# 4, 2020 pedagogik mahorat*педагогическое мастерство*pedagogical skill


# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL



Download 4,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/299
Sana13.01.2023
Hajmi4,67 Mb.
#899233
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   299
Bog'liq
Pedagogik mahorat 4-son 2020 yil

# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
58 
Qandaydir bir koʻnikmani yanada yaxshiroq mustahkamlash maqsadida har galgi mashqda xuddi bir 
xil misol va masalalarni qayta-qayta takrorlayverish mutlaqo shart emas. Aksincha, bilimlarni 
mustahkamlashda ham, shuningdek, harakatlarni mustahkamlashda ham yangi misollar va masalalar berish 
juda foydalidir. Mashq ana shuning bilan odatda, hech qanday yangi ish usuli kiritilmaydigan trenirovka 
mashgʻulotidan farq qiladi. Oʻqitish jarayonida ham trenirovka qoʻllaniladi. Masalan, oʻqituvchining talabi 
bilan talaffuz qilinishi qiyin boʻlgan soʻzni hamma oʻquvchilar baravariga qayta-qayta takrorlaydilar, 
harflarning 
elementlarini 
yozadilar, 
ustaxonada 
taxtachalarni 
randalaydilar; 
jismoniy 
tarbiya 
mashgʻulotlarida ham mashq qilish metodidan tez-tez foydalanib turiladi. Lekin mashq maktabdagi 
mashgʻulotlarda ancha katta oʻrinni egallaydi. 
Mashqlarning u yoki bu bosqichida hosil qilingan koʻnikmalar avtomatlashishlari, ya’ni malakaga 
aylanishlari mumkin (Yuqorida aytib oʻtganimizdek, malakalar koʻnikmalarning avtomatlashishlari 
jarayonida hosil boʻladi). 
Agar harakat va koʻnikmalar juda mustahkamlanib, ma’lum bir ishni qanday bajarish kerakligini 
oʻylab oʻtirmay va ayrim harakatlarga alohida diqqat qoʻyib oʻtirmay amalda bajaraveriladigan boʻlsa, 
malaka batamom hosil boʻldi, deyish mumkin. Avtomatlashish davri shu bilan xarakterlanadiki, bunda 
harakatlarni, asosan, koʻz bilan boshqarishda harakat sezgilari asosidagi kontrollikka oʻtiladi va bu xil 
kontrollik ustun chiqadi. 
Hosil boʻlgan malakalar biror faoliyat jarayonida tugʻiladigan ayrim amaliy vazifalarni bajarish talab 
qilinganda ishga solinadi. Bunday vazifa mavjud boʻlganda, malakadan ongli ravishda foydalanishga 
kirishiladi. I. P. Pavlov iborasi bilan aytganda, bunday paytda ikkinchi signal sistemasining nutq signallari 
“harakatga keltiruvchi madad” hisoblanadi. Lekin agar ish boshlanib, birinchi harakat qilingan boʻlsa, 
bunday paytda keyingi har bir harakat oldingi harakatdan hosil boʻlgan harakat sezgisi tufayli qoʻzgʻala 
boradi. Avtomatlashgan koʻnikma harakatlarning nervfiziologik mexanizmi birinchi signal sistemasida hosil 
boʻladigan bogʻlanishlardan iborat. Bunda birinchi signal sistemasi, albatta, ikkinchi signal sistemasi 
kontrolligi ostida ishlaydi. 
Harakatlarning avtomatlashish davrida koʻnikmalar faqatgina juda yaxshi mustahkamlanib qolmay, 
balki yanada takomillashadi. Bu davrda ortiqcha harakatlarning yoʻqola borishi davom etadi, kerakli 
harakatlar esa yanada aniqroq, ixchamroq va tezroq boʻla boradi. 
Malakaning mustahkamlanishi va avtomatlashishi maxsus mashqlar va oʻrganish davrida 
tugallanmaydi. Malakalar faoliyatining oʻzida ham takomillashadi. Masalan, agar kishiga umrida juda koʻp 
yozish va oʻqish toʻgʻri kelsa, uning orfografiya malakasi juda mustahkam boʻladi. Barcha mehnat 
malakalari mehnat jarayonining oʻzida takomillashadi. Malaka egallash uchun qilinadigan maxsus mashqlar 
faqat tayyorgarlik ahamiyatiga egadir. 
Shunday holatlar ham boʻladiki, bunda malakalar maxsus mashq va oʻrganish natijasida hosil 
qilinmay, balki faoliyat jarayonida hosil qilinadi, hatto ishni uddalay bilishni avtomatlashtirish koʻzda 
tutilmagan taqdirda ham faoliyat jarayonida hosil qilinadi. 
Avtomatlashgan harakatlar, ya’ni koʻnikma va malakalar ong kontrolligidan batamom chiqib 
ketmaydi. Sharoit oʻzgarib qolgan paytda ular yana ongli ravishda takrorlanaveradi, bunda qilinadigan ayrim 
ishlar oʻylab olinadi. 
Oʻqish jarayonida hosil boʻladigan hamma koʻnikma va malakalar oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan 
holda hosil boʻladi. Chunonchi, oʻquv ishlari bilan bogʻliq boʻlgan koʻnikma va malakalarning shakllanishi 
ishlab chiqarish mehnatiga doir koʻnikma hamda malakalarning oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Ishlab 
chiqarish mehnati va sport sohasiga doir malakalarning oʻzlashtirilishi ham oʻzaro bogʻliq boʻlgan hodisadir. 
Oʻquvchi-talaba malakali ishchilar kabi ishlay olishi uchun uning bilimlarini boyitish va 
ixtisoslashtirish, kasbiy koʻnikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish lozim boʻladi. 
Kasb-hunar kollejlarida asosiy diqqat e’tibor oʻquvchilarda ishlab chiqarish mehnatiga doir koʻnikma 
va malakalarni hosil qilishga qaratilgan. Ana shunday koʻnikma va malakalarni yuzaga keltirish 
oʻquvchilardan alohida jiddiylik bilan aqliy kuchlarini, ya’ni 

Download 4,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish