FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI Informatika o`qitish metodikasi kafedrasi 5110700-Informatika o`qitish metodikasi bakalavr ta`lim yo`nalishining 4-kurs talabasi Ayitmuratov Nurali Altibayevichning
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING TAQDIMOTI Bakalavr darajasini olish uchun yozilgan
Mavzu: “Delphi va python dasturlash tillarini qiyosiy taqqoslash” Ilmiy rahbar: Muxabbat Allambergenova Pedagogika bilimlari kandidatı, docent Kirish Bugungi jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda raqamli texnologiyalarning roli ahamiyatli ekanligini davrning o’zi tastiqlab turibdi. Raqamlashgan tizimni yaratish uchun albatda, dasturlash tillarining ahamiyati beqiyosdir. Yangi yaratilayotgan tillarni o’rganish nafaqat o’quvchi uchun balki, o’qituvchi uchun ham dolzarbdir.
Foydalanuvchilarning ushbu yangi avlodini dasturlar bilan ishlashlarini osonlashtirilishi bilan bu dasturlarning o‘zini murakkabligi darajasi oshadi. Zamonaviy dasturlar - foydalanuvchi bilan do‘stona munosabatni yuqori darajada tashkil qiladigan ko‘p sondagi oynalar, menyu, muloqot oynalari va vizual grafikaviy muhitlardan tarkib topgan interfeysga ega bo‘lishi lozim.
· dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
· dasturni to‘g‘rilash va test o‘tkazish.
Keyingi yillarda zamonaviy strukturali dasturlashning o‘ndan ortiq usullari ishlab chiqildi. Bu usullarning ko‘pchiligi bitta mavzuning turli ko‘rinishlaridan iborat bo‘ldi. Ammo, Sommervil ularni uchta guruhga bo‘lishni taklif qildi:
yuqoridan quyiga qarab strukturali loyihalash usuli;
ma’lumotlar oqimini tashkil qilish usuli;
- ob’ektga yo‘naltirilgan loyihalash.
Yozilgan dasturlarning kattagina qismining asosini strukturali dasturlash prinsipi tashkil qiladi. Strukturali dasturlash abstraksiyalarni ajratishga imkon bermaydi, ma’lumotlarni samarali himoya qilishni ta’minlamaydi, parallelizmni tashkil qilish uchun yetarlicha vositalarni taklif qila olmaydi. Strukturali dasturlash murakkab sistemalarni ishlab chiqishga imkon bermaydi, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashda samara bermaydi.