AXBOROT XAVFSIZLIGI
129
Jamiyatda axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarning kengayishi bilan bir qa-
torda, mamlakatimizda ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan
yangi ijtimoiy munosabatlar – axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalalardan
biriga aylandi.
Globallashayotgan dunyoda inson ongini egallash va uni manipulyasiya qilishga
urinishlar avj olayotgan hozirgi davrda jamiyatda axborot xavfsizligi va uning zamirida
fuqarolarning ma’naviy daxlsizligi ta’minlanmas ekan, aksariyat insonlar bu kurashning
bevosita ishtirokchisiga aylanib qolishi mumkin.
Hozirgi kunning jadal globallashuvi jarayoni va uning odamlar, xususan, yosh-
lar, o‘quvchilarning ongiga, ruhiyati, umumtarbiyasiga bo‘lgan ta’siri – bolalarimizning
ma’naviy yetuk shaxs bo‘lib, milliy mentalitetimiz, milliy tarbiyamizga monand voyaga
yetishishlari bilan bog‘liq masalalarga alohida yondashishni taqozo etmoqda. Zero,
biz o‘zbek ma’naviyati, madaniyati, boy tarixiy, milliy merosini jamiyatning shiddatli
rivojlanishining qurboni emas, qaysidir ma’noda uning hamkori, qaysidir ma’noda esa
uning salbiy ta’sirlariga qarshi quroli sifatida qo‘llashimiz, uni saqlab qolishga intilishi-
miz lozim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Bugungi
tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyat-
lar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham
duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qar-
shi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sha-
roitda biz ota-onalar, ustoz murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y, bu masalada hush-
yorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovni qo‘liga berib qo‘y-
masdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq
gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun
amaliy ko‘mak berishimiz kerak”, degan fikrlari har birimizga katta mas’uliyat yuklaydi.
Jahon axborot makonining globallashuvi sharoitida inson ongi va qalbiga, milliy
mentalitetiga, sog‘lom e’tiqodiga, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularining kamol to-
pishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan g‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy, infor-
matsion tahdidlar ta’siri sezilmoqda. Boshqacha aytganda, “bugungi kunda odamzod
ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-
yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma’no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning
ta’sirini doimiy ravishda sezib yashaydi”. Shunday ekan, global axborot tizimidan foy-
dalanish jarayonida mamlakat va xalq manfaatlaridan kelib chiqib, axborot xavfsizligini
hamda milliy ma’naviy daxlsizlikni ta’minlash darajasiga erishish lozim.
Darhaqiqat, bugungi axborot globallashuvi davri jamiyatning ijtimoiy-siyosiy ji-
hatdan xavfsizligini, g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan
samarali mexanizmlarni ishlab chiqmagan mamlakat barqarorlikka erisha olmasligini
ko‘rsatmoqda.
“Axborot xavfsizligiga tahdid manbalari tasodifiy va oldindan ko‘zlangan bo‘lishi
mumkin”. Dastur ta’minotidagi kamchiliklar, texnik vositalarning nosozligi, malakaning
yetishmasligi yoki foydalanuvchining xatolari tasodifiy tahdidlar hisoblanadi. Oldindan
ko‘zlangan tahdidlar esa axborot zaxiralariga zarar yetkazish maqsadida atayin amal-
ga oshiriladi.
Ular faol (aktiv) va nofaol (passiv) bo‘ladi. Nofaol tahdidlarga axborot zahiralaridan
ularning vazifalariga ta’sir ko‘rsatmagan holda ruxsat berilmagan foydalanishga bo‘lgan
130
Do'stlaringiz bilan baham: |