Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini buzadi. Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gs.gacha bo‘lgan to‘lqinlarini eshitadi. 15 Gs. dan past chastotadagi shovqin infratovush, 20000 Gs. dan yuqorisi esa ultratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |