SHovqinning zararli ta’siri, normalari. Eshitiladigan shovqinlar ma’lum chastotalar (16-20 000 Gs) bilan chegaralanib qolmasdan, ma’lum chegaradagi eshitilish darajasi va bosimi bilan ham farqlanadi. SHovqin darajasiga va haraktYeriga qarab, ular inson organizmiga har xil ta’sir qo‘rsatadi. SHovqin ta’sir darajasining o‘zgarishida uning ta’sir davri va odamning shaxsiy xususiyatlari ham ma’lum rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham shovqin hammaga bir xil ta’sir ko‘rsatadi deb bo‘lmaydi. Unga katta bo‘lmagan shovqinlar (50-60 dB) ham inson asab tizimiga sezilarli ta’sir etadi. Ayniqsa, shovqinlarning ta’siri aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘proq seziladi. Umuman, bunday shovqinlarning ta’siri har xil odamda har xil bo‘ladi. Ba’zilar bunday shovqinlarga mutlaqo ahamiyat bYermaydilar, ba’zilar esa keskin asabiylashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |