# 3-son 2019. indd


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/163
Sana26.09.2021
Hajmi2,6 Mb.
#186206
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163
Bog'liq
3-son-2019

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
intilishlar kiradi. Texnik va dastur vositalariga, axborot zaxiralariga ta’sir qilish yo‘li bilan 
tizimning mo‘tadil faoliyatini buzishga qaratilgan tahdidlar faol tahdidlar hisoblanadi.
Tajribadan ma’lumki, xavfni bartaraf etishning eng oson yo‘li, shu xavfni oldindan 
aniqlab, unga qarshi ehtiyot choralarini qo‘llash hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, 
axborot xavfsizligini ta’minlash borasida ham sohaga nisbatan tahdid manbalarini 
aniqlash va himoya choralarini qo‘llash birlamchi vazifalardan hisoblanadi.
Axborot xavfsizligiga tahdid manbalari ichki va tashqi manbaalarga bo‘linadi.  Mu-
taxassislarning e’tirof etishicha, axborot xavfsizligining dolzarb muammoga  aylanishi-
ga, asosan, tashqi manbalar sabab bo‘lgan. Chunki bugun zamonaviy dunyoga egalik 
qilish uchun kurashning asosiy vositasi sifatida axborot tilga olinmoqda. Bunday vazi-
yatda axborot texnologiyalari va axborot boshqaruvi yuksak darajada taraqqiy etgan 
davlatlar o‘zidagi bu ustunlikdan ijtimoiy ongga ta’sir ko‘rsatish yo‘lida foydalanishdan 
tom ma’noda manfaatdor hisoblanadi.
Axborot tushunchasi bugungi kunda global ahamiyat kasb etmoqda. Chunki u ta-
fakkurimizga turli yo‘nalishlarda ta’sir o‘tkazuvchi, hayot va undagi minglab taqdirlarni 
u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy, goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi qud-
ratli qurolga aylandi. Hozirgi vaqtda axborotlarni hosil qilish, qayta ishlash, saqlash, 
ko‘paytirish va tarqatish alohida ilmiy soha informatikani tashkil etadi. Umuman olgan-
da, axborot – moddiy dunyoning organizmda yoki organizmlar jamoasida aks etgan 
hamda ular tomonidan atrof-muhit o‘zgarishlariga moslashish uchun foydalaniladigan 
moddiy dunyo obyektlarining aksidir.
Axborot xavfsizligiga tahdidning tashqi manbalaari:
● chet el josuslik va maxsus xizmatlarining faoliyati;
● chet el ommaviy axborot va global kommunikatsiya vositalari;
● xalqaro guruhlar, tuzilmalar va alohida shaxslarning noqonuniy harakatlari;
● axborot tarqatish va foydalanish bo‘yicha xorijiy davlatlar siyosatining amalga 
oshirilishi;
● tabiiy ofatlar va fojialar.
Axborot xavfsizligiga tahdidning ichki manbalari:
● siyosiy, iqtisodiy va jamoat tashkilotlarining, alohida shaxslar va guruhlarning 
axborot to‘plash, tarqatish va foydalanish sohasidagi noqonuniy faoliyatlari;
● axborot sohasida fuqarolar va tashkilotlar huquqlarining buzilishiga olib keluvchi 
davlat tizimlarining qonuniy harakatlari va ko‘zda tutilmagan xatolari;
● axborot tizimlarining dasturiy-texnik vositalarining bazaviy texnologiyalarini yara-
tish, sinash va ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliy sanoatning talab darajasida emasligi.
Axborot makonining vujudga kelishi nafaqat uni bo‘lib olish, balki unda kecha-
yotgan jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni xohlovchi tomonlarning paydo 
bo‘lishiga olib keldi. Bu guruhlarning kurash vositasi ham aynan axborot qurolidir. 
Tahlilchilar “axborot quroli” deganda odamlarga ruhiy ta’sir ko‘rsatadigan va ularning 
ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi vositalarni, kompyuter viruslarini telekom-
munikatsiya tarmoqlarida axborot almashinuvini bostiruvchi moslamalarni, davlat va 
harbiy sohalarni boshqarishda axborotlarni soxtalashtirish kabi harakatlarni nazarda 
tutishadi.
Axborot xavfsizligiga nisbatan tahdidlarning asosiy ta’sir vositasi bir martalik tash-
viqot aksiyalari, uzoq muddatli targ‘ibot kampaniyalari, mafkuraviy tazyiq, madaniy 
ekspansiya, axborot blokadasi kabi ruhiy-informatsion ta’sir vositalari hisoblanadi.


131
Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvining 
kuchayishi ulardan global axborot maydonida o‘z imijini yaratishni talab qilmoqda. 
Chunki globallashuv inson hayotini qanchalik shiddatkor qilmasin, har bir millatning 
o‘ziga xosligi, milliy qadriyat va an’analariga sodiqligi, umuman, uning millat sifatida 
o‘zligini saqlab qolishiga jiddiy tahdid solmoqda. Shuning uchun ham axborot xavfsiz-
ligini ta’minlash muammolari bugun nafaqat rivojlanayotgan, balki dunyoning yetakchi 
davlatlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
1
Xo‘sh, axborot xavfsizligi nima? O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi 
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq “subyektlarning axborotni yara-
tish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat sohasi – axborot sohasi-
dir” hamda “axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning 
oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari”.
2
Axborot borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfa-
atlarining himoyalanganlik holati.
Axborot xavfsizligi jamiyat va davlataning axborot borasidagi xavfsizligini ta’min-
lanishi muhimdir. “Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligiga quyidagi yo‘llar bilan 
erishiladi:
● demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini, ommaviy axborot erkinli-
gini ta’minlash;
● qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta’sir ko‘rsatish-
ga, uni chalg‘itishga yo‘l qo‘ymaslik;
● jamiyatning ma’naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy va il-
miy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish;
● milliy o‘zlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy an’analar 
hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, 
millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan axborot ekspansiyasiga 
qarshi harakat tizimini barpo etish”.
Xulosa qilib aytganda, bugungi globallashuv jarayonlarida axborot olamida qan-
daydir devor o‘rnatib bo‘lmasligi, biroq, farzandlarimizni chalg‘itishga, to‘g‘ri yo‘ldan 
toydirishga qaratilgan informatsion tahdidlardan, g‘arazli axborot xurujlaridan himoya-
lash choralarini ko‘rish dolzarb vazifadir. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish