Sono-mama (qimirlamaslik) buyrug`i faqat ne-vaza paytida e`lon qilinadi. O`rtadagi hakam sono-mama e`lon qilayotganda dzyudochilarning holati va ushlashlarning o`zgarmasligini diqqat bilan ko`zatishi kerak va bellashuvni davom ettirish uchun yoshi (davom ettirish) buyrug`ini e`lon qiladi.
Agar ne-vaza holatida dzyudochi o`zining jarohatlanganini ko`rsatsa, o`rtadagi hakam zarur bo`lsa, sono-mama e`lon qilib, jarohatlangan dzyudochiga shifokor bilan maslahatlashishga imkon berishi, keyin dzyudochilarni sono-mama e`lon qilgandan oldinga holatga qaytarishi va yoshi e`lon qilishi kerak.
Ne-vaza – Yotgan holda Kurashishga bosib turish, bug`ish va og`ritish usullari kiradi:
а). Bosib turish vaqti – osayekomi-vaza:
Bosib turish vaqtida baholar quyidagicha beriladi:
Ippon: 25 soniya.
Vaza-ari: 20 soniyadan 24 soniyagacha.
15 soniyadan kam vaqt davomida bosib turish kinza sifatida baholanadi.
O`rtadagi hakam bajarilagan texnik harakat, uning fikricha quyidagi mezonlarga mos kelsagina, osayekomi e`lon qiladi:
Bosib turilgan dzyudochi raqibi tomonidan nazorat qilib turilsa va gilamga orqasi, ikki yelkasi yoki bir yelkasi bilan tegib tursa:
Nazorat yon tarafdan, oyoq tomonidan yoki bosh tomonidan qilinishi mumkin:
Bosib turish usulini bajarayotgan dzyudochining oyog`i yoki oyoqlari raqibining oyoqlari bilan o`rab olinmagan bo`lishi kerak:
Osayekomi boshlangan paytda dzyudochilarning birining gavdasining ixtiyoriy qismi ishchi zonada bo`lishi kerak:
Kesa yoki shixo holatlarida bosib turish usulini bajarayotgan dzyudochi kesa- gatami yoki kami-shixo harakatlaridagi holatlarni egallashi kerak.
Agar bosib turish – osayekomi bellashuvning tugaganligi ishorasi bilan bir vaqtda qayd qilinsa, u holda bellashuv uchun ajratilgan vaqt ippon yoki uning muqobili e`lon qilinguniga qadar yoki o`rtadagi hakamning toketa yoki matte buyruqlariga qadar davom qiladi.
Agar bosib turish usulini bajarayotgan dzyudochi raqibi ustidan nazoratini yo`qotmagan holda bosib turish holatini o`zgartirsa, bosib turish vaqti ippon yoki toketa e`lon qilingunicha davom etadi.
Bosib turish usuli bajarilayotgan vaqtda, bosib turgan dzyudochi jazolanadigan harakat bajarsa, o`rtadagi hakam matte e`lon qiladi va dzyudochilarni boshlang`ich holatlariga qaytarib, jazoni va zaruriy holda bosib turish usuli bahosini e`lon qiladi. Keyin xajime buyrug`i bilan bellashuvni davom ettiradi.
Agar bosib turish usuli bajarilayotganda, bosib turilgan dzyudochi jazolanadigan harakat qilsa, o`rtadagi hakam sono-mama buyrug`ini berib dzyudochiga shido e`lon qiladi va ikkala dzyudochini ham bir vaqtda qo`li bilan yengil turtib, yoshi buyrug`i bilan bellashuvni davom qildiradi. Biroq xansoku-make jazosini e`lon qilish kerak bo`lsa (masalan, raqibni tishlab olish, sukinish, ta`qiqlangan og`ritish usullari qo`llash va hk.) o`rtadagi hakam matte buyrug`ini berib dzyudochilarni nage-vaza holatida boshlang`ich joylariga kelishlarini ishora qiladi va aybdor dzyudochiga hakamlarlarning ―uchlikning ko`pchiligi‖ qoidasiga muvofiq harakatni bajaradi
(Hakamlar hay`ati a`zolariga bildirish kerak).
Agar ikkala yon hakamlar bosib turish bajarilayapti deb hisoblasalar, ikkovlari ham ishora bilan osayekomi ni ko`rsatishlari kerak va ―uchlikning ko`pchiligi‖ qoidasiga muvofiq, o`rtadagi hakam darhol osayekomi e`lon qilishi kerak.
O`rtadagi hakam, bosib turish usuli ishchi zona chekkasida bajarilayotganda, tananing ishchi zonaga tegib turgan qismi ko`tarilsa va gilamdan aloqa 1 soniyaga bo`lsada yo`qolsa, matte buyrug`ini e`lon qilishi kerak. Osayekomi paytida, bosib turilgan dzyudochi raqibining oyog`ini, oyoqlarini yoki gavdasini o`rab olishning uddalay olsa, toketa e`lon qilinadi. Agar hujum qilinayotgan dzyudochi ―Kurash ko`prigi‖ga holatiga tursa, biroq hujum qilayotgan dzyudochi uning ustidan nazoratni davom etiraversa, osayekomi holati davom qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |