Xorijiy himoyalangan elektron hujjat almashuv tizimi va E-Hujjatning qiyosiy narxlari:
Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xorijda ishlab chiqilgan HEHATning o‘rtacha narxi – 471 625 dollar bo‘lsa, ixtiro bo‘yicha ishlab chiqilgan himoyalangan elektron hujjat almashuv tizimi E-Hujjatning o‘rtacha narxi — 80 000 dollarni tashkil etadi.
Patentga asoslangan himoyalangan elektron hujjat almashuv tizimi E-Hujjatni joriy etishdan keladigan iqtisodiy samara yuqori bo‘lib, respublika miqyosida har 1000ta joriy etilgan tizimdan 471 625 – 80 000 q 391 625 dollar valyuta iqtisod qilinadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, korxonalar uchun E-Hujjatni joriy etish xorijiy tizimlardan o‘rtacha 5 baravar arzonga tushadi. Bu FTMTM olimlarining mashaqqatli mehnati samarasi, albatta.
Elektron-raqamli imzo (ERI) – bu ERI o'z egasining egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat rekviziti bo'lib, shuningdek, u ma'lumotlar yoki axborotlarni elektron hujjatda imzolangan paytdan boshlab qayd etadi.
Elektron hujjat yuritish jarayonida ikki turdagi elektron imzodan foydalaniladi: oddiy va kuchaytirilgan.
1. Oddiy elektron imzo – qog'ozdagi imzo bilan barobar emas. U elektron imzoni tan olish to'g'risida shartnoma tuzilgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo'ladi.
2. Kuchaytirilgan elektron imzo ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan turlarga bo'linadi.
1. Kuchaytirilgan ixtisoslashmagan elektron imzo – bu ikkita noyob belgilar ketma-ketligi: elektron imzo kaliti va elektron imzoni tekshirish kaliti. Bu hujjatning huquqiy ahamiyatini faqat qo'shimcha bitimlar bilan birgalikda ta'minlaydi.
2. Kuchaytirilgan ixtisoslashgan elektron imzo – bu qo'lda yozilgan imzoga o'xshaydi, uni yaratish uchun kriptografik axborotni himoya qilish vositalaridan foydalaniladi. USB-tashuvchida beriladigan tasdiqlash kaliti sertifikati haqiqiyligini kafolatlaydi.
Yagona portal Sizga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga murojaatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyatini taqdim etadi. Shuni Sizga eslatib oʻtamizki, elektron murojaat ERI bilan imzolanishi shart.
ERI – imzoning yopiq kalitini qoʻllagan holda axborotning kriptografik oʻzgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqliligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi.
ERI elektron hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiyalash uchun moʻljallangan boʻlib, qoʻlda qoʻyilgan imzoning toʻkis analogi hisoblanadi hamda elektron hujjatda aks ettirilgan axborotning oʻzgartirilmasligi va avtorlikni tasdiqlash uchun qoʻllaniladi. Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Ozbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasiga muvofiq, ERI bilan tasdiqlanmagan murojjatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.
ERI OLISH TARTIBI
ERI Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2 yilga beriladi. ERIni yaqin atrofdagi tuman Davlat soliq inspektsiyasi (DSI)da toʻlov asosida olish mumkin. ERI uchun eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida to'lov summasi undiriladi.
ERI olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:
- ERI kaliti sertifikati va kalitini olish toʻgʻrisidagi imzolangan hamda zarur hollarda muhr bilan tasdiqlangan ariza (1-ilova);
- arizada koʻrsatilgan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining pasporti;
Do'stlaringiz bilan baham: |