MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………………….. 3 ASOSIY QISM ………………………………………………………………………… 4 ELEKTRON RAQAMLI IMZO TAHLILI Elektron raqamli imzo .……………………………………………………..…… 4
Elektron raqamli imzo o’rnatish tartibi ……………………………….……….. 8
Elektron murojaatni elektron raqamli imzo orqali imzolash tartib ………… 13
ELEKTRON RAQAMLI IMZO TADQIQI
2.1Kengaytirilgan malakali elektron imzo ….……………………………………… 16
2.2 Elektron raqamli imzo turini aniqlash ………………………………..………… 19 2.3 Elektron raqamli imzo turlari ………………………………..………………… 31 2.4 Elektron raqamli imzoni olish uchun hujjatlar ro'yxati …………….…………. 37 XULOSA …………………………….……………………………………………….. 40 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………….……………………….. 42
KIRISH O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II-sonli «Elektron rakamli imzo to‘g‘risida» qonuni asosida elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish belgilab qo‘yilgan. Elektron raqamli imzo - yopiq kalitini qo‘llagan holda axborotning kriptografik o‘zgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi;
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, gi qonuniga asosan elektron raqamli imzo elektron hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiyalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘lda qo‘yilgan imzoning to‘kis analogi hisoblanadi hamda elektron hujjatda aks ettirilgan axborotning o‘zgartirilmasligi va avtorlikni tasdiqlash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.
Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 348sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining milliy kriptografik algoritmlarini yaratish, ularni takomillashtirish va axborotni kriptografik muhofazalashning milliy dasturiy va apparat-dasturiy vositalarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 3 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik muhofazasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» 614-sonli qarorida birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yilganligini hisobga olsak, mazkur ixtiro bu qarorning bajarilishini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.