Yuqoridagilarga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi JPKning 36, 45, 362-moddalariga asoslanib,-
Q A R O R Q I L D I M:
1. Mazkur jinoyat ishida Raxmonov Ilxom Isroiljonovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi 2-qismining «l» bandi va 138-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinsin va unga O‘zbekiston Respublikasi JPKning 46-moddasida ko‘rsatilgan xuquq va majburiyatlari tushuntirilsin.
2. Qaror nusxasi ma’lumot uchun Paxtaobod tumani prokuroriga yuborilsin.
Paxtaobod tumani IIB huzuridagi
Tergov bo‘limi tergovchisi katta leytenant I.P.Xaydarov
Ushbu qaror menga 2021 yil « 13 » mart kuni e’lon qilindi va O‘zbekiston Respublikasi JPKning 46-moddasida ko‘rsatilgan ayblanuvchini huquq va majburiyatlarim tushuntirildi.
Ayblanuvchi: I.Raxmonov
Himoyachi: O.Abdullayev
Ayblanuvchining huquqlari: o‘zining nimada aylanayotganligini bilish, o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa xar qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuv va tushuntirish berish, o‘z ona-tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish, himoyachiga ega bo‘lish va u bilan xoli o‘chrashish, o‘z huquqlarini himoya qilishni shaxsan o‘zi amalga oshirish, iltimosnoma berish va rad etish, dalillar taqdim qilish, tergovchi yoki surishtiruvchining ruxsati bilan tergov xarakatlarida ishtirok etish, dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish va undan kerakli ma’lumotlarni yozib olish, tergovchi yoki prokuror tomonidan jinoyat ishining tugatilganligiga e’tiroz bildirish va sud muhokamasi o‘tkazilishini talab qilish, yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa kassatsiya va nazorat instansiya sudining majlislarida ishtirok etish, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning xarakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish, sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda o‘z muloxazalarini bildirish, ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir.
Ayblanuvchini majburiyatlari: Ayblanuvchi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan xozir bo‘lishi, dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmaslik, haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvoxlarni kundirishga urinish va boshka qonunga xilof xarakatlar bilan tusqinlik qilmasligi, o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarish, guvoxlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorlari va sudning ajrimlari xamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshka protsessual qarorlar ijro etilishiga to‘sqinlik qilmasligi, ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibda rioya etishi shart.
Ayblanuvchi: I.Raxmonov
Himoyachi: O.Abdullayev
Do'stlaringiz bilan baham: |