” kafedrasi ona tili o’qitish metodikasi fanidan


II.ONA TILI O’QITISH TAMOYILLARI



Download 4,88 Mb.
bet5/192
Sana09.07.2022
Hajmi4,88 Mb.
#763936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Bog'liq
OTOM 4-semestr yangi majmua 2021

II.ONA TILI O’QITISH TAMOYILLARI.
O‘quvchilarga ona tilini o‘rgatish, ularni tarbiyalash, har tomonlama o‘stirish vazifasidan kelib chiqib, bilish nazariyasiga asoslanib, barcha yaqin, o‘zaro bog’liq fanlar tavsiyalariga asoslanib ona tili o‘qitish metodikasi o‘z tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan tashqari tamoyillar bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi o‘quv mehnatining yo’nalishlarini belgilab beradi.
Ona tili o‘qitish tamoyillari 5 ta:
1.Til materiyasiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g’ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo‘lsa-da, e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, fonetik ko‘nikmalarga yetarli e’tibor berilmasa imloviy savodxonlikka putur yetadi.
Bu ta’lim tamoyili tildan olib boriladigan mashg’ulotlarda eshituv va ko‘ruv ko’rsatmaliligini ta’minlashni va nutq organlarini mashqlantirishni (gapirib berish, ifodali o‘qishni ichida, gapirishni) talab etadi.
2.Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish prinsipi. So‘zni, morfemani, so‘z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog’lanishni aniqlash demakdir. Til ma’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, stilistika)ni o‘zaro bog’langan holda o‘rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o‘rganish, o‘zlashtirish mumkin. Sintaksisni o‘rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, grammatika, so‘z yasalishiga suyanadi va h.k. So‘zni morfemik tomondan tahlil qilish uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari bir-biri bilan o‘zaro bog’langan bo‘lib, o‘qitishda buni albatta hisobga olish kerak.
3.Tilga sezgirlikni o‘stirish prinsipi. Til - juda murakkab hodisa, uning tuzilishini, sistemasini fahmlab olmay turib, sal bo‘lsa-da, uning qonuniyatlarini, o‘xshashliklarini o‘zlashtirmay turib uni yodda saqlab bilmaydi. Bola gaplashish, o‘qish, eshitish bilan til materiallarini yig’adi, uning qonunlarini o‘zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi.
4.Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish funksiyasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodalilik (uslubga oid) funksiyasini tushunishni, mazmuninigina emas, balki so‘z va nutq oborotlarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy ottenkalarini ham tushunishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, tilning funksional-stilistik xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi.
5.Og’zaki nutqni yozma nutqdan oldin o‘zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta’sir etadi va til o‘qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi.
Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o‘qituvchi bilan o‘quvchining maqsadga muvofiq; faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo’nalishini tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim prinsipi ta’lim – tarbiya jarayoniga asos bo’ladigan ta’limiy qonun-qoida ma’nosini ifodalaydi.Biz quyida ona tili fanini o’qitishda qo’llaniladigan prinsiplar xususida so’z yuritamiz.
Tizimlilik va izchillik prinsipi. O’zbek tili o’qitishda tizimlilik va izchillik prinsipi muhim o’rin tutadi. Til fanining bo’limlarini bir tartibda o’rganish shu prinsipga mos tushadi. Ona tili fanini o’rgatishda dastlab fonetika, leksika haqida, shundan so’ng so’z yasash, so’z tarkibi, morfologiya va sintaksis haqida ma’lumot beriladi. Bu esa yuqoridagi prinsipga amal qilinganligini bildiradi.Ona tili o’qitishda nazariyani amaliyotga bog’lash ham muhimdir. Buning uchun fonetika va grammatikadan har bir mavzu orfografiya yoki punktuatsiya bilan, orfoepiya yoki lug’at bilan bog’liq holda o’tilishi lozim. Bu prinsipni amalga oshirish uchun grammatik qoidalarga mos misollarni jonli nutqdan olish, qoidalarni mustahkamlashda o’quvchilarning ijodiy tafakkurini o’stirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanish zarur bo’ladi.
Ona tili o’qitishda onglilik ham muhim o’rin egallaydi. Onglilik prinsipi ta’rif yoki qoidaning o’quvchilar tomonidan ongli o’zlashtirilishiga tirishmoqni talab etadi:
1.O’qitishda ongli verbal-kognitiv ta’limga (OVKT) asoslanish;
2.Til materiali va ta’lim oluvchilarning yosh psixologiyasi mutanosibligiga e’tibor berish;
3.O’quvchilarda mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini mustahkamlash;
4.Darsni ma’lum bir tizimda olib borish;
5.Mavzulararo bog’lanishga e’tibor berish;
6.Nutqiy malakalarni mustahkamlash va til sezgirligini oshirish;
Mustaqillik va faollik prinsipi.
Mustaqillik va faollik orqali o’quvchi ta’limining faol ishtirokchisiga aylanadi. Mustaqillik faollik uchun sharoit yaratilsa, faollik mustaqillikni tarbiyalashga asos bo’ladi. Mashg’ulotlarda mustaqil ishlarni tashkil etish qo’yilgan muammo, savol va topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib o’quv jarayonini boshqarish yosh avlodda mustaqillik va faollikni tarbiyalaydi.
Buning uchun o’quvchi har bir mashg’ulotda mustaqil va ijodiy ishlashi, tilning mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, so’z boyligini oshirib borishi, ravon va aniq so’zlash malakasini egallashi darkor.
Ilmiylik va tushunarlilik prinsipi.
Ilmiylik prinsipi o’quv predmetlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishni talab etadi. Tushunarlilik prinsipi esa o’quv predmetini bolalarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, hayotiy tajribalari, tayyorgarlik darajasiga moslashtirishni taqozo etadi.Bu ikki prinsip bir-birini to’ldiradi. Bu prinsiplarni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor berish talab etiladi:

  • til sathlarini o’zaro bog’liqlikda o’rgatish;

  • o’qituvchining fan yangiliklaridan xabardor bo’lib turishi kerak;

  • o’qituvchi butun fikrini ilmga asoslanib bayon etishi lozim;

  • til va nutqni farqlab o’qitishning ixcham va talaffuz meyorlariga mos bo’lishi;

  • ayrim o’quvchilarga individual munosabatda bo’lish.

Ko’rsatmalilik prinsipi.
Ko’rsatmalilik o’quvchilar bilimini oshirish va o’qituvchining mehnatini samarali qilish vositalaridan biridir.
Ko’rgazmali quroldan yangi bilim berishda ham, o’tilganlarini qaytarish va ayrim faktlarni izohlashda ham foydalanish mumkin. Ko’rgazma sifatida turli jadvallardan, boshqotirmalardan, fikrlash jarayonini tezlashtirishga qaratilgan o’quv topshiriqlaridan, kompyuterda ishlashga yo’naltirilgan dasturlardan, audio-video o’quv dasturlaridan foydalanish mumkin.
O’zbek tili o’qitishning o’ziga xos prinsiplari
1.Til o’qitishda tabiiylikka rioya qilish.
Maktabda til o’qitish maktabgacha tilni o’zlashtirish jarayonining tabiiy davomi bo’lishi kerak.Tilni o’qitishda tabiiylik prinsipiga amal qilishda o’quvchilarning boshlang’ich sinfda olgan bilimlarini hisobga olish, til materiallarini jonli nutq tarkibida o’rgatishga e’tibor berish lozim bo’ladi.
2.Yozma nutqni og’zaki nutqqa chog’ishtirib o’rgatish.
Og’zaki va yozma nutqni o’zaro chog’ishtirib o’rgatish o’quvchilarning imlo savodxonligini oshiradi, ular orfoepik va orfografik qoidalarning farqlarini ongli ajratadigan bo’ladi. Bunday o’qitish o’quvchilarning nutq madaniyatini oshiradi. Bu prinsip quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: tovushni harf bilan chog’ishtirish, punktuatsiyani ohang bilan chog’ishtirish, og’zaki mashqdan yozma mashqqa qarab borish.
Aks yozuvini piktografiya (piktus-tasvir, grafiya-yozaman) deb ataganlar. Yozuvning bu turi mukammal bo`lmadi. Birinchidan, rasmlar orasidagi munosabatlarni, ularning tartibini ko`rsata olmaydi va bu bir maktubni bir necha xil o`qishga, talqin qilishga olib keladi; ikkinchidan, bu yozuvda mavhum tushunchalarni aks ettirish imkoni yo`q edi. Qadimgi shartli alomatlar sirasiga avlod va qabila nishonlari avlod, qabila va shaxs mulkiy alomatlari (tamg`a, dog`), ustalar muhri va boshqalar kiradi. Bu nishon va alomatlar uy hayvonlari, qurol-aslaha, sopoldan yasalgan idishlar va hatto asirlar (qullar)ga qo`yiladi. Bu qadimgi shartli belgi va alomatlarni hozir ham ba'zi taraqqiyotdan orqada qolgan xalqlar (Mas: Amerika hindulari, Afrika, Avstraliya xalqlari) ishlatishadi. Taraqqiyot bilan barobar qadam tashlayotgan xalqlar ham bu belgi va alomatlarga murojaat qilishadi. Masalan: oliy maktab, gerb va bayroqdagi, nishon xaritalaridagi belgilar shunga kiradi.
Aksariyat hollarda bir grammatik ma’no faqat bir grammatik turkumga xos so‘zlardagina yuzaga keladi. Buning asoaiy sababi ko‘p so‘zlar talaffuzda theirphonetic formasini o‘zgartirishi ( ya’ni talaffuz etilganda turli yo‘llar bilan o‘zgarishlarga uchrashi) mumkin.Nutqda bunday tovush o‘zgarishlari so‘z,ibora yoki jumla ichida ham sodir bo‘lishi ham mumkin2.
Yozuv ijtimoiy talablar asosida jamiyatning muayyan taraqqiyoti davrida paydo bo`lgan va uning rivojlanishi bilan bog`liq ravishda mukammallasha borgan.
3.O’quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirib borish prinsipi.
Nutqning ifodaliligi va ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko’nikma va malakalar ona tili mashg’ulotlarida shakllanadi. Tilning barcha bo’limlari ham nutqiy mahoratni rivojlantirishda keng imkoniyatga ega.
4.Til bo’limlari va ular orqali ifodalangan ma’nolarni ajratish.
O’quvchilar tilni yaxshi egallashlari uchun uning fonetikasini puxta bilishlari lozim.Fonetik qoidalar esa talaffuz me’yorlarini belgilashda muhim o’rin tutadi. Fonetikani yaxshi o’rgatish imlo, leksikologiya va grammatikani yaxshi o’rgatishga ham yordam beradi.
5.O’quvchilarda yoshlikdan “til sezgirligi” tuyg’usini shakllantirish.
Bu qobiliyat tufayli o’quvchilar har bir so’z va shaklni o’zidagi mavjud bilim va malakalar yordamida tez uqib, ularni amaliy nutqqa tadbiq etadilar.
6.O’quvchilarning yozuv madaniyatini, savodini uzluksiz oshirib borish.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish