Oila psixologiyasi fanining o‘qitish texnologiyasining konseptual asoslari
Bilim olish jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori
ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg‘ulotlar o‘tkazish, darslarni
savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul-
timedia qo‘llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan,
o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan indivi-
dual ishlash, ijodkorlikka yo‘naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb
qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi.
Oila psixologiyasi fanining asosiy maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga pedagogik
faoliyatning psixologik asosi haqida to‘la bilim berish, ularda shaxs shakllanishi jara-
yonida psixologik bilim malakalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu fanni o‘qitishning
vazifalari:
● oila psixologiyasini o‘rganish tarixiga oid ma’lumotlar berish;
● oilaviy hayot, yosh xususiyatlari, ularning psixologik jihatlari haqida to‘la ma’lu-
mot berish;
● talabada oila psixologiyasi fani haqida bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Mazkur kursni o‘rganish natijasida o‘quvchi oila psixologiyasi tarixi, Sharq va
G‘arb olimlari, adiblari, jamoat arboblarining bu boradagi qarashlarini bilishi zarur.
O‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari:
● pedagogik boshqaruvga qo‘yiladigan talablar;
● ta’lim va tarbiya masalalarining psixologik asoslari;
● ta’limda psixologik xizmatning mazmun va mohiyati.
O‘quvchilarga bu fanga oid nazariy ma’lumotlar berilsa, mashg‘ulotlar davomida
pedagogik munosabat ko‘nikmalarini hosil qilishga e’tibor qaratiladi. Shaxsga yo‘nalti-
rilgan ta’lim. O‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli
rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum
bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bi-
lan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni
amalga oshiradi. Har bir o‘quvchining shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlay-
di. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo‘yiladi. Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi
tizimining barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi,
uning barcha bo‘g‘inlarini Oila psixologiyasi fanning o‘qitish texnologiyasining konsep-
tual asoslari o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal
bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |