Ta’rif. Tekislikning bir nuqtasidan chiqqan ikki nur bilan chegaralangan sohasi burchak deyiladi.
Bir nuqtadan chiqqan ikki nur tekislikda ikkita burchak hosil qiladi. Nurlarning umumiy boshi burchakning uchi deyiladi. Qaralayotgan burchak uchi yaqiniga kichik yoy tortib ko’rsatiladi (54-rasm).
Burchakni «» bilan belgilash qabul qilingan. Masalan, A, AOB, , 4 va hokazo (55-rasm).
Burchakni tashkil etgan nurlar burchakning tomonlari deyiladi.
Ma’lumki, to’g’ri chiziqdagi biror O nuqta boshi O nuqtada bo’lgan ikki nurni aniqlaydi. Bunday nurlar tashkil etgan burchak o’ziga xos xususiyatga ega (56-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |