1.Adabiy asarni tahlil qilish va ifodali o`qishga tayyorlash usullari haqida ma’lumоt bеring.
2.Ifodali o`qish texnikasi nima ?
3.Intonatsiya, ritmik urg`u nima ?
4. O`qituvchining namunali ifodali o`qishi uchun nimalarga e`tibor berishi kerak?
5.Badiiy asarni tahlil qilish bosqichlarini tahlil qilib bering
3-Mavzu: O’quvchilarni PIRLS topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga o’rgatish.Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini PIRLS tizimi asosida baholashga o’rgatish. Har xil janrdagi asarlarni o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari.
Ertakni o’qish metodikasi. Hikoyajanridagi asarni o’qitish metodikasi. She’r janridagi asarni o’qitish metodikasi. Masal janridagi asarlarni o’qitish metodikasi. Ilmiy-ommabop asarlarni o’qitish metodikasi. Doston janridagi asarlarni o’qitish metodikasi. Topishmoq, tez aytish, maqol janridagi asarlarni o’qitish metodikasi.
Reja: 1.PIRLS baholash tizimi haqida ma`lumot. 2..Har xil janrdagi asarlarni o`qitish metodikasining o`ziga xos xususiyatlari.
3.Ertakni o`qitish metodikasi.
4.Hikoya janridagi asarlarni o`qitish metodikasi.
5.She`riy nutqnng xususiyatlari
6.Masal janridagi asarlarni o`qish metodikasi.
7. Ilmiy –ommabop asarlarni o‘qitish mеtodikasi
Tayanch so’z va iboralar:adabiy tur, adabiy janr,ertak,maqol, topishmoq, masal, doston, rivoyat,ilmiy-ommabop maqola, she`r, lirik she`r, epik she`r,masal,majoz,ilmiy-ommabop maqola,ifodali o’qish. PIRLS nima? Tadqiqot kim tomonidan va qachon joriy etilgan?
Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assosatsiyasi (IEA- International Association for the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etilgan.
Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas'uliyat Chestnut Hill (Massachusets, AQSH) Boston kollejiga yuklatilgan.
Tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma'lumotlar markazida amalga oshiriladi.
Ilk bora tadqiqot 2001-yilda o'tkazilgan. Tadqiqot xar 5 yilda bir marotaba o'tkaziladi.
Ushbu tadqiqot dunyoning turli mamlakatlarida tahsil oluvchi boshlang'ich sinf (4-sinf) o'quvchilarini matnni o'qish va tushunish darajalarini taqqoslovchi shuningdek, mamlakatlar milliy ta'lim tizimida o'qish savodxonligi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni taqqoslashga ixtisoslashgan xalqaro baholash loyihasi hisoblanadi.
Tadqiqot asosan o'quvchilarning dars vaqtidagi va maktabdan tashqari vaqtdagi ikki turdagi o'qish savodxonligini baholaydi.
PIRLS(Progress in International Reading Literacy Study – xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) – bu turli davlatlarda 4-sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. O‘quvchilarga shunchaki o‘qitish yoki yodlatish emas, balki, o‘qigan ma‘lumoti nima ekanligi haqida fikr yuritishga o‘rgatish zarur. Buning uchun ular bilan ko‘proq og‘zaki savol-javoblar o‘tkazish, faqatgina berilgan matn bilan cheklanib qolmasdan shunga bog‘liq bo‘lgan, fikrlashga ―majbur qiladigan‖ savollar bilan murojaat qilish lozim. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlashlarini shakllantiradi hamda dunyoqarashini kengaytiradi. Ushbu sinov turi har 5 yilda o‘tkaziladi.
Xalqaro baholash dasturi PIRLS dunyoning turli mamlakatlari milliy ta‘lim tizimida o’qish savodxonligi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni qiyoslashga yo’naltirilgan. Har besh yilda o’tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi.
O’qish savodxonligi o’quvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatini o’sishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi, shuningdek, PIRLS ta‘lim sohasida olib borilayotgan siyosatning muvaffaqiyatga ta‘sirini baholash uchun qimmatli vosita hisoblanadi.
O’qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo’llay olish qobiliyatidir.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta‘rifiga ko’ra, o’qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma‘no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
PIRLS yosh o’quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o’qishining ikkita maqsadiga qaratilgan: Bular: badiiy tajriba orttirish hamda ma‘lumot olish va ulardan foydalanish uchun o’qishdir.
PIRLS o’qish maqsadlarining har birida to’rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi: diqqatni jamlash va aniq ko’rsatilgan ma‘lumotlarni topish, to’g’ridan to’g’ri xulosalar chiqarish, g’oyalar va axborotni talqin qilish va uyg’unlashtirish, kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
PIRLSda har bir matn parchasi yoki matn yuzasidan beriladigan savollar to’rtta tushunish jarayonini baholash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. O’quvchilar matndan ma‘no hosil qilar ekan, ular aniq tushuntirilmagan g’oyalar yoki ma‘lumotlarga nisbatan tushuntirishlar beradi. Xulosalash o’quvchilarga matndan tashqariga chiqishga imkon beradi. Ko’pgina hollarda muallif matnni o’quvchining aniq yoki bevosita xulosa chiqarishi uchun yaratadi. O’quvchilar oddiy xulosalar bilan bir qatorda, matndagi g’oyalar va axborotlarni talqin qilishda va uyg’unlashtirishda aniq yoki umumiy ma‘nolarga e‘tibor berishlari yoki tafsilotlarni umumiy mavzular va g’oyalar bilan bog’lashlari mumkin.
To’liq javob berish uchun o’quvchidan barcha matnni yoki hech bo’lmaganda uning muhim qismlarini, shuningdek, matndan tashqaridagi fikrlarni yoki axborotni tushunish talab qilinadi. [3]
PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar tarkibi 1000 ta so’zgacha bo‘lib, badiiy matnlar asosiy mavzuga ega, u berilgan matndan tashqari o’quvchi tomonidan umumlashtiriladigan, axborot matnlari o’quv materiallardan olinmagan mavzuni yoritib bergan bo‘lishi kerak. Matnda hech qanday so’zlashuvga oid so’z yoki jargon ishlatilmaydi hamda ortiqcha texnik ifodalar olib tashlanadi. Matnning mazmuni 9–10 yoshdagi o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, ayrim madaniyatlarga juda xos bo’lgan mavzulardan chetlanishi, shuningdek, matn shu yoshdagi maktab o’quvchilari uchun qiziqarli va zavqli bo’lishi hamda o’quvchi uchun unchalik tanish bo’lmasligi lozim.
O‘qish darslarida PIRLS testlaridan foydalanish o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshiradi, ularda o‘qib tushunish malakasi rivojlanishiga xizmat qiladi.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o’qitiladi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash orqali o’zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko’pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo’shilib ketadi.
Ertakning o’tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, unda ezgulik kuchining − yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlar bo’ladi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o’quvchilar unda to’g’rilik, halollik g’alaba qilganidan, kambag’al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro’yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo’lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag’allarga yordam ko’rsatish, o’z mehnati bilan hayot kechirish bo’lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g’oyasi ilgari surilgan bo’lsa, «Hiylagarning jazosi» ertagida (4-sinf) soddadilning to’g’riligi hiylagarning makri ustidan g’olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g’oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to’g’riso’zlilikning g’alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g’alaba
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og’zaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqini yangi so’z va iboralar bilan boyitadi.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g’oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo’li bilan bog’lanishli nutqni o’stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgo’y bola» (1-sinf) ertagida bola o’z rostgo’yligi bilan podshoga ma’qul bo’lganligi hikoya qilingan. Ertak g’oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. O’quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o’zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
Ertakni o’qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o’quvchilardan shaylanib, ro’parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so’zlarining ma’nosi so’raladi. Javoblar to’ldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo’llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag’alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o’rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin: