O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI ” KAFEDRASI
ONA TILI O’QITISH METODIKASI
FANIDAN
O`QUV-USLUBIY MAJMUA
2-kurs
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta’lim yo`nalishi: 5111700 - Boshlang’ich ta’lim .
URGANCH-2021
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI ” KAFEDRASI
«TASDIQLAYMAN»
Urganch davlat universiteti
o`quv ishlari bo`yicha prorektori:
_____________dots. S. Xodjaniyazov
___._____. 2021 yil
“ONA TILI O’QITISH METODIKASI”
FANIDAN
O`QUV-USLUBIY MAJMUA
(2-kurs uchun)
URGANCH-2021
Ushbu ishchi dastur bakalavrning 5111700 - «Boshlang’ich ta’lim» yo`nalishi uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2020 yil 14 avgustda 418 – sonli buyrug`i bilan ma`qullangan fan dastur asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar: katta o`qit. M. Tilavova
katta o`qit. B. Sapayeva
st o’qit. G. Sharipova
Taqrizchilar: dots. M. Jumaniyozova
O‘quv-uslubiy majmua Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining ____ yil yil ______ agi majlisida ko`rib chiqildi (Bayonnoma № 1 ) va tasdiqlandi.
MUNDARIJA
1.
|
FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
|
|
2.
|
FAN YUZASIDAN AMALIY MASHG’ULOTLAR
|
|
3.
|
FAN YUZASIDAN SEMINAR MASHG’ULOTLAR
|
|
4.
|
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
|
|
5.
|
GLOSSARY
|
|
6.
|
ILOVALAR:
|
|
|
FAN DASTURI
|
|
|
ISHCHI FAN DASTURI
|
|
|
TARQATMA MATERIAL
|
|
|
TESTLAR
|
|
|
BAHOLASH MEZONLARI BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR
|
|
|
BOSHQA MATERIALLAR
|
|
|
O’UM NING ELEKTRON VARIANTI
|
|
FAN YUZASIDAN MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
4-semestr.
Reja:
1.Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining predmeti va vazifalari.
2.Ona tili o’qitish tamoyillari.
3.Ona tili o`qitish metodikasining tekshirish usullari.
4.Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Tayanch so`z va iboralari: grammatika, fonetika, savod o’rgatish metodikasi, grammatika va imlo o’quvchilarda bog’lanishli nutqni o’stirish metodikasi, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun,”Kadrlar tayyorlash” Milliy dasturi, til ma’nolari, tilga sezgirlik, empirik metod, eksperimental tekshirish,til ma’nolarini tushunish tamoyili, nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili, orfoepik va orfografik qoidalar, og’zaki qayta hikoyalash.
I.BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI VA VAZIFALARI.
Ona tili o’qitish metodikasi - pedagogik va amaliy fan. Chunki u nazariyaga asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.
Ona tili o’qitish metodikasining predmeti ta’lim berish jarayonida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, fonetika, grammatika kabilarni bilib olish jarayoni hisoblanadi.Ona tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, til haqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi, til o’rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi .
Ona tili o‘qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |