Oʻsha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” – “Alifbe”, “Ikkinchi muallim” – “Oʻqish” kitoblari katta rol oʻynadi. Bu kitoblarda Avloniy oʻtmish adabiyotimizning eng yaxshi anʼanalarini davom ettirdi, ilm va maʼrifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi. Abdulla Avloniyning “Bahor keldi”, “Bulbul”, “Bola ila gul”, “Yolgʻonchi choʻpon”, “Tulki ila qargʻa” kabi juda koʻp sheʼrlari kichik yoshdagi bolalarga bagʻishlangan. “Maktab bolasi” sheʼri boshlangʻich sinf oʻquvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida oʻqishga muhabbat uygʻonishi umumiy yoʻsinda bayon etiladi: Yoʻlga soldi til ila yoʻldoshin, Maktabga moyil ayladi boshin.
Do'stlaringiz bilan baham: |