“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
Zamonaviy jamiyatning yashash sharoitlari insondan tezkor qaror qabul qilishni,
katta ma’lumot oqimida to‘g‘ri harakatlana olishni, uzluksiz tarzda o‘qishni, turli soha-
larda o‘zlarini rivojlantirish va amalga oshirishni talab qiladi. Shu bois, o‘rta maxsus
maktablar va kasb-hunar kollejlari faoliyatida nafaqat o‘quvchilarga ma’lum miqdor-
da bilimlarni yetkazib berish, balki o‘qituvchilarga o‘zlarining bilim va malakalarini
muntazam ravishda takomillashtirish odatini singdirish ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ushbu muammolarni hal qilishda boshlang‘ich ta’lim alohida o‘rin tutadi. O‘quv-
chilarning kelajakdagi turli fanlarga moslashuvchanligi, o‘rta maxsus va kasb-hunar
ta’limi tizimining turli xildagi ta’lim muassasalarida ta’lim olishlarining natijalari bosh-
lang‘ich ta’limda beriladigan bilim va ko‘nikmalarga bevosita bog‘liqdir.
O‘qituvchining professional salohiyati deganda, muvaffaqiyatli pedagogik faoliyat
uchun zarur professional va shaxsiy fazilatlarning kombinatsiyasi tushuniladi.
Samarali pedagogik faoliyatga ega o‘qituvchiga – pedagogik aloqalarni yetarli da-
rajada amalga oshirayotgan, o‘quvchilarni tayyorlash va o‘qitishda yuqori natijalarga
erishayotgan o‘qituvchini misol qilish mumkin.
Kasbiy malakani rivojlantirish – ijodiy individuallikni hamda pedagogik innovatsi-
yalarga nisbatan sezgirlikni rivojlantirish, o‘zgaruvchan pedagogik muhitga mosla shish
qobiliyatini shakllantirish demakdir. Yosh avlodning kelajakda ijtimoiy va ma’naviy ri-
vojlanishi bevosita o‘qituvchining professional darajasiga bog‘liq. Boshqa manbaada
keltirilishicha kasbiy malakani oshirish bu – kasbiy faoliyatni egallash hamda uni ta-
komillashtirib borish orqali kasbiy malakaga ega bo‘lish va egallangan ko‘nikmalarni
uzluksiz tarzda rivojlantirib borishning dinamik jarayonidir.
Zamonaviy ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar boshlang‘ich sinf o‘qituv-
chisining malakasini va kasbiy tayyorgarligini oshirishga, ya’ni uning professional
qobiliyatini uzluksiz tarzda rivojlantirib borishga bo‘lgan ehtiyojni tobora kuchaytirib
bormoqda. Zamonaviy boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi – jamiyatdagi ijtimo-
iy o‘zgarishlarga moslashuvchan, kelajakda o‘z ish faoliyatini erkin boshlay oladigan,
o‘z-o‘zini tarbiyalashga va o‘z ustida ishlashga qodir bo‘lgan mamlakatning yetuk fuqa-
rosini tayyorlashga qaratilgan individual, jamiyat va davlatning hozirgi va kelajakdagi
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi shaxslarni tarbiyalovchi tizimni yaratish desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Erkin fikrga ega, o‘z faoliyatining natijalarini to‘g‘ri hisoblay oluv-
chi va o‘quv jarayonini zamon talablariga mos tarzda modellashtirish qobiliyatiga ega
bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi yuqorida keltirib o‘tilgan maqsadlarga erishish-
ning asosiy garovidir.
Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pro-
fessional malakasini oshirishning asosiy usullarini quyida keltirib o‘tamiz:
1. o‘qituvchining uslubiy birlashmalar, ijodiy guruhlar bilan ishlashini ta’minlash;
2. boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish;
3. boshlang‘ich sinf pedagogiga innovatsion faoliyat, yangi pedagogik texnologi-
yalarni o‘zlashtirishiga muhit yaratib berish;
4. tinglovchilarga pedagogik yordamning turli xillarini o‘rgatish;
5. pedagogning turli ko‘rik tanlov hamda festivallarda ishtirokini tashkillashtirish;
6. yuqori malakaga hamda ijtimoiy pedagogik tajribaga ega boshlang‘ich sinf o‘qi-
tuvchilarini mahorat darslariga jalb qilish;
7. o‘qituvchilarda AKTdan dars jarayonida oqilona foydalanish ko‘nikmalarini
shakllantirish;
73
Biroq o‘qituvchi o‘z malakasini uzluksiz tarzda oshirib borishi muhimligini tushunib
yetmagunga qadar yuqorida sanab o‘tilgan usullar samara bermaydi. Shuni hisobga
olgan holda o‘qituvchi o‘z malakasini mustaqil tarzda oshirib borishi uchun motivatsiya
berish hamda kasbiy salohiyatini takomillashtirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yara-
tib berish masalasi vujudga kelmoqda. Mazkur muammoni yechish uchun o‘z-o‘ziga
baho berish ko‘nikmasini pedagog o‘zida shakllantirishi darkor. Natijada pedagog fa-
oliyatining yutuq hamda kamchiliklarini tushunib olishiga, muammoli vaziyatlarni ijobiy
hal qilishiga hamda yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganib ularni o‘zining kasbiy faoliyati
jarayoniga tadbiq qilishiga erishish mumkin.
Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish uchun quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish
mumkin:
● O‘z-o‘zini baholash va muammoning muhimligini anglab yetish;
● O‘z ustida ishlashni rejali asosda amalga oshirish (maqsad, vazifa, yechim yo‘li);
● Baholash, xatolarni bartaraf qilish;
Malaka oshirish orqali amaliyot va tajribaga yo‘naltirilgan ko‘nikma va bilimlar beri-
ladi, biroq u doim ilmiy asoslarga tayanishi lozim. Malaka oshirish va qayta tayyorlash
qachonki yangi o‘rganilgan bilim va malakalardan kundalik hayotda foydalanilsagi-
na muvaffaqiyatli hisoblanadi. Buning uchun malaka oshirish tadbirlarining mazmuni
amaliyot uchun muhim va amaliy yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etiladi.
Amaliyotdan kelib chiqqan holda munozaralar va tajriba almashish imkoniyatlarini
beradigan, bir-biriga bog‘liq, yaxshi rejalashtirilgan darslar malaka oshirish va qayta
tayyorlashda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yosh bolalarga chet tillarini o‘rgatish bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish va mala-
kasini oshirish tadbirlarida bir tomondan o‘qituvchilarning dastlabki kasbiy bilimlari va
qiziqishlari inobatga olinishi lozim; boshqa tomondan esa til bilimlarini yanada kengay-
tirish zarur. Yangi maxsus o‘quv guruhiga mo‘ljallangan metodik trening amaliyot nuq-
tai nazaridan mantiqiy va tushunarli bo‘lishi va muvaffaqqiyatli natijalarga olib kelishi
lozim.
Quyida yana bir necha tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tadbirlari tarbiyachi va o‘qituvchilarning butun
kasbiy faoliyatlari davomida shuningdek, o‘zlarining tashabbuslariga ko‘ra ham imkon
qadar uzluksiz tarzda amalga oshirilishi kerak.
•
Malaka oshirish tadbirlari tarbiyachi va o‘qituvchilarning bilim va mahoratlarini
kengaytirishga dalda berishi bilan bir qatorda o‘z kamchiliklarini aniqlab olish va mus-
taqil, bosqichma-bosqich tarzda kasbiy mahoratlarini oshirib borishga yordam berishi
lozim.
Xalq ta’limi xodimlarining davr bilan hamqadam bo‘lishlari, ularning oldilariga
qo‘yiladigan talablarga javob berishlari uchun o‘z malakalarini uzluksiz ravishda oshi-
rib borishlari shart.
Innovatsion jarayonlarni, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
ni pedagog-xodimlar kasbiy-mutaxassislik faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha to‘plangan
nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni keng joriy etish malaka oshirish tizimi orqali mu-
vaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumki, pedagog-xodimlar malakasini oshirishda ularni innovatsion o‘quv-me-
todik va ilg‘or tajribalar bilan boyitish hamda kasbiy-mutaxassislik salohiyatini raqo-
batbardosh darajada rivojlantirish asosiy yo‘nalishlardandir. Malaka oshirish tizimida
axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish ta’lim muassasasini zamonaviy AKT bilan ta’minlash
74
Do'stlaringiz bilan baham: |