Agar shovqin darajasi 85-90 dB ga etsa, bunday ishlayotgan har qanday odamning birinchi navbatda yuqori chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyati susayada. Uzoq vaqt kuchli shovqin ta’sirida ishlagan odam tez toliqib, befarq, hatto kar bo‘lib qolishi mumkin. SHovqinning bosh miya qobig‘iga ta’siri natijasida odam asabiylashadi, toliqish jarayoni tezlashadi, psixik reaksiyasi keskin o‘zgaradi. Oqibatda jarohatlanishlar sodir bo‘lishi mumkin. Agar shovqin darajasi 145 dB dan yuqori bo‘lsa odam qulog‘ining pardasi yirtilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |