga uzoq vaqt oz diqqatlarini to’play olmaydilar. Bunga sabab, faqat,shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olishi xususiyatiga ham bog’liq.Chunki, Shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida so’ray oladilar. Natijada ularning o’qishga bo’lgan qiziqishlari ortadi va o’qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffaqiyatli oqishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligining ham ahamiyati juda katta. Har bir kichkina odam birinchi navbatda o'zini sevishini his qilishni xohlaydi. Bolaning oilada o'zi kabi to'liq qabul qilinishini tushunishi kerak, lekin hech qanday yaxshilik uchun emas. Axir, aks holda u o'zini yomon, sevgiga loyiq emas deb hisoblay boshlaydi va yaxshiroq munosabat... Ota-onalar o'z farzandlariga ma'lum bir xulq-atvor modelini yuklaganlarida, ular, albatta, ular qanchalik xafa bo'lishlari haqida o'ylamaydilar. ichki dunyo chaqaloq, sizni aldangan, chalkash, keraksiz his qiling. Bolaning asosiy ehtiyoji sevgidir. Ota-onaning vazifasi esa unga o'zini to'liq qabul qilinganligini his qilishiga yordam berishdir. Maktabgacha yoshdagi psixologiya bolaning ichki dunyosi va hissiy ehtiyojlarini o'rganadi. Agar ular e'tiborga olinmasa, kichkina odam umidsizlik holatini boshdan kechiradi, bu hech qanday tarzda shaxsiyatning umumiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsata olmaydi. Maktabgacha yoshdagi psixologiya shundayki, bola hamma narsani haqiqatdan ham jiddiyroq qabul qiladi. U hali kattalar ishtirokisiz o'zining mustaqil qiyofasini shakllantira olmaydi. Buning uchun u hayotiy tajribaga, asosiy o'ziga ishonchga ega emas. Biz bolani maqtaganimizda, uning ongsizligida uning shaxs sifatida biror narsaga arziydiganligi va o'zida qadrli ekanligi saqlanib qoladi. Tez-tez tanqid qilingan taqdirda (ayniqsa adolatsiz), bizning farzandimiz faqat yopiladi va uning atrofidagi dunyoga ishonishni to'xtatadi. Boshqacha qilib aytganda, o'z-o'zini hurmat qilish kattalarning bolaga qanday munosabatda bo'lishidan iborat. Bolaga doimo uning yonida bo'lishingizni tushuntiring. O'g'il yoki qiz hal etilmaydigan vaziyatlar yo'qligini bilishi kerak. Har bir narsaning o'z afzalliklari borligini ko'rsatish uchun o'zingizning misolingizdan foydalaning
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma'lum maqsad asosidagi ta'sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularnitizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg'otish, aqliy malaka va ko'nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql his-tuyg'ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo'lgan jarayonlar yig'indisidir.
Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog'lanishlarda, munosabatlarda ko'ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bo'lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o’quv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta'lim va tarbiya samarali ta'sir ko'rsatadi.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to'g'ri tashkile uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarabbelgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi t bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ortiqcha toliqtirish bo'lmasligi yo'llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o'rganish bilan shug'ullanadi.
Bog’cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkurva nutq,xayol, xissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi, Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar bershi lozim, rangli kiyimlar berish, rangli xalqalar, qushchalar va shu singari o‘yinchoqlar.Bog‘cha yoshidagi bolalarning turli narsalarni idrok qilishida ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar.Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan toʻldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yoʻnalishlaridan biridir.Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga, jumladan uning maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha yoshdagi ta’lim muassasalariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish mamalakatimiz ilmiy texnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlar yoʻnalishlarining bir qismi sifatida qaralishi mumkin. Zero, ta’kidlab oʻtganimizdek, uzluksiz ta’lim bosqichlarining samarali ishlashi ma’lum darajasida maktabgacha ta’lim sifata bogʻliq bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakllanib boʻladi. uncha toʻgʻri mazmun va yoʻnalish berish pedagogika fani, ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir. Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota –onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta shugʻullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi.6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim –tarbiyasi bilan shugʻullanuvchilar asosiy shart hisoblanish –bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun koʻrik vazifasini oʻtashini, oila yoki maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim –tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz oʻtkazishni ta’minlash
zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga oʻtishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munsoabatlarida anchayin jiddiy oʻzgarishlarni yuzaga chiqardi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin boʻlmagan bilim, tushuncha, koʻnikma va malakalar bilan tanishtirish kerak boʻladi.
Maktabgacha ta'lim va tarbiya — bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turi deb ko'rsatib o'tilgan, Yosh avlodni har tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan ob'ektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri.Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogikva psixologik ta'sir ko'rsatishdir. Demak, aql keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o'z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig'indisi bo'lib, u yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, ko'nikma va malakalar, me'yorlar, qoidalar va boshqalarda ro'y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, kerakli shart-sharoitlarni yaratishni o'z ichiga oladi.

Foydalaniladigan adabiyotlar royxati.
1. Goziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010.
2. Goziyev E.G Ontogenez psixologiya. Toshkent.Noshir nashriyoti 2010.
3. David G. Mayers. Psychology, USA 2010
4.Nemov R.S. Psixologiya.Kniga 1.2. Psixologiya obrazovaniya. Vlados.M.:2007
5.A.Shamshetova, R.H.Meliboyeva, X.Usmanova, I.Haydarov.
Umumiy psixologiya. T. 2018.
Download 20,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish