3. Yangi mavzuni yoritish:
Kesmalarni taqqoslash
Geometrik shakllarni taqqoslashda ular biror tartibda ustma-ust qo’yiladi. Shunda ular bir-birga ustma-ust tushsa, shakllar o’zaro teng deyiladi.
Bizga AB va CD kesmalar berilgan bo’lsin. AB kesmani CD kesma ustiga shunday qo’yaylikki, bunda A nuqta C nuqta ustiga tushsin.
Agar shu holda B nuqta D nuqta ustiga tushsa, AB va CD kesmalar bir-biriga teng deyiladi, ya’ni:
[AB] = [CD].
AB kesmani KL va MN kesmalar bilan xuddi shunday taqqoslasak, AB kesma KL kesmadan katta (uzun), ya’ni: [AB] > [KL];
AB kesma MN kesmadan esa kichik (qisqa), ya’ni: [AB] < [MN]
ekanligi ma’lum bo’ladi
Kesmalarni taqqoslashda ularning uchlari orasidagi masofa, ya’ni kesmalar uzunliklari qiyoslanib taqqoslanishi ham mumkin. Bunda kesmalar tengligining quyidagi xossasi kelib chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |