Ozodjon URALOV,
Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktoranti
OLIY TA’LIM MAZMUNI – MILLIY VA
UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASPEKTIDA
Annotatsiya
118
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
Bunday sa’y-harakatlar ayni paytda oliy ta’lim sohasida keng qo‘llanilayotgan “Stu-
dent mobility – talabalar safarbarligi”, ya’ni Yaponiyada oliy ta’limning xalqarolashuviga
doir bo‘lgan urunishlar ancha yillar oldin boshlanganligidan darak beradi. Darhaqiqat,
Yaponiya ta’lim sohasida keng qo‘llaniladigan “Global o‘yla, lokal harakat qil” (Think glo-
bally, act locally) strategiyasiga tayanib ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishi va amaliyotga
tatbiq etishi orqali ulkan yutuqlarga erishgani turli soha mutaxassislari tomonidan alohida
e’tirof etib kelinadi. G‘arb modeli asosida 1877-yilda tashkil topgan Tokio universitetining
ayni davrda dunyoning eng yaxshi universitetlari qatoridan joy olishi bejiz emas albatta.
2
Bunday sa’y-harakatlarni Singapur tajribasida ham ko‘rish mumkin. Singapur Bu-
yuk Britaniya mustamlakasidan ozodlikka erishgach, chet eldagi eng yaxshi oliy ta’lim
muassasalarida kadrlar tayyorlashga jiddiy kirishadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad
iqtisodiyotni tez sur’atlarda rivojlantirishga qaratilgan edi. Mamlakat va xorijiy oliy o‘quv
yurtlarida ilm-fanning eng zamonaviy yo‘nalishlari va ilg‘or texnologiyalar sohasida mu-
taxassislar tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Bu esa Singapur davlatini il-
miy-texnik rivojlanish sohasida jahondagi yetakchi mamlakatlardan biriga aylantirdi va
ta’lim sohasida “Singapur tajribasi” degan atamani vujudga kelishiga sababchi bo‘ldi.
3
O‘zbekiston Respublikasi ham mustaqillikka erishgach, o‘z taraqqiyot yo‘lini qat’iy bel-
gilab oldi. Ta’lim sohasini tubdan isloh qilishga katta e’tibor qaratildi. Bunda xorijiy davlatlar
tajribasini o‘rganishga, ya’ni oliy ta’limning xalqarolashuviga ham alohida urg‘u berildi.
Shu tariqa jahon andozalari asosida zamonaviy bilimlarni egallagan, mamlakat ta-
raqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘sha oladigan kadrlar bazasini yaratishga katta e’tibor qara-
tildi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi yangi tamoyillarga, milliy qadriyatlari va an’ana-
lariga hamda ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan o‘z milliy modeliga ega bo‘ldi. Ushbu
modelda oliy ta’limning maqsadi aniq belgilab qo‘yilgan.
Milliy modelga ko‘ra, oliy ta’limning maqsadi malakali, raqobatbardosh, oliy ma’lumotli
mutaxassisga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan, tanlagan sohasi mutaxassisligi bo‘yi-
cha ishlay oladigan, respublikani ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish-
ga qodir, yuksak ma’naviy, madaniy va axloqiy fazilatlarga ega kadrlarni tayyorlash ni ta’min-
lashdan iboratdir. Oliy ta’lim muassasalarida talaba shaxsiga nisbatan pedagogik munosa-
batlarni insonparvarlashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni joriy etish, shuningdek,
ta’lim mazmunini xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar
bilan boyitish asnosida ularning barkamolligini ta’minlash nazarda tutilgan.
4
Oliy ta’lim mazmunida inson rivojlanishining asosiy omillaridan hisoblangan milliy
va umuminsoniy qadriyatalarning aks etishi uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri hisob-
lanadi. Dunyoda milliy an’anlari va qadriyatlaridan voz kechib millat sifatida shakl langan
va rivojlangan biror bir davlat yo‘q, chunki milliy qadriyatlar muayyan bir millatning o‘zli-
gini anglashiga, millat sifatida shakllanishiga xizmat qilib qolmasdan, uning dunyo ham-
jamiyatidagi tutgan o‘rnini ham belgilab beradi. Shu bois ham mamlakatimizda mustaqil-
likning ilk yillaridan boshlab milliy qadriyatlar ruhiyatini ta’lim mazmuniga singdirilishiga
katta e’tibor qaratilib kelinmoqda.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonida mutaxassislik fanlarni o‘qi-
tish, ya’ni ta’lim berish bilan birga tarbiya berishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Zero,
“Milliy dastur”dagi ustuvor masala ham shaxsni tarbiyalash va har tomonlama kamol
toptirishdan iboratdir. Insonning shaxs sifatida shaklanishida milliy va umum insoniy qad-
2
https://www.timeshighereducation.com
3
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi vakolatxonasi.
O‘zbekistonda ta’lim: talab va taklif mutanosibligi// Inson taraqqiyoti to‘g‘risida ma’ruza . – T., 2006.
4
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”// “Barkamol avlod – O‘zbekiston
taraqqiyotining poydevori”. – T.: Sharq, 1997.
119
riyatlarning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shaxs milliy qadriyatlar oqali o‘zligini, tarixini, kelib
chiqishini, tarixiy rivojlanishini, millat sifatida shakllanishini anglab yetsa, umuminsoniy
qadriyatlar orqali insoniyat oldidagi umummas’uliyat nima ekanligini, tinch lik, millatpar-
varlik, imon-e’tiqod, vatanparvarlik, madaniyatlararo hurmat kabi tush un chalarni anglab
yetadi.
Milliy qadriyatlar talabalar ongida milliy ong, milliy g‘urur, milliy iftixor tushun chalarini
shakllanishiga yordam beradi. Ota-bobolarimiz azaldan e’tibor qaratib kelgan farzand
tarbiyasi, badan tarbiyasi, nafs tarbiyasi kabi tarbiya shakllarini chuqur anglab yetadi.
Dunyo tamadduniga o‘z hissalarini qo‘shgan ajdodlarimizning ma’daniy meroslariga va
el-yurtiga hurmat ruhida tarbiyalanadi. Bunday omillar O‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim mazmunining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
Ta’lim, eng avvalo, inson rivojlanishiga xizmat qiladi. Har bir millat o‘sib kelayot gan
yosh avlod ongiga milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini yoshlik davrlaridan boshlab
singdirib borishga harakat qiladi va bu qadriyatlar har bir millatning ta’lim tizimida chuqur
o‘rin egallaydi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek Yaponiya, Singapur, shuningdek, Janubiy Koreya
davlatlarining ta’lim tizimiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur singdirilganligi-
ni ko‘ramiz. Keyingi paytlarda G‘arb davlatlarini ham qadriyatlar tizimiga yanada jiddiy
e’tibor qaratayotganini, ularni ta’lim mazmuniga singdirishga harakat qilayotganini kuza-
tishmiz mumkin.
Buyuk Britaniyada 2002-yilda Ta’lim departamenti (Department for Education) to-
monidan ta’lim to‘g‘risida yangi qonun e’lon qilindi. Bunga ko‘ra barcha faoliyat yuri-
tayotgan ta’lim muassasalari bu qonunning 78-bandida ko‘rsatilgan talablarga javob
berishi va talabalarning ma’naviy (Spiritual), axloqiy (Moral), ijtimoiy (Social) va mada-
niy (Cultural), (SMSC) rivojlanishiga ko‘maklashishi belgilab qo‘yildi. 2014-yilda Ta’lim
departamenti tomonidan ingliz fundamental qadriyatlar darajasini ko‘tarish o‘quvchilarni
ma’naviy, axloqiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirishning asosiy qismi bo‘lishi kerak degan
xulosaga kelindi. O‘quvchilarning ma’naviy, axloqiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida
ingliz qadriyatlarini o‘rni muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, fundamental ingliz qadriyat-
lari deb quyidagilar ko‘rsatildi:
•
demokratiya;
•
qonun ustuvorligi;
•
shaxsiy erkinligi;
•
o‘zaro bag‘rikenglik va boshqa e’tiqod va ishonchlarga hurmat.
Ta’lim oluvchilarning ma’naviy, axloqiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida barcha
ta’lim muassasalari quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur deb ta’kidlandi:
– talabalarga o‘zligini anglash, o‘zligidan faxrlanish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni ri-
vojlantirishga imkon berish;
– talabalarning haq va nohaqni farqiga borishini va Angliyaning fuqarolik va jinoiy
qonunlarini hurmat qilishini ta’minlash;
– talabalarni o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlarini, ta-
shabbus ko‘rsatishlarini va atrofdagilarning hayotiga hamda jamiyat rivoji uchun ijobiy
hissa qo‘sha olishlarini tushunishga undash;
– talabalarni Angliya davlat muassasa va tashkilotlari haqida umumiy bilimga ega
bo‘lishiga va ularni hurmat qilishga undash;
– talabalarning o‘zlarini va boshqa millat madaniyatlarini qadrlashi va tushunishi
uchun turli madaniy an’analar o‘rtasidagi uyg‘unlik va bag‘rikenglik haqida tushunchaga
ega bo‘lishga ko‘maklashish;
– boshqa kishilarni hurmat qilishga rag‘batlantirish;
120
Do'stlaringiz bilan baham: |