Tovush to‘lqinlari ma’lum chegaragacha tarqalishi mumkin. Mana shu chegara oraliq tovush maydoni deb ataladi. Tovush maydonidagi har bir nuqtada havo zarralarining harakat tezligi vaqt birligida o‘zgarib turadi. Bir lahzada kuzatilgan havo to‘liq bosimining ta’sir kuchidan xoli bo‘lgan havoning o‘rtacha bosimiga nisbati tovush bosimi deb ataladi va R bilan belgilanadi. Tovush bosimining o‘lchov birligi Pa. Tovush bosimining tebranish tezligiga nisbati tebranish amplitudasiga bog‘liq emas. U R/V=RS (Pa*s/m) ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |