IY. SAVOD O’RGATISDA MASHQ TURLARI,SAVOD O`RGATISHDA NUTQ O`STIRISH.
Savod o`rgatishda quyidagi mashq turlari qo`llanadi:
1. Yangi tovush o`rganilganda shu tovush cho`zib talaffuz qilinadi: miil, sssa-na, ool-ma. Birinchi savod o`rgatish darslarida buni hosil qilish murakkabligi bor. Birinchidan o`qish ko`nikmasi yo`qligi uchun yetti yoshli bolaning ko`rish maydoni tor bo`ladi. Shuning uchun ko`p o`quvchilar bo`g`inni, so`zni taxminan o`qiydi. O-na so`zida uch ko`rish maydoni bor deb faraz qilamiz o-n-a ko`z o harfini tovushga aylantiradi, tovush uziladi. N-sonor tovushini (ovozni) uzmay a tovushga ulashni amalga oshiradi, shunda bo`g`in hosil bo`ladi, n tovushi uzilib a tovushini alohida aytib so`ngra na deb o`qisa, bo`g`in hosil bo`lmaydi. Bunday holatda o`quvchi bo`g`inlab emas, harflab o`qishga odatlanadi. Bu esa tez o`qish metodini kechiktiradi.
2. Harf terish karton orqali ishlash - so`z tuziladi, so`zdagi harf o`qiladi, sanaladi, bo`g`inga ajratiladi. Bo`g`in sanaladi, o`qiladi.
3. Undoshlarni almashtirish orqali yangi so`z yasash ol-dim, oltin til-dil, bil.
4. Bo`g`inlar jadvali tuzish va undan foydalanish. Jadval ikki xil bo`ladi: a) yopiq bo`g`in jadvali, b) ochiq bo`g`in jadvali.
«Alifbe» darsligida harflar joylashishi tartibida jadval tuziladi.
Jadvaldan quyidagicha foydalaniladi:
o`qituvchi aytadi, o`quvchi ko`rsatib o`qiydi;
o`qituvchi ko`rsatadi, o`quvchi o`qiydi;
v) oldingi bo`g`in ko`rsatiladi, bo`g`inga mos bo`g`inni o`quvchi topib qo`shib o`qiydi;
g) keyingi bo`g`in ko`rsatiladi, o`quvchi mos bo`g`inni topib so`z o`qiladi. ...la, lola;
minut davomida jadvalni eniga bo`yiga o`qish;
minut davomida erkin so`z tuzish.
Sintez (tarkib) amaliy mashg`ulotda bajariladi. (Ona tili o`qitish metodikasi 34-bet).
Bo`g`inlar jadvali texnika vositalari orqali tushuntiriladi, savod o`rgatish davrida ustunlarda berilgan bo`g`inga bo`lingan so`zlar ustida mustaqil ish tashkil qilish, matn ustida ishlash usullari bayon qilinadi.
Tovushlarning paydo bo`lish o`rnini aniqlash, diksiya ustida ishlash har bir yangi tovush o`rganilganda amalga oshiriladi. Masalan: Rning hosil bo`lishi: og`iz, ozroq ochiq, tishlar orasida bo`shliq bo`ladi, lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglayga tomon baland tilning uchi titraydi.
Diksiya turlari. Ularning ohangdorligini ta`minlashda «solfedjio»ga bog`lash mumkin: do, re, mi, fa, sol, lya, si - a, o, o`, u, e, i, a, i, u, u, a.
S, sh, ishtirok etgan so`zlarni takror talaffuz qilish sira, shira,. Sekindan tezlatish.
Tez aytishdan foydalanish: Olimdan olma oldingmi? G`ani g`ildirakni g`izillatib g`ildiratdi.
Xo`r bilan o`qitish, sanash ohangi bilan o`qish: Bir-ga, ikki-ni, bir-na, ikki-zi, uch-ra.
Do'stlaringiz bilan baham: |