BILIM
→
KOʻNIKMA
→
MALAKA
→
MAHORAT
Ushbu ketma-ketlik K.K.Platonov tomonidan taklif etilgan boʻlib, u bizning fikrimizcha, ilmiy
jihatdan koʻpchilik olimlar tomonidan asoslab berilgan.
Biz psixologiya, pedagogika, didaktika, sotsiologiya va ishlab chiqarish pedagogikasi sohalarida olib
borilgan ilmiy-amaliy izlanishlarga tayanib, malakalarning shakllanish jarayonlarini bosqichlarga ajratiladi.
Deyarli har qanday ixtisoslikdagi murakkab koʻnikma tarkibiga psixologik turdagi barcha malakalar kiradi.
Biroq ishchi amalga oshiradigan ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlariga koʻra alohida malakalarning nisbiy
salmogʻi va ahamiyati turlicha boʻlishi mumkin.
Koʻnikma va malakalar hosil boʻlishining nervfiziologik asosi shartli reflekslardir. Har bir malaka va
har bir odat, oʻz fiziologik asosiga koʻra, shartli refleks bogʻlanishlari sistemasidan iborat. Malaka va
odatlarnining hosil boʻlishida, shuningdek, ularning oʻzgarishida shartli reflekslarning hosil boʻlishi,
oʻzgarishi hamda tormozlanishiga oid boʻlgan barcha qonunlar, jumladan, dinamik stereotip hosil boʻlishi
https://buxdu.uz
# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
57
qonuniyatlari amal qiladi. Malaka va odatlarni oʻrganishda I. P. Pavlovning quyidagi soʻzlarini nazarda
tutish lozim:
“Bizdagi tarbiya, ta’lim, intizomning barcha turlari, har qanday odatlar qator-qator tuzilgan juda koʻp
shartli reflekslardan iborat boʻlsa kerak. Muayyan sharoit, ya’ni muayyan qoʻzgʻovchilar bilan
harakatlarimiz oʻrtasida hosil boʻlgan va mustahkamlangan bogʻlanishlar, koʻpincha, hattoki ataylab
qarshilik qilishimizga qaramay, doimo oʻz-oʻzidan takrorlanaverishini kim bilmaydi? Bu narsa muayyan bir
harakatlarni bajarish, shuning bilan birga, bunday harakatlarni toʻxtata bilishga, ya’ni ham musbat, ham
manfiy reflekslarga baravar taalluqlidir. Shuningdek, ba’zan oʻyin paytida yoki turli san’at mashgʻulotlarida
ishda uchraydigan ortiqcha harakatlarni yoʻqotish uchun lozim boʻlgan tormozlanish tugʻdirish oson emasligi
ma’lumdir”[8.15].
Psixikaning taraqqiyotida malaka va koʻnikmalar hayvonlarda ham hosil boʻladi. Hayvonlarda malaka
va koʻnikmalar ularning ehtiyojlariga, yashash sharoitiga bogʻliq holda, taqlid yoʻli bilan va, shuning bilan
birga, odamlar tomonidan oʻrgatish yoʻli bilan hosil boʻladi. Hayvonlarda malaka va koʻnikmalar birinchi
signal sistemasi doirasidagi bogʻlanishlar asosida vujudga keladi. Odamda malaka va koʻnikmalarning hosil
boʻlishida birinchi signal sistemasi bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan ikkinchi signal sistemasi koʻproq
ahamiyatga egadir.
Biron narsaning uddasidan chiqa oladigan boʻlish uchun kishi, dastavval qanday harakatlar qilish
kerakligini va bu harakatlarning qay tarzda amalga oshirilishini bilib olishi va esida saqlab qolishi kerak.
Shundagina kishi talab qilingan natijaga erishishi mumkin. Ishning bajarish usullarini bilgandan soʻng yoki
bilish mobaynida kishi birovning tushuntirishi boʻyicha yoki nusxaga qarab, xuddi shunday harakatlarni qila
boshlaydi. Masalan, endigina yozishni oʻrganayotgan bola “a” harfini qanday yozish kerakligini
oʻqituvchining tushuntirishidan va nusxadan qarab bilib oladi. Soʻngra bu harfni uning oʻzi ham yoza
boshlaydi. U avval yarim doira shaklini chizadi va buning oʻng tarafiga pastki tomoni bir oz qaytarilgan
toʻgʻri chiziq qoʻshadi. Bu bolaning “a” harfini oʻrgana boshlashi demakdir.
Biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning bu dastlabki davrida har bir yangi harakat ongli
ravishda bajariladi. Kishining diqqati, odatda, bajarilayotgan ishining oʻziga emas, balki koʻproq, oʻzining
ayrim harakatlariga qaratilgan boʻladi. Biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning bu davri tegishli ish-
harakatlarni yoki zehniy ishni amalga oshirishda kerak boʻladigan usullarni ongli ravishda tanlashdan iborat
boʻladiki, bu usullarning birga qoʻshilishi natijasida maqsadga muvofiq va toʻgʻri ish harakatlar qilinadi.
Ammo biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning dastlabki davridagi harakatlar koʻpincha bir-biriga
qovushmagan boʻladi. Masalan, bola xat yozishni oʻrganar ekan, “a” harfini faqat bitta harakat yordami bilan
emas, balki eng kamida ikkita harakat yordami bilan yozadi, u yarim doira shaklini alohida chizib oladi va
soʻngra esa bunga pastki tomoni biroz qayrilgan chiziq qoʻshadi.
Biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning dastlabki davriga xos boʻlgan xarakterli
xususiyatlardan biri ortiqcha kuch sarf etishni talab qiluvchi yanglish va qoʻshimcha harakatlarning koʻp
boʻlishidir. Masalan, endi yozishga oʻrganayotgan bolalar, koʻpincha, yozish paytida tillari, yuz muskullari,
butun badanlari bilan zoʻr berib harakat qiladilar, ba’zan oyoqlarini ham qimirlatadilar.
Biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning bundan keyingi davri - bilib qilinadigan ongli
harakatning mustahkamlanish va takomillanish davridir. Bunda koʻnikmalar mashq qilish orqasida
mustahkamlanadi. Mashq - koʻnikma hamda kerakli usul va harakatlarni mustahkamlash va takomillashtirish
maqsadida ularni koʻp marta takrorlashdir. Mashq jarayonida harakatlar faqat mustahkamlanibgina qolmay,
balki oʻzgaradi va aniq, tez hamda puxta bajariladigan boʻladi.
Yozishni endigina oʻrganayotgan bola har bir harfni toʻgʻri va chiroyli qilib yozishga intiladi. Lekin
bola dastavval boshdan shoshib yozadigan boʻlsa, bunda u juda koʻp kalligrafik va orfografik xatolarga yoʻl
qoʻyib yuborishi mumkin. Oʻquvchi faqat uzoq vaqt davomida mashq qilishi orqali toʻgʻri va chiroyli
yozishni saqlab qolgan holda, tez yoza oladigan boʻladi. Agar oʻquvchi hali birinchi chorak davomida
oʻqishning elementar usullarini egallamagan boʻlsa-yu, lekin tez oʻqishga intilsa, bunday qilganda, odatda,
oʻqishda ham juda koʻp xatolar (ayrim soʻzlarni tashlab ketish, matnlarni yanglish oʻqish) roʻy beradi. Yil
oxiriga kelib, oʻqish texnikasining tobora takomillanishi bilan oʻquvchining oʻqish tezligi ham tegishli
ravishda ortib boradi.
Mashqlar jarayonida kishining ixtiyoriy diqqati butun ishga ham, uning ayrim tomonlariga ham
qaratilgan boʻladi. Bunda harakatlarning toʻgʻri bajarilayotganligi, asosan, koʻz bilan kontrollik qilinadi.
Biron ishning uddasidan chiqishni oʻrganishning bu davrida ayrim harakatlarning bir-biriga
muvofiqlashuvi (koordinatsiyasi) takomillashadi. Bir necha harakatlar bir butun murakkab harakat, amal
boʻlib birlashadi, umuman qattiq zoʻr berish ozayadi va koʻp ortiqcha harakatlar yoʻqola boradi.
Ortiqcha va qoʻshimcha harakatlarning yoʻqotilishi differensirovka hosil boʻlishning natijasidir:
muvaffaqiyatli natija bilan quvvatlanmagan harakatlar asta-sekin tormozlanadi, kerakli natijaga olib boruvchi
toʻgʻri harakatlar esa mashq qilish davomida tobora mustahkamlanadi.
https://buxdu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |