§. Biznes tashkilotlari uyushmalari.
Bozor iqtisodiyoti shavqatsiz raqobat kurashlari asosida amal qiladigan iqtisodiy tizim hisoblanadi. Bozordagi vaziyat tez o‘zgaruvchan bo‘lib, ushbu o‘zgarishglar kichik biznes sub’ektlarining holatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Natijada ushbu o‘zgarishlar ta’sirida ular qiyin iqtisodiy ahvolga tushib qolishi mumkin.
Biznesning qiyin ahvolga tushishi nafaqat biznesmen uchun, balki mehnat jamoasi, davlat va jamiyat uchun ham salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi.
Birinchidan, biznesmen o‘z mulkidan ajraladi. U iqtisodiy qiyinchiligi sababini o‘zidan emas tashqaridan qidiradi, ya’ni o‘zining ahvoli uchun davlat siyosatini yoki raqobatchisini, yoxud mehnat jamoasini ayblaydi.
Ikkinchidan, ishsizlar soni ko‘paydi, natijada davlatning ijtimoiy va iqtisodiy yuki ko‘payadi. CHunki ishsizlarni ish bilan ta’minlash va ularga ishsizlik nafaqasi to‘lash muammolari yuzaga keladi. Bu davlatga qo‘shimcha ijtimoiy va iqtisodiy yuk bo‘lib hisoblanadi.
Uchinchidan, davlat byudjeti daromadi kamayadi. Biznes tashkiloti o‘z faoliyati natijasidan oladigan daromadini bir qismini soliq sifatida davlat byudjetiga to‘lab beradi. Korxonaning bozorda kasod (inqiroz)ga uchrashi natijasida byudjetga keladigan soliq tushumi yo‘qoladi.
To‘rtinchidan, bozorda taqchillik paydo bo‘ladi. Biznes tashkiloti bozor o‘z faoliyati natijasida mahsulot yoki xizmat etkazib bergan, lekin uning inqirozi ushbu mahsulot va xizmatlarni bozorda kamayishiga olib keladi.
Natijada bozorda yuzaga kelgan taqchillik narx-navoning o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Beshinchidan, inflyasiya miqdori oshadi. Bozorga biznes tashkiloti tomonidan etqaziladigan mahsulot va xizmatlar kamayishi evaziga sodir bo‘lgan narx o‘sishi inflyasiya miqdorining o‘sishini tezlashtiradi.
Ushbu holatlarni oldini olish tadbirkorlik sub’ektlarida o‘z faoliyatlarini yagona tizim asosida tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu hayotiy zaruriyatni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga o‘z biznesini yuritish uchun ma’lum bir huquqlar berilgan va ularni himoya qilish tizimi yaratilgan. Tadbirkorlik sub’ektlari:
U qonun hujjatlarida taqikdanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishi;
U yuridik shaxs bo‘lgan boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishi;
U mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishi;
U o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlashi;
U monopol korxonalardan tashqari barcha sub’ektlar tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishi;
U o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishi;
U barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishi;
U kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini hamda o‘zga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va o‘zga mol- mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltirishi;
U tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi;
U xorijiy banklarda hisob raqamlar ochishi.
SHuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari o‘z faoliyatlarini
muvofiqlashtirish, shuningdek o‘z huquqlari va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar bo‘lgan assotsatsiya (uyushmalar, ittifoqdar)larga va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari birlashmalari respublika ahamiyatiga ega va mahalliy birlashma, uyushma shaklida tashkil etilishi mumkin.
Dunyo iqtisodiy rivojlanishi tarixiga nazar solinsa, qadimdan turli kasb egalari o‘z bizneslarini himoya qilish uchun hamkasblari hamda boshqaruv bilan hamkorlik qilib kelganligini ko‘rish mumkin.
Qadimda kosiblar, qassoblar, nonvoylar, bazzolar, savdogarlar, qandolatchilar uyushmalari va xalqaro savdo uchun karvon tashkil etish mexanizmlari mavjud bo‘lgan. Ular rahbarlari kasb egalari muammolarini birgalikda hal qilish, qiyin vaziyatlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat rahbari bilan siyosat ishlab chiqishni tashkil etgan.
Zamonaviy biznesdan bozorda barqaror faoliyat yuritish va uning o‘zgarishlariga bardosh berish, moslashish masalalarini bahamjihatlik bilan hal etish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida biznes assotsatsiyalar, ya’ni ittifoq, birlashma, palata, gildiya kabi notijorat tashkilotlari tashkil etilmoqda.
Tadbirkorlik sub’ektlari o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek o‘z huquqlari va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar bo‘lgan assotsiatsiya (uyushma, ittifoq)larga va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin. Assotsiatsiyaning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
konsern,
xo‘jalik birlashmalari;
konsorsium;
biznes hamkorlik uyushmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |