“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
madaniyatiga oid tarixiy asarlar hamda ilmiy manbalarning deyarli barchasida maqom
san’atiga alohida urg‘u berib o‘tilgan. Keyingi davrlarda ham maqom haqida musiqa-
shunos olimlarimiz muntazam o‘z fikr-mulohazalarini bildirib kelishmoqda.
Aytish joizki, maqomlarning nazariy va ilmiy-amaliy tomonlari bor. Nazariy jihat-
lari Sharq musiqasiga bag‘ishlangan manbalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, amaliy
jihatlari esa uzoq yillar oralig‘ida xalq og‘zaki ijodidan bizgacha yetib kelgan maqomlar
ko‘rinishida aks etadi.
Maqomlarni o‘rganish, nazariy tahlil qilish aslida juda murakkab masala sanala-
di. Shuning uchun ham Sharq musiqa nazariyasini sharhlab beruvchi ko‘plab yozma
manbalarda maqomlar tushunchasini, unga xos belgilarni va amaliy jihatlarni anglash-
ga yordam beradigan qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Bu manbalarni o‘rga-
nish shuni ko‘rsatadiki, maqomlar tarixi juda uzoq davrga borib taqaladi.
Asrlar osha bizga ruhiy meros bo‘lib kelayotgan xalq og‘zaki ijodiyoti go‘zal
maqomlarga juda boy. Maqomlar xalqning tilidan tushmay kelgani bois, u o‘z qadimiy-
ligini, ohangini, mazmuni va jozibasini aslo yo‘qotmagan. Insonlarning orzu va armon-
lari,chiroyli o‘y-xayollari va ertangi kunga ishonchi va umidlari maqomning ta’sirchan-
ligini tobora oshira borgan. Davrlar o‘tgani sayin maqomlar ta’sirchanligi va o‘ziga xos
jozibasi san’at shaydolarini o‘ziga maftun etib kelmoqda.
Maqomlar musiqa madaniyatimizning asosiy poydevori, turkigo‘y xalqlarning eng
boy merosidir. Avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga og‘zaki o‘tib, bizgacha yetib kel-
gan maqomlarning shakllanishi va taraqqiyotiga har bir davrning sozanda, xonanda-yu
bastakorlari ma’lum darajada o‘z hissasini qo‘shgan. Ko‘hna Shashmaqom va “Ush-
shoq”ning o‘nlab turlari maqom xazinasidagi eng nodir durdonalardir.
Shashmaqom (olti maqom) o‘n sakkizinchi asr o‘rtalarida shakllangan bo‘lsa-da,
uning yaratilish tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Shashmaqom Markaziy
Osiyoda xalq orasida tildan-tilga o‘tib kelgan maqom turkumlarining eng so‘nggi shak-
li hisoblanadi. Ko‘hna manbalar qayd etishicha,Shashmaqom taxminan ikki asrdirki,
“maqom” tushunchasi bilan birgalikda tahlil etiladi. U asrlar o‘tib, mazmuniga putur
yetmagani holda yaxlitlana borgan. Dastlab yigirma to‘rt maqomdan iborat Shash-
maqom keyinchalik o‘n ikki maqomga keltirilgan. Bizning davrimizda Shashmaqom
olti maqom holida chuqur o‘rganilmoqda. Shashmaqom asrlar davomida jamiyat ta-
lablari va tarixiy sharoitlar ta’sirida o‘zgarib, yanada sayqal topdi, mazmunan boyib
rivojlandi. Markaziy Osiyoning barcha yirik shaharlarida Shashmaqom taniqli hofiz-
lar tomonidan kuylab kelingan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, Shashmaqom
o‘zbek-tojik xalqlari musiqa merosining asosini tashkil etadi. Xorazm maqomlari,
Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Xo‘jand kabi shaharlarda Shashmaqom
asosida yaratilgan yuzlab kuy va ashula yo‘llari o‘zbek-tojik musiqa merosining juda
katta qismini egallaydi.
Shashmaqomda judolik va yo‘qotishlarning, ushalmagan orzularning motamsaro
ohanglari eshitiladi, undagi hijron va ayriliqning o‘tli dardlari yuraklarni iztirobga soladi.
G‘am-alam va qayg‘u sharpasi qalblarni junbushga keltiradi. Bunday insoniy iztirob-
lar Shashmaqomning boshdan oxirigacha bo‘y ko‘rsatib turadi, unda rangin iztirobu
sog‘inchlar bisyor, lekin umidsizlik yo‘q, aksincha shashmaqom kuylarida yashashga,
hayotga tashnalik hissi kuchli, uning pardalarida xalqimizning dardu hasrati bilan birga
nurli hayot haqidagi orzu armonlari mujassamlangan.
Shashmaqom xalq kuylari bilan o‘zaro uyg‘unlikda yashadi, rivoj topdi, tobora
sayqallanib, xalq qalbining samimiy izhoriga aylandi. Uni tinglar ekansiz, oshiqning
77
muhabbatdan sarxushligi, baxtiyor va quvnoq damlari-yu ma’shuqasidan mamnunligi
jarangdor pardalarda akslanadi.
Maqomlar asosida ishlangan asarlarga bastakorlar tomonidan yangi musiqa
lavhalari, yangi usul va qochirimlar kiritilishi bois ularning yoqimliligi va ta’sirchanligi
orta bordi. Mashhur bastakorlar – T. Jalilov, Yu. Rajabiy, G‘. Toshmatov, T. Sodiqov
va bo shqalar maqomlarning tarona va uforlari, savt va mo‘g‘ulchalari asosida ko‘plab
ashulalar yaratdilar. Ular musiqa madaniyati tarixida katta ahamiyatga ega ekanligi
bilan ajralib turadi.
Maqom mulkining sultoni Yunus Rajabiy avlodlarimizning musiqa an’analarini da-
vom ettirib, unga o‘zining munosib ulushini qo‘shgan san’atkordir. U Hoji Abdulaziz,
Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, Mirzaqosim, Nabixo‘ja, Shorahim Shoumarov, Dom-
la Halim Ibodovlarning ashula aytish uslublarini, ularning o‘ziga xos ijrochilik maktab-
larini ijodiy o‘zlashtirgan holda o‘zining mustaqil ijrochilik uslubini yaratgan.
Ulug‘ san’atkor va tug‘ma qobiliyat egasi Yunus Rajabiy maqomchilik yo‘lida izla-
nib, O‘zbekiston radiosi qoshida xalq cholg‘u ansamblini tashkil etadi. Bu ansamblda u
to umrining oxirigacha o‘zbek xalq musiqa boyliklarini targ‘ib qilishda faol qatnashadi.
Yunus Rajabiy umri davomida bir necha jildlik maqomlar kitobi va ilmiy ahamiyatga
molik “Musiqa merosimiz haqida” risolasini yaratdi. Ushbu risolada o‘zi notalashtirgan
Shashmaqomdan keng foydalanish, maqomning professional musiqa ekani, bu bora-
da malakali kadrlar tayyorlash zarurligi haqida so‘z yuritiladi. Yunus Rajabiy repertua-
ridagi “Ushshoq”, “Bayot I-II”, “Koshki”, “Girya I-II”, “Adoyi I-II”, “Chorgox-I” kabi o‘nlab
ashulalar bu kun xonandalar tomonidan mahorat bilan ijro etib kelinadi.
Mashhur aktyor Razzoq Hamroev Yunus Rajabiyni e’zozlab “maqomdon akade-
mik” deya ta’rif bergan va o‘z xotiralarida shunday yozgan edi:
“Xalq kuylarining tengsiz bilimdoni Yunus aka hayotligidayoq o‘ziga abadiy haykal
qo‘ydi. Uning bir necha jildlik maqomlar kitobi oltindan qo‘yilgan haykaldek xalqimiz
yuragida o‘rnashib qoldi...”
Maqomdor akademik Yunus Rajabiydan ta’lim olgan yuzlab shogirdlari maqom
yo‘llarini chuqur o‘rganib mohir ijrochi bo‘lib yetishdilar. Yunus Rajabiy kelajak avlodlar
qalbida maqomlar singari mangu yashaydi, zotan, u maqom mulkining sultonidir.
Maqomlar asosida katta ashula janri yuzaga kelgani tarixiy manbalardan ma’lum.
Katta ashula asosan Farg‘ona vodiysiga xos bo‘lib, ikki-to‘rt ijrochi hofiz tomonidan
cholg‘u asboblari jo‘rligisiz aytiladigan yirik ashula turlaridandir. Ashulani hofizlar qo‘l-
lariga patnis yoki likobcha ushlab aytganlari uchun, u “patnusaki ashula” deb ham
nomlangan.
Hozirgacha ijro etib kelinayotgan katta ashula turi mutaxassislar fikriga ko‘ra, XIX
asrdayoq shakllangan. Katta ashulada lirika yetakchilik qiladi. Kompozitsion tuzilishi
esa to‘rt tarkibiy qismdan iborat: daromad, o‘rta avj, avj, furovard (daromadga qay-
tish). Ularning mazmunida inson kechinmalari, muhabbati va nafrati, sevinchu iztirobi
lirik ifoda topadi. Xalq orasida “Bir kelib ketsun”, “Ko‘p erdi”, “Yolg‘iz”, “Muncha ham”
(Muqimiy), “Ohkim”, “Kuling”, “Adashganman” (Furqat), “Ey dilbari janonim” (Miskin)
kabi katta ashulalar keng tarqalgan.
Maqomlarning o‘zagi sifatida katta ashula keyinchalik o‘zgacha ohang, yangic-
ha uslub kasb etadi. Uning yangi turlari (ashula-cholg‘u turlari) yuzaga keldi. Ijrochilik
uslubi ham o‘zgardi, xalq cholg‘u asboblari ko‘magida ijrosi takomillashdi. Bastakor-
larimiz katta ashulaga cholg‘u muqaddimalari, musiqaviy pauzalar bastalab, ularning
ajoyib turlarini yaratdilar. Xalq orasida keng tanilgan xofizlar – Jo‘raxon Sultonov,
78
Do'stlaringiz bilan baham: |