” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi


I. FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG’ULOTLARI



Download 382,15 Kb.
bet2/71
Sana23.07.2022
Hajmi382,15 Kb.
#843015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
OTOM majmua 2-kurs sirtqi

I. FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
1-mavzu: Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining umumiy masalalari.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari. Ona tili o’qitish tamoyillari, ,ona tili o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.


Reja:
1. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasi pеdagogik fan.
2. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasining prеdmеti va vazifalari.
3. Ona tili mеtodikasining o`rganish prеdmеti ta'lim bеrish sharoitida ona tilini egallash jarayoni ekanligi.
4. Ona tili o`qitish tamoyillari.
5. Ona tili o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.


Tayanch tushuncha va iboralar : metod,pedagogik fan,boshlang`ich sinf,grammatika, imlo, nutq o`stirish, xat-savod,adabiy til me`yori,elementar o`qish,elementar yozuv.
Metod aslida yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, “bilish va tadqiqot yo’li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi. Metodika (yun.”Methodike”) biror ishni bajarish, amalgam oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish usullari haqidagi ta’limot – ta’lim berish metodlari, yo’llari va vositalari haqidagi fandir.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti o’quvchilarga o’zbek tilini o’rgatish yo’llarini va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, grammatika va imloni o’zlashtirib olish to’g’risidagi ilmdir.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o’qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo’lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o’rgatadi. Shu bilan birga, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish grammatika, imlo va unga bog’liq holda nutq o’stirish metodikasigina emas, balki xat-savod o’rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o’qish metodikalarini ham o’z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
A)boshlang’ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning dasturini belgilash va asoslash;
B)o’qish va yozuvdan bilim va ko’nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda o’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o’rganish, xatolarning sababini tahlil qilish,ularning oldini olish va to’g’rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
D)ona tilidan beriladigan o’quv materialini o’quvchilar aniq tushunishi va puxta o’zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o’quvchilarning umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o’ylashini, nutqini o’stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;
E) ona tilini o’rgatish bilan bog’liq holda maktablar oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalgam oshirish, o’quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.
Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish usullarini topadi.
Ona tili metodikasi ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ona tilini o’qitishning izchillik va uzluksizligni ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalarning nutqini o’rtirish nazarda tutiladi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar nutqini o’stirishdan tashqari,ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani o’z vazifalarini belgilab olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan ta’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo’nalishiga aylandi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va shu asosda yaratilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin dalilidir.
Ona tili metodikasi umumiy pedagogika bilan ham o’zaro bog’lanadi. Maktab ta’limidagi har bir o’quv predmeti, shu jumladan ona tili ham, faqat bilim berish, ko’nikma va malaka hosil qilish bilangina cheklanmay, bolaning ongini oshirishi va tarbiyalashi ham zarur. Haqiqatan ham, ona tili o’qitish jarayonida bolalarning dunyoqarashi shakllanadi,bilish qobiliyati o’sadi, ular aqliy, axloqiy, estetik tomondan rivojlanadi, xarakterida ma’lum ijobiy xususiyatlar yuzaga keladi, mehnat qilishga o’rganadi va hokazo.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o’rin tutadi. Kishilarning o’zaro munosabati, his-tuyg’ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o’rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. “Ajoyib o’qituvchi bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi…bola ikki-uch yil ichida shuncha ko’p narsa o’rganadiki, ko’p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to’g’ri o’qiganda ham uning yarmicha o’rgana olmaydi.Ona tilining ulug’ pedagogligi ham ana shundadir”, - deydi u.Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rganishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ona tili darslarida ongli o’qish va savodli yozishga o’rganadilar, og’zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar. Ona tili sohasidagi ko’nikma-malakalar (nutq, o’qish va yozishga oid malakalar) o’quvchilarning o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasidir.
Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida o’rin tutadi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili mashg’ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. O’qish, yozish, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda, ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni malakaga aylantirish.
1. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to’g’ri talaffuzni o’rganish, nutq va uslubiy elementlarni egallash.
2. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.
3. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish.
Bu vazifalarning hammasini boshlang’ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo’lib, unda o’quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko’nikma va malakalar darajasiga qo’yilgan asosiy talablar belgilangan bo’ladi. O’qituvchi va o’quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar.
Boshlang’ich sinflaning ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
1. Tushuntirish xati.
2. Asosiy qism.
tushintirish xatida ona tili predmetining tutgan o’rni, uning vazifalari ko’rsatilib, metodik yo’l-yo’riqlar beriladi.
dasturning asosiy qismi quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:
1. Savod o’rgatish va nutq o’stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish.
Ularda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlar mazmuni va ularning bilim, ko’nikmalariga qo’yilgan talablar ko’rsatiladi:
Har bir bo’lim bir necha qismlardan iborat. Masalan, “sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish” bo’limi “sinfda o’qish”, “sinfdan tashqari o’qish”,”o’qish mavzulari”, “o’qish ko’nikmalari”, “matn ustida ishlash” kabi qismlarni o’z ichiga oladi.
O’quvchilarga ona tilini o’rgaish, ularni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariyasiga asoslanib, barcha yaqin , o’zaro bog’liq fanlar tavsiyalarga asoslanib, ona tili o’qitish metodikasi o’z tamoyillarini ishlab chiqadi.
Ona tili o’qitish tamoyillari quyidagilar:
1. Til materialiga, nutq organlarining o’sishiga, nutq malakalarining to’g’ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili.
Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo’lsa-da, e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, fonetik ko’nikmalarga yetarli e’tibor berilmasa, imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta’lim tamoyili tildan olib boriladigan mashg’ulotlarda eshituv va ko’ruv ko’rsatmaliligini ta’minlashni va nutq organlarini mashq qildirishni (gapirib berish, ifodali o’qishni, ichida gapirishni) talab etadi.
2. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish tamoyili.
So’zni, morfemani, so’z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash demakdir. Til ma’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar(grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, uslubiyat) ni o’zaro bog’langan holda kuzatish o’rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o’rganish, o’zlashtirish mumkin. Sintaksisni o’rganishda esa morfologiyaga suyaniladi.
Orfografiya, fonetika, grammatika, so’z yasalishiga suyanadi va hokazo. So’zni morfemik tahlil qilish, uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, o’qitishda buni albatta hisobga olish kerak.
3. Tilga sezgirlikni o’stirish tamoyili.
Til – juda murakkab hodisa, uning tuzilishini, izchil tizimini fahmlab olmay turib, sal bo’lsa-da, uning qonuniyatlarini, o’xshashliklarini o’zlashtirmay turib, uni yodda saqlab bo’lmaydi.
Bola gaplashish, o’qish, eshitish bilan til materiallarini yig’adi,
Uning qonunlarini o’zlashtiradi. Natijada kishi tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi.
4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili.
Bu tamoyil til hodisalarini tushunmay turib, savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish vazifasini tushunish bilan bir qatorda uning ifodaliligini (uslubga oid), tushunishni, mazmuninigina emas, balki so’z va nutq birliklarining , tilning boshqa badiiy - tasviriy vositalarning hissiy bo’yoqdorligini tushunishni ham ko’zda tutadi.
Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, tilning uslubiy xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi. Bu esa matn mazmuni va uning o’ziga xos “noziklik”larini ham anglab yetishga yordam beradi.
5. Og’zaki nutqni yozma nutqdan oldin o’zlashtirish tamoyili.
Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta’sir etadi va til o’qitish metodikasini tuzishda xizmat qialdi.
Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o’qituvchi bilan o’quvchining maqsadga muvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo’nalishni tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
Metodika tavsiyalarining ilmiy darajasi, nazariy tasdiqlanishi yuqori saviyada tekshirish metodlarining puxtaligiga ham bog’liq bo’ladi.
Tekshirish usullari(metodlari) 2 xil:
1. Nazariy tekshirish metodlari. U quyidagi hollarda tadbiq etiladi:
A) biror hodisaning metodik asosini, unga bog’liq boshqa fanlarni o’rganish, qo’yilgan gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yo’nalishini belgilashda;
B) masala tarixi, xorijiy maktab tajribalari va mavzuga doir adabiyotlarni o’rganish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlanmagan va hal qilinmagan o’rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholashda;
D) bir-biriga yaqin fanlar(psixologiya, lingvistika, sotsiologiya) ning tekshirish metodlarini, olimlarning tekshirish ishlari tajribasini o’rganish, qulay metodlarni tanlash, o’zining yangi eksperimental metodikasini yaratish, materiallarni tayyorlash maqsadida;
E) empirik tajriba yo’li bilan olingan materiallarni tahli qilish va umumlashtirish, o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, eksperiment natijasini tahlil qilish, amaliy tavsiyanomalarini shakllantirishda.
2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod). Bu metod quyidagi maqsadlarda qo’llanadi:
a) bu metod o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, yangiliklarini tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash;
b) o’quvchilarni o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini, o’quvchilarning javobi, hikoyasini,yozma ishini tekshirish), o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatini so’rovnoma orqali tekshirish;
d) eksperiment (tajriba) metodidan foydalanish. Hozirgi kunda keng tarqalgan bu usulda dedo`qtiv yo’ldan boriladi, ya’ni gipoteza qo’yiladi, mavzuga asosan eksperiment uchun material (o’quv materiali) tayyorlanadi. Eksperimentda 2 ta sinf tanlanadi. Biri tajriba sinfi, ikkinchisi taqqoslash uchun tanlangan tekshiruv sinfi. Tjriba sinfida yangi metod, yangi darslik, yangi ishlanmadan foydalanilsa, tekshiruv sinfida amaldagi metod, darslik, ishlanmadan foydalaniladi. Ikkinchi marta sinflar almashtiriladi, bu chaprost deb nomlanadi. Har ikkala holda ham natija yuqori bo’lsa, demak, ish usuli foydali sanaladi.
Eksperiment vazifasiga ko’ra quyidagi hollarda o’tkaziladi:
1) yangi metod, yangi darslikning muvofiqligini tekshirishda;
2) metod yoki qo’llanmaning qay darajada foydaliligini tekshirishda;
3) metod yoki qo’llanmaning muvofiqliginmi va samaradorligini aniqlashda.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi o’z predmeti va vazifalariga mos ravishda empirik tekshirish metodidan quyidagi ishlarda ham foydalaniladi:
1. Ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini umumlashtirishda.buning uchun ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalari o’rganiladi, tahlil qilinadi, eng foydali jihatlari aniqlanadi va umumlashtiladi. Bu metodiks fani nazariy xulosalarning to’g’riligini tekshirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi, bu fanni yangiliklar bilan boyitib boradi.
2. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasidagi meros va yangiliklarni o’rganishda.
3. Ta’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini tekshirishda.
4. Ona tilidan o’quvchilarning o’qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy ishlari ustidan kuzatish olib borishda.
5. O’quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og’zaki qayta hikoyalash, yozma ish kabi usullar yordamida tahlil qilishda.
Yuqoridagi tekshirish metodlari ushbu fanning davr talabidan kelib chiqib rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.

Download 382,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish